Mashg’ulot maqsadi. Tishsiz misolida ikkipallali mollyuskalarning tashqi va ichki tuzilish xususiyatlarini o’rganish. Ikki pallalilarning chig’anog’ini tuzilishi va uning tarkibini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Rangli jadvallar, elektron animatsiyalar va kolleksion materiallardan ikki pallali mollyuskalarning demonstrasiyasi; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Tirik baqachanoq, ikki pallalilarning tashqi va ichki tuzilishini aks ettiruvchi rangli jadvallar, ichki organlari ochilgan baqachanoqning formalinli eksponati, 450-500 li issiq suv, baqachanoq chig’anog’i, qisqichlar, jarrohlik pichoqlari, vannachalar, qo’l lupalari, qaychilar, entomologik ignalar, to’g’rilagich ignalar, salfetkalar, toza suvli idishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |