N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


YUMSHOQTANLILAR YOKI MOLLYUSKALAR TIPI –



Download 2,52 Mb.
bet143/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

YUMSHOQTANLILAR YOKI MOLLYUSKALAR TIPI – MOLLUSCA
Yumshoq tanlilar yoki mollyuskalar tipiga 150 ming turga yaqin umurtqasizlar mansub bo’lib, ularning aksariyati dengiz va okeanlarda hamda chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Ayrim guruhlari esa quruqlikda yashashga moslashgan.

Mollyuskalarning ko’pchiligi bilateral (ikki yonlama) simmetriyali va uch qavatli hayvonlardir, lekin anchagina turlarida bilateral simmetriya buzilib, asimmetrik tuzilish belgisi shakllangan. Tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan. Tana aksariyat vakillarida uch bo’limdan, ya’ni bosh, gavda va oyoqdan iborat. Ayrim guruhlarida bosh reduksiyalangan va shunga binoan tana ikki bo’lim-gavda va oyoqdan iborat bo’ladi. Mollyuskalar halqali chuvalchanglar singari ikkilamchi gavda bo’shliqli hayvonlardir. Lekin ushbu bo’shliq faqat yurak atrofi haltasi va jinsiy bezlari bo’shlig’idan iborat. Boshqa ichki organlarining oralig’idagi barcha bo’shliqlar biriktiruvchi to’qima (parenxima) bilan to’lgan.

Mollyuskalarda tananing yelka tomonida sirtdan teri qoplami mavjud. U mantiya deyiladi. Mantiya bilan gavda oralig’ida bo’shliq hosil bo’lgan. U mantiya bo’shlig’idir. Ushbu bo’shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Bu bo’shliqqa shuningdek, ajratish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlarning teshigi ham ochiladi. Mantiyadan chig’anoq ham hosil bo’ladi. U himoya qalqoni hisoblanib, ko’pchiligida yaxlit, ayrimlarida bir necha mayda plastinkalardan, ayrim guruhlarida esa ikki palladan iborat. Chig’anoq tarkibi ohakdan va konxiolin deb ataluvchi organik moddadan iborat.

Qon aylanish sistemasi ochiq. Uning markazida yurak joylashgan bo’lib, u bitta qorincha va bitta (ba’zan ko’proq) bo’lmadan iborat. Qon tomirlar bo’ylab harakatlanishi bilan birga lakunalar va sinuslar orqali ham oqib o’tadi.

Mollyuskalarning nafas olish organlari jabralardan, ayrimlarida o’pkalardan iborat.

Ajratish organlari metanefridiylarga o’xshash tuzilgan bir juft naysimon bo’yrakdan iborat. Bo’yrak yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataluvchi teshik bilan mantiya bo’shlig’iga ochiladi.

Nerv sistemasi gavdada tarqoq holda joylashgan nerv tugunlaridan iborat. Tuban taraqqiy etgan guruhlarida nerv sistemasi halqum oldi nerv halqasidan va undan boshlanuvchi to’rtta bo’ylama nerv tolalaridan iborat. Mollyuskalarning aksariyati ayrim jinsli. Urug’lanish tashqi (suvda), ayrimlarida ichki. Dengizda yashovchi mollyuskalarning lichinkalari troxofora, ayrimlarida troxoforaga o’xshash, lekin yelkanchaga ega. Bunday lichinka veliger deyiladi.

Mollyuskalar tipi ikkita kenja tip (yonbosh nervlilar va chig’anoqlilar)ga bo’linadi. Yonbosh nervlilar bitta (qalqondorlar yoki xitonlar) sinfdan iborat bo’lsa, chig’anoqlilar monoplakoforalar, qorinoyoqlilar, kurakoyoqlilar, plastinkajabralilar yoki ikki pallalilar va boshoyoqlilar sinflaridan iborat.



Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish