A – qon tomirlarning joylashishi (yon tomondan); B – ko’ndalang kesimida qon tomirlar va qon aylanishining sxemasi (strelka bilan qon oqimini ko’rsatilgan)
1-3 – bo’ylama tomirlari (1 – orqa, 2 – qorin, 3 – subnevral), 4-5 – halqasimon tomirlari (4 – «yurak», 5 – orqa-nerv), 6 – orqa-ichak tomirlari, 7 – gavda devorining tomirlari, 8 – ayrish organlar tomirlari, 9 – tana devoridagi kapillyarlar, 10 – ichak devordagi kapillyarlari.
Yomg’ir chuvalchangining jinsiy organlari germafrodit. Erkaklik jinsiy organi ikki juft urug’dondan iborat bo’lib, gavdaning 10-11- segmentlarida joylashgan. Urug’dondan chiqqan urug’ suyuqligi uch juftdan iborat bo’lgan urug’ pufagiga to’planadi. Urug’ pufagidan chap va o’ng urug’ yo’llari chiqadi. Ular o’zaro qo’shilib 15-segmentda erkaklik jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi.
Urg’ochi jinsiy organi 13-segmentda joylashgan bir juft tuxumdonlardan, ulardan chiquvchi tuxum yo’llaridan iborat. Tuxum yo’llari qo’shilib, 14-segmentda qorin tomonda urg’ochilik jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladi. Bundan tashqari urg’ochi jinsiy organlari tarkibiga 9- va 10-segmentlarda joylashgan ikki juft urug’ qabul qilgichlar ham kiradi. Yomg’ir chuvalchanglari jinsiy qo’shilganda urug’ suyuqliklari bilan almashinadi.
Rasm 58. Yomg’ir chuvalchangning jinsiy sistemasi
1- qorin nerv zanjiri, 2 – urug’ yig’uvchilari, 3,5,7 – urug’ pufaklari, 4,6 – urug’ pufaklari asosi, 8,14 – urug’donlar, 9,10 – urug’ yo’llarining voronkasi, 11 – erkaklik jinsiy teshigi, 12 – tuxumdonlar, 13 – tuxum yo’llari.
Ishni bajarish
1-ish. Tirik yomg’ir chuvalchanglarini loydan tozalab, bir varaq oq qog’oz ustiga qo’yib, uning bosh, qorin, yelka va dum tomonlarini ko’zdan kechiring va ularni bir-biridan farqlarini aniqlang. Tanasini qisqarib harakatlanishiga e’tibor bering. Chuvalchang harakatlanayotganda segmentlardagi qillar qog’ozga ishqalanib chiqargan tovushni tinglang.
2-ish. Qo’l lupasi yordamida chuvalchang tanasidagi bir xil segmenlarga e’tibor bering hamda uning oldingi uchidan boshlab 32-37-segmentlarni o’z ichiga olgan belbog’chaga e’tibor bering. Chuvalchang tanasining oldingi yarmi rasmini chizing va ifodalab qo’ying.
3-ish. Mikroskopning kichik obyektivida yomg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimidan tayyorlangan mikropreparatlarni ko’ring. Unda teri-muskul xaltasi, ichak devorining tuzilishi, tiflozolni, metanefridiylarni, selomni, qon tomirlarini, qorin nerv zanjiri tomirini aniqlang.
Chuvalchang tanasi ko’ndalang kesimi rasmini chizing va ifodalab qo’ying.
4-ish. Yomg’ir chuvalchangining germafrodit jinsiy sistemasida erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlarining tuzilishi, qismlari va joylashishini rasmlardan va ichki organlari ochilgan eksponatlardan foydalanib aniqlang.
Yomg’ir chuvalchangining jinsiy sistemasini rasmini chizing va ifodalab qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |