Mashg’ulot maqsadi. Tok shillig’i misolida qorinoyoqli mollyuskalarning ayrim xususiyatlarini o’rganish. Shilliqqurt tanasi va chig’anog’ining tuzilishini o’rganish. Harakatini kuzatish.
Mashg’ulot uslubi. Rangli jadvallar va elektron animatsiyalar demonstrasiyasi; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Tok shillig’i tuzilishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, ichi ochilgan shilliq eksponati, fiksatsiyalangan tok va dala shilliqlari, bo’sh chig’anoqlar kolleksiyasi, shisha parchasi, vannochkalar, qisqichlar, jarrohlik pichoqlari, qaychilar, tug’nag’ichlar, to’g’rilagich ignalar, qo’l lupalari, salfetkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |