N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet134/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan chuvalchanglarning sistematik o’rni
Tip Halqali chuvalchanglar – Annellida

Kenja tip Belbog’chalilar – Clitellata

Sinf Kamtukli halqali chuvalchanglar – Oligochaeta

Turkum Yomg’ir chuvalchanglari – Lumbricomorpha

Tur Yomg’ir chuvalchangi – Lumbricus terrestris
Umumiy tushunchalar

Yomg’ir chuvalchangi 12-15 sm uzunlikda bo’lib, u 100-120 ta bir-biriga o’xshash (gomonom) segmentlardan iborat. Tanasining oldingi va keyingi uchlaridagi segmentlar biroz ensizlanib boradi. Shunga binoan tana uchlari o’tkirlashgandek bo’lib ko’rinadi. Tananing orqa (yelka) tomoni biroz qoramtir, qorin tomoni oqishroq ko’rinishda. Gavdaning oldingi uchidan boshlab, 32-37 segmentlarni o’z ichiga olgan, yo’g’onlashgan joy belbog’ (klitellum) deyilib, unda juda ko’p bir hujayrali bezlar bo’ladi. Ularning ajratgan suyuqligi pilla hosil qilishda ishlatiladi. Belbog’ni hosil qiluvchi segmentlar faqat orqa va ikki yon tomonda yo’g’onlashgan bo’ladi, qorin tomonda ular yo’g’onlashmasdan, boshqa segmentlar qatori bir xil ko’rinadi.


Rasm 54. Yomg’ir chuvalchangi (umumiy ko’rinishi)



1 – bosh bo’limi, 2 – anal bo’limi-pigidiy, 3 – belbog’cha.
Gavdaning oldingi uchida og’iz oldi kuragi yoki prostomium (yarim doira shaklida) bo’ladi. Prostomiumdan so’ng gavdaning birinchi segmenti-peristomiumda hech qanday ortiqlar yoki sezuvchi o’simtalar bo’lmaydi. Shundan keyin keluvchi gavda segmentlarining har birida ikkala yon tomonlarda ikki juftdan (hammasi bo’lib 4 juft) kalta qillar bo’ladi. Ushbu qillar gavdaning orqa uchiga qarab biroz yo’nalgan. Qillar chuvalchangni tuproq kovaklari orasida harakat qilishiga yordam beradi. Gavdani tashkil etuvchi segmentlar tashqi tomondan o’zaro segmentlararo egatchalar orqali aniq ajralib turadi. Tananing orqa (yelka) tomonida egatchalardagi teshikchalar orqali tashqariga selom ichidagi suyuqlik chiqib turadi. Shu yo’sinda tana yuzasi doimo nam bo’ladi. Bundan tashqari chuvalchangni teri orqali nafas olishini osonlashtiradi.

Yomg’ir chuvalchangi tanasining tashqi yuzasi kutikula hosil qilgan. U ancha yupqa parda bo’lib, ostida silindrsimon epiteliy hujayralari qavati yotadi. Ushbu hujayralar orasida bir hujayrali bezlar ham anchagina bo’lib, ularning ajratgan suyuqligi terini namlab turishga sarf bo’ladi. Epiteliy hujayralaridan keyin halqasimon muskul tolalaridan iborat qavat, uning ostida esa bo’ylama muskul tolalari shakllangan. Ushbu muskul qavati 4-5 bo’lakchadan iborat tasmasimon tutamlarni hosil qiladi. Shunday qilib kutikula, epiteliy hujayralari, ikki xil muskul qatlamlari birgalikda chuvalchangning teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Xalta devori ikkilamchi gavda bo’shlig’i (selom) ning devoridan endoteliya orqali ajralib turadi. Epiteliydagi ayrim hujayralar qillar hosil qiladi. Qillar ancha pishiq va qattiq bo’lib, tarkibida xitinga o’xshash modda ko’p bo’ladi. Ushbu qillar muskullar bilan ta’minlangan.



Rasm 55. Yomg’ir chuvalchangi tanasining oldingi qismini tuzilishi.



A – yelka tomonidan, B – qorin tomonidan, C – yon tomondan ko’rinishi:

1 – prostomium, 2 – birinchi segment, 3 – og’iz teshigi, 4 – qorin qilchalari, 5 – urug’ qabul qiluvchi teshik, 6 – urg’ochi jinsiy teshigi, 7 – erkak jinsiy teshigi, 8 – urug’ suyuqligini o’tkazuvchi tarnovcha, 9 – belbog’,

10 – chuvalchanglarni bir-biriga yopishtiruvchi teri qismi, 11 – yelka teshikchalari.
Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasi og’izdan boshlanadi. Og’iz bo’shlig’i ancha keng halqum bilan tutashadi. Halqumga so’lak bezlari ochiladi. So’lak suyuqligi oziqni ho’llash va oqsil moddalarni parchalanishiga yordam beradi. Halqumni keyingi uchi ingichkalashib qizilo’ngachni hosil qiladi. Qizilo’ngachga yon tonmonlarda joylashgan uch juft ohak bezlari ochilib, uning suyuqligi oziqa tarkibidagi organik kislotalarni neytrallab turadi. Qizilo’ngach jig’ildonga tutashgan, u o’z navbatida oshqozonga tutashadi. Oshqozonning ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Oshqozonda ozuqa qum zarralari yordamida maydalanadi. Ovqat hazm qilish sistemasining qayd qilingan bo’limlari oldingi ichakni tashkil etadi. Muskulli oshqozondan keyin o’rta ichak boshlanib, unda oziqa so’riladi. Keyingi ichak esa kaltagina va u anal teshigi bilan tashqariga ochiladi.

Yomg’ir chuvalchangi gavdasining o’rta qismidan tayyorlangan ko’ndalang kesmada selom va o’rta ichakning tuzilishini va ba’zi boshqa organlarning joylashishini aniqlash mumkin. Ko’ndalang kesma markazida ichakning kesmasini sinchiklab ko’rsak, uning ustki tomoni selomning devorini hosil qiladigan endoteliya (seloteliya) bilan qolangan. Undagi xloragogen hujayralarda har xil donachalar shaklida ajratish moddalari to’planadi. Keyin bu hujayralar ichak devoridan uzilib, selom ichidagi suyuqlikka tushadi va erib ketadi. O’rta ichakning devori orqa tomonidan ichak bo’shlig’i ichiga qarab botib turgan bo’ladi. U o’rta ichak so’rish yuzasini kengaytiruvchi tiflozoldir.

Rasm 56. Yomg’ir chuvalchangning anatomiyasi.

1-kutikula, 2 – epidermis, 3 - halqasimon muskul tolalar qavati, 4 – bo’ylama muskul tolalar qavati, 5 – selomik epiteliy, 6 – metanefridiy, 7 – tukcha, 8 – mezenteriy, 9 – qorin qon tomiri, 10 – 11 – qorin nerv zanjiri, 12 – o’rta ichak devori, 13 – ichak bo’shlig’i, 14 – ichakning tomirli to’qimasi, 15- tiflozol, 16 – tiflozol tomiri, 17 – orqa qon tomiri.
Yomg’ir chuvalchangining ajratish organlari, har bir segmentda bir juftdan bo’lib joylashgan kiprikli voronkasimon metanefridiylardan iborat. Naychalarning uchi navabatdagi segmentdan tashqariga ochiladi.

Nerv sistemasi tomoqning oldingi qismidagi juft halqum usti nerv tugunidan boshlanadi. Ushbu nerv tugunidan chiqadigan ikkita konnektiva tomoqni ikki tomonidan aylanib o’tib, tomoq osti nerv tuguni bilan qo’shiladi. Shunday qilib, tomoq usti va tomoq osti nerv tugunlari va ularni bog’lovchi konnektivalar chuvalchangni markaziy nerv sistemasini hosil qiladi. Tomoq osti nerv tugunidan boshlanadigan juft bo’ylama qorin nerv tolalari har bir segmentdagi nerv tugunchalarining komissuralar yordamida o’zaro qo’shilishidan zanjir ko’rinishidagi nerv sistemani hosil qiladi.

Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi yopiq. Qon faqat qon tomirlaridangina harakatlanadi. Qon aylanish sistemasining asosiy tomirlari orqa va qorin qon tomirlaridir. Orqa qon tomirining qizilo’ngach ustidagi qismi va undan qorin qon tomiriga o’tuvchi yon tomirlar muskullar bilan ta’minlangan. Shuningdek qizilo’ngach ustidagi kengaygan orqa qon tomirida ostiyalar shakllangan. Ostiyalar qonni faqat bir tomonga (tananing orqa uchidan oqib keluvchi qonni faqat old tomonga) o’tkazish xususiyatiga ega.

Qizilo’ngach ustidagi ostiyalar bilan ta’minlangan orqa qon tomiri va qizilo’ngachning yon tomirlari qisqarib-kengayib qonni harakatga keltiradi. Shunga bioan u «yurak» vazifasini bajaradi. Qon orqa qon tomirida tananing keyingi uchidan bosh tomonga qarab, qorin qon tomiridan esa old tomondan orqa uchga qarab harakatlanadi. Qon terida va ajratish organlarida joylashgan kapillyar qon tomirlarida kislorodga to’yinadi va qoldiq moddalardan tozalanadi. Chuvalchangda maxsus nafas olish organlari bo’lmaganligi tufayli gazlar almashinuvi butun teri yuzasi orqali bajariladi, chunki terida kapillyar qon tomirlari qalin to’r hosil qilgan.


Rasm 57. Yomg’ir chuvalchangning qon aylanish sistemasi.




Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish