Mashg’ulot maqsadi. Tufelka misolida infuzoriyalarning tuzilishi va hayot kechirish tarzi bilan tanishish.
Mashg’ulot uslubi. Jadvallardan foydalanib, tufelkaning tuzilishini tahlil qilish. Elektron animatsiyalar orqali vakuolalarning qisqarishi va oziqlanishini namoyish qilish.
Kerakli jihozlar. O’quv-uslubiy qo’llanmalar, rangli jadvallar, elektron animatsiyalar, tirik tufelkaning suvli namunalari, tayyor mikropreparatlar, MBI-1 mikroskoplari, buyum va qoplagich oynalar, tomizg’ichlar, qizil kongo buyog’i, filtr qog’ozlari, paxta, to’g’rilagich ignalar, yashil metil va sirka kislotasining suvli aralashmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |