Mashg’ulot maqsadi. Nereis va qumchuvalchangi misolida dengiz polixetalarining tashqi va ichki tuzilishini o’rganish. Nereis parapodiylarini tuzilishi va funksiyalarini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Rangli jadvallar va elektron animatsiyalardan foydalanib, tashqi va ichki organlarini ko’rsatish; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Nereis va qumchuvalchangining fiksatsiyalangan eksponatlari; polixetalarning tuzilishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, qo’l lupalari, MBS-1 binokulyar mikroskoplari, parapodiya va mo’ylovlar hamda paypaslagichlardan tayyorlangan mikropreparatlar, Petri idishlari, qisqichlar, to’g’rilagich ignalar, toza suvli idishlar, tomizgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |