Mashg’ulot maqsadi. Tibbiyot va ot zuluklari misolida zuluklarning tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Zuluklarning parazitlikka moslashish belgilari va ularning oziqlanishi bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Jadvallar, eksponatlar hamda elektron animatsiyalar demonstrasiyasi, savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Tibbiyot va ot zuluklarining tashqi va ichki tuzilishlarini ifodalovchi jadvallar, fiksatsiyalangan va tirik tibbiyot hamda ot zuluklari, mikrosokoplar, qo’l lupalari, zuluk tanasining ko’ndalang kesimidan tayyorlangan mikropreparatlar, zulukning ichki organlari ochilgan ho’l eksponatlar, o’tkir uchli kichik qaychilar, qisqichlar, to’g’rilagich ignalar, parafinli idishlar, toza suvli idishlar, to’g’nagichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |