N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet139/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni

Tip Halqali chuvalchanglar – Annelida

Kenja tip Belbog’chalilar – Clitellata

Sinf Zuluklar – Hirudinea

Kenja sinf Haqiqiy zuluklar – Euhirudinea

Turkum Jag’li zuluklar – Gnathobdella

Tur Tibbiyot zulugi – Hirudo medicinalis

Tur Soxta ot zulugi – Haemopis sanguisuga


Umumiy tushunchalar

Tibbiyot zulugi. Tibbiyot zulugining uzunligi 20 sm gacha bo’lib, u chuchuk suvlarda yashaydi hamda parazitlik bilan hayot kechirishga moslashgan. U asosan yirik suv umurtqali hayvonlari yoki suvga kelgan sut emizuvchi hayvonlarga hujum qilib, qonini so’rib oziqlanadi.

Tibbiyot zulugining tanasi orqa tomondan qorin tomonga qarab, biroz yassilashgan, lekin yelka qismi biroz bo’rtib chiqqan. Tananing oldingi uchida og’iz so’rg’ichi shakllangan bo’lib, uning o’rtasida og’iz teshigi joylashgan. Tananing keyingi uchida ham ancha yirik so’rg’ich bo’lib, uning ustki qismida orqa chiqaruv teshigi joylashgan.

Zulukning tanasi tashqi tuzilishiga binoan segmentlarga bo’lingan, lekin ko’ndalang egatchalar haqiqiy segmentlarning chegarasi emas, balki deyarli barcha zuluklar uchun xos bo’lgan belgi segmenlarning soni 33 tadan iborat bo’lishidir. Tibbiyot zulugida va boshqa zuluklarda tashqi ko’ndalang segmentlararo egatchalar esa 100 dan ortiq bo’lib ko’rinadi. Zuluklarning tana segmentlari sonini aniqlash uchun teri-muskul xaltasi devorini ichki yuzasidan va ayrim ichki organlarning takrorlanish sonidan bilish mumkin, ya’ni har bir haqiqiy segment 3-tadan 5 tagacha tashqi ko’ndalang egatchalarni o’z ichiga oladi.

Rasm 59. Tibbiyot zulugi – Hirudo medicinalis.



1 – oldingi so’rg’ichi, 2 – orqa so’rg’ichi.
Zuluklarning, jumladan tibbiyot zulugining segmentlari tashqi tuzilishida paypaslagichlar va parapodiyalar, hatto qillar ham bo’lmaydi.

Bosh qismining yelka (orqa) tomonida besh juft ko’zchalar joylashgan. Zuluk suvda suzganida butun tanasi bilan to’lqinsimon harakat qiladi, ya’ni gavda orqa va qorin tomonlarga egiladi. Ba’zan so’rg’ichlari yordamida substratga yopishib, «odimlab» ham harakatlanadi. So’rg’ichlar xo’jayin tanasiga yopishish uchun ham xizmat qiladi.

Zuluklar terisini ustki qismi yupqa kutikula bilan qoplangan. Ushbu kutikula bir qavatli epiteliy hujayralari ajratgan suyuqlikdan hosil bo’ladi. Epiteliy qavati ostida halqasimon muskul tolalari, uning ostida esa diagonal va bo’ylama muskul tolalari joylashgan. Ichki organlar oralig’idagi bo’shliq g’ovak biriktiruvchi to’qima (parenxima) bilan to’lgan. Ikkilamchi gavda bo’shlig’i selom qoldig’i lakunar sistema ko’rinishida.

Tibbiyot zulugi jag’li zuluklarga mansub. Shunga binoan uning og’iz bo’shlig’ida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan 3 ta jag’i bor. U xitindan iborat. Har bir jag’ning ustki qismi qirrali va o’tkirlashgan bo’lib, 80-90 ta dan mayda tishchalar bilan qoplangan. Ushbu tishchalar yordamida zuluk qon so’rish uchun xo’jayin terisini kesadi. Tishchalarning kesgan joyi xo’jayin terisida uch qirrali chandiq izlari qoladi. Zuluklarning halqumi atrofida girudin suyuqligi ajratuvchi bezlar bo’ladi. Girudin moddasi qonni ivib qolishdan saqlaydi. Shuning uchun zuluk qon so’rishi jarayonida bezlar uzluksiz girudin ajratib turadi. Zuluk qon so’rib tushgandan keyin ham xo’jayin tanasining zararlangan joyidan anchagacha qon oqib turadi. Ovqat hazm qilish sistemasida og’iz bo’shlig’i va halqum oldingi ichak qismlaridir. Halqumdan keyin endodermadan hosil bo’luvchi o’rta ichak (jig’ildon) boshlanadi. U ikkala yon tomonida 10-11 juft uchi berk o’simtalar hosil qilgan. O’rta ichakning eng oxirgi o’simtasi uzun


Rasm 60. Tibbiyot zulugini anatomiyasi.



1 – serebral nerv tuguni, 2 – halqum, 3 – jig’ildon, 4 – oshqozon, 5 – oshqozonning orqa o’simtasi, 6 – o’rta ichak, 7 – orqa ichak, 8 – anal teshigi, 9 – keyingi so’rg’ichi, 10 – qorin nerv zanjirining gangliyalari, 11 – metanefridiylar, 12 – siydik pufagi, 13 – urug’ xaltalari, 14 – urug’ yo’li, 15 – metanefridiylarning kiprikli voronkasi, 16 – qin, 17 – tuxum xaltasi tuxumdon bilan, 18 – urug’don o’simtasi, 19 – erkak ko’yikish organi (penis), 20 – urug’don bezi, 21 – yon lakuna.
bo’lib, u gavdaning oxirgi uchigacha davom etadi. O’rta ichak o’simtalarida girudin bilan aralashgan qon uzoq muddat ivimasdan saqlanadi. Shunga binoan zuluk 1-1,5 yilgacha qon so’rmasdan yashashi mumkin. Orqa ichakning oldingi qismi ovqatni shimish vazifasini bajaradi, keyingi qismi esa pufakchasimon kengayib to’g’ri ichakni hosil qiladi.

Tibbiyot zulugida haqiqiy qon aylanish sistemasi rivojlanmagan. Ushbu sistema vazifasini selom qoldig’i-lakunar sistema bajaradi. Ushbu sistema 4 ta bo’ylama kanallardan iborat bo’lib, orqa, qorin va ikkala yon tomonlarda joylashgan.

Barcha zuluklar singari tibbiyot zulugi ham germafrodit. Gavdaning o’rta qismida metamer holatda 9 juft urug’donlar joylashgan. Ulardan chiquvchi kalta kanalchalar urug’ yo’llariga kelib tutashadi. Urug’ yo’llari esa 10-segmentda qo’shilish organiga kelib ochiladi. Qo’shilish organi esa zuluklar urug’ suyuqligini o’zaro almashtirganda, tashqariga qayrilib chiqadi. Urg’ochilik jinsiy organlari-tuxumdonlar bir juft. Ulardan tuxum yo’llari chiqib, o’zaro qo’shilib bachadonni hosil qiladi. Bachadonning keyingi qismi kengayib, erkaklik jinsiy teshigidan keyin 12-segmentda tashqariga ochiladigan qinni hosil qiladi.

Zuluklar tuxumlarini pillaga o’rab suv ostidagi turli narsalarga yoki suv o’simliklari tanasiga yopishtirib qo’yadi.



Rasm 61. Tibbiyot zulugi tanasining ko’ndalang kesimi.



1 – teri epiteliysi, 2 – halqasimon muskullar, 3 – diagonal muskullar, 4 – bo’ylama muskullar, 5 - orqa-qorin muskul tutamlari, 6 – yon lakunar kanallari, 7 – oshqozonning yon cho’ntakchasi, 8 – nefridii, 9 – urug’ pufagi, 10 – urug’ yo’li, 11 – qorin lakunalar kanali, 12 – oshqozon, 13 – lakunar kanal, 14 – siydik pufagi, 15 – botrioid to’qima (parenxima nerv zanjiri bilan) , 16 – yelka lakunar kanali.
Soxta ot zulugi. Soxta ot zulugi qora tusli ancha yirik (20 sm gacha) va harakatchan bo’lib, ba’zan uni tibbiyot zulugiga o’xshatishadi, lekin uning ikki yon tomonida ancha keng to’q sariq (ba’zan qizg’ish) rangdagi keng bo’ylama chizig’i bor. Tiniq suvli hovuz va soy suvlarida tarqalgan.

Soxta ot zulugining xitinli jag’lari kuchsiz rivojlangan. Shunga binoan u odam yoki sut emizuvchilarning terisini tesholmaydi, balki u chuvalchanglar va mollyuskalar bilan yirtqich sifatida oziqlanadi. Bundan tashqari o’z pillalarini suv sathidan balandroq qirg’oqqa ko’mib qo’yadi.

Jag’li zuluklarning ayrim turlari, masalan Limnatis avlodi vakillari janubiy kengliklarda odamda va sut emizuvchilarda parazitlik qilishi mumkin.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish