N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet165/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni
Tip Bo’g’imoyoqlilar – Arthropoda

Kenja tip Jabra bilan nafas oluvchilar – Branchiata

Sinf Qisqichbaqasimonlar – Crustacea

Kenja sinf Yuksak qisqichbaqasimonlar – Malacostraca

Turkum O’noyoqlilar – Decapoda

Kenja turkum Chala qorinlilar – Reptantia

Tur Daryo qisqichbaqasi – Astacus (Potamobius) astacus
Umumiy tushunchalar

Daryo qisqichbaqasi O’zbekistonning daryo va ko’llarida ancha keng tarqalgan. Uning voyaga yetgan davridagi kattaligi 8-15sm ga teng. Tanasining rangi turli-tuman, lekin aksariyat hollarda to’q jigarrang yoki boshko’krakning chetlari to’q yashil rangda bo’ladi.

Qisqichbaqa kunduzi suvdagi inlarida yashirinib oladi, tunda esa faol hayot kechiradi. Baliq chavaqlari, mayda baliqlar, itbaliqlar va ko’pincha o’simliklar bilan oziqlanadi.

Tana xitinli kutikula bilan qoplangan. Bir qarashda uning tanasi ikki bo’limdan iboratday ko’rinadi, ya’ni oldingi kengaygan va katta boshko’krak (sefalotoraks) va orqa, nisbatan ensiz kichikroq qorin (abdomen) dan iborat. Ushbu ikkala bo’lim o’zaro harakatchan birlashgan.

Boshko’krak bo’limi umumiy qalqon (karapaks) bilan qoplangan. U boshning odingi qismida uchli o’simta-rostrum hosil qiladi. Ko’krak qismining ikkala yon tomonida karapaks jabra bo’shlig’ini qoplab turadi. Daryo qisqichbaqasining tanasi, bosh qismining birinchi segmenti - akron va tanasinig oxirgi segmenti - telsonni hisobga olmaydigan bo’lsak jami 18 ta segmentdan tashkil topgan. Boshko’krak o’zaro shunday birlashib ketganki, unda segmentasiya belgilari umuman bilinmaydi. Segmentasiya belgilarining faqat boshko’krakda metamer joylashgan haqiqiy va shakli o’zgargan juft oyoqlarning sonidan bilib olish mumkin.

Rasm 70. Daryo qisqichbaqasining umumiy ko’rinishi.


Daryo qisqichbaqasining bosh qismi akrondan tashqari 4 ta segmentning qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan. Boshda jag’larga aylangan oyoqlar, ularning o’simtalari va sezgi organlari joylashgan. Jag’lar 3 juft bo’lib, ularning bir jufti yuqori jag’lar (mandibula) va ikki jufti pastki jag’lar (maksillalar)dan iborat. Pastki jag’larning ikkinchi jufti 4 parrakli plastinka shaklida tuzilgan bo’lib, uning endopoditi uzun o’simtaga, ekzopoditi esa «kema»cha (skafognatit) ga aylangan. Ushbu kemacha bir daqiqada 100-200 marta tebranib, jabra bo’shlig’idagi suvni tashqariga haydab chiqaradi va bu bilan jabralar atrofiga kislorodga to’yingan suvning oqib kelishiga imkon beradi. Pastki jag’larning birinchi jufti yupqa xitin bilan qoplangan. Uning ikkala tomonlaridagi plastinkalarning qirg’oqlari (qirrasi) xitinlashgan tishchalar bilan qoplangan. Jag’ plastinkalari aslida shakli o’zgargan ikki bo’g’imli protopodit hisoblanadi. Uning ekzopoditi esa kaltagina qoldiq o’simta sifatida saqlangan.

Yuqori jag’lar (mandibula) yoki kavshagichlar ancha pishiq va qalin xitin bilan qoplangan. Ularning ichki qirrasi tishchalarga ega. Yuqori jag’lar ovqat bo’lakchalarini tishlab uzish vazifasini bajaradi. Umuman daryo qisqichbaqasining jag’lari va ularning o’simtalari birgalikda oziqni tutish va maydalashda ishtirok etadi. Daryo qisqichbaqasining bosh qismida ko’rish organi- bir juft harakatchan murakkab (fasetka) ko’zlar bo’lib, ular ko’z poyachalari ustida joylashgan. Antennulaning asosida muvozanat saqlash organi joylashgan. U xaltacha shaklida bo’lib, ichi qum zarralari (statolitlar) bilan to’lgan. Xaltachaning yoni va tubidagi devorlarining ustki qismidagi tikanchalar ta’sirni qabul qiluvchi nerv hujayralari bilan ta’minlangan. Ushbu organ qisqichbaqani suvda tekis suzishi va substratda yurishini ta’minlaydi.


Rasm 71. Daryo qisqichbaqasining tana o’simtalari.



1 – antennulalar, 2 – antennalar, 3 – mandibulalar, 4 – 1-maksillalar,

5 – 2-maksillalar, 6-8 – jag’ oyoqlar, 9-13 – yurish oyoqlari, 14-19 – qorin oyoqlari

Daryo qisqichbaqasining ko’krak qismi 8 ta segmentdan tashkil topgan bo’lib, ularning har birida bir juftdan oyoqlar joylashgan. Oyoqlarning birinchi uch jufti jag’oyoqlar va besh jufti yurish oyoqlari hisoblanadi. Yurish oyoqlarining birinchi jufti boshqa barcha ko’krak oyoqlariga nisbatan kuchli rivojlangan va uning uchi yirik va kuchli qisqichga aylangan. Qisqichlarining ichki tomonida ohakli xitindan iborat tishchalari bor. Qisqich ovqatni ushlab og’izga olib kelish va qisqichbaqani boshqa hayvonlardan himoyalash vazifalarini bajaradi. Yurish oyoqlarining 2- va 3-juftlarida ham kichik qisqichlar bo’ladi. Umuman ko’krakdagi yurish oyoqlarining (5-juftidan tashqari) endopoditlarida jabralar bo’ladi, shunga binoan ular nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Ko’krak qismidagi uch juft jag’oyoqlarning birinchi jufti ancha kichik, uning ikkala shoxchalari ham past taraqqiy etgan. Ikkinchi va, ayniqsa, uchinchi juftlari ancha yaxshi rivojlagan va epipoditlarida jabralar hosil bo’lgan. 3-juft jag’oyoqning endopoditi ham jabraga aylangan. Bundan tashqari, 3-juft jag’oyoqlar o’z ulchami va endopoditlarining rivojlanganligi darajasi bilan yurish oyoqlariga o’xshab ketadi.

Daryo qisqichbaqasining qorin qismi 6 ta segmentdan iborat va ularning har birida bir juftdan oyoqlar bo’ladi. Qorin oyoqlarining oxirgi jufti suzgich plastinkalari (uropodalar) dir. Ular bo’g’imlarga bo’linmagan va kuchli yassilashgan. Uropodalar tananing eng oxirida joylashgan telson bilan birga suzgichni yoki dum yelpig’ichini hosil qilgan. Uning yordami bilan qisqichbaqa orqasiga qarab bemalol suza oladi.

Rasm 72. Urg’ochi daryo qisqichbaqasining orqa tomondan ichi ochilgan holati.



1 – ko’z, 2 – oshqozon, 3 – hazm qilish bezi (jigar), 4 – qorinning ustki arteriyasi,

5 – yurak, 6 – oldingi arteriya, 7 – jabralar, 8 – tuxumdon, 9 – qorin nerv zanjiri,

10 – qorin muskullari, 11 – antennulalar, 12 – antennalar, 13 – orqa ichak.

Urg’ochi va erkak qisqichbqalarning qorin oyoqlari o’zlarining tuzilishi va funksiyalari bilan farq qiladi. Ushbu farqlar jinsiy dimorfizm belgilaridan biri hisoblanadi. Urg’ochisining birinchi juft qorin oyoqlari reduksiyalangan, ushbu oyoqlarning bir shoxchasi umuman rivojlanmagan, ikkinchi shoxchasi esa segmentatsiyasini yo’qotgan. Ikkinchi juft qorin oyoqlari esa suzish oyoqlariga aylangan. 3-5-juft qorin oyoqlari ikki ayrichali va suzgich oyoqlar hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu oyoqlar yana tuxumlarni va ulardan endigina chiqqan kichik qisqichbaqachalarni yopishtirib olib yurish uchun ham xizmat qiladi. Erkak qisqichbaqaning 1- va 2-juft qorin oyoqlari esa o’zgarib, qo’shilish organiga aylangan.


Rasm 73. Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistemasi.



1 – yurak, 2 – yurak oldi bo’shlig’i (miksosel), 3-4 – oldingi arteriyalar, 5 – ustki qorin arteriyasi, 6 – ko’krak arteriyalari, 7-8 – oldingi va keyingi ostki qorin arteriyalari, 9 – qorin venoz sinusi, 10 – olib keluvi jabra tomirlari, 11 – olib ketuvchi jabra tomirlari.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish