N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan obyektning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet147/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan obyektning sistematik o’rni

Tip Yumshoqtanlilar, ya’ni mollyuskalar – Mollusca

Kenja tip Chig’anoqlilar – Conchifera

Sinf Qorinoyoqlilar – Gastropoda

Kenja sinf O’pkalilar – Pulmonata

Turkum Poyachako’zlilar – Stylommatophora

Tur Tok shillig’i – Helix pomatia

Tur Dala shillig’i – Agriolimax arion


Umumiy tushunchalar

Tok shillig’lari Yevropaning janubiy hududlarida ancha keng tarqalgan bo’lib, uni uzumzorlarda, bog’ va butazorlarda uchratish mumkin. U asosan o’simliklarning bargi bilan oziqlanadi. Ushbu xususiyati bilan qishloq xo’jaligiga ma’lum darajada zarar keltiradi.

Tok shillig’i chig’anog’ining kattaligi 5 sm gacha bo’ladi. Chig’anoq mollyuskani butun tanasini qoplab turadi. U yaxlit va o’ng tomonga qarab spiral buralgan shaklda. Chig’anoq ustki uchi o’tkir bo’lib tugaydi. Chig’anoqning shakli asimmetrik bo’lib, pastki keng tomoni katta chig’anoq og’zi deb ataluvchi ochiq teshikdan iborat. Chig’anoqning tashqi rangi sarg’ish-qo’ng’ir tusda, unda bo’ylama qora chiziqlar aniq ko’rinadi.

Tok shillig’i chig’anog’ini devori uch qavatdan, ya’ni tashqi organik modda-konxiolin, o’rta-ohak va ichki sadafdan iborat. Chig’anoqning o’ng tomonida nafas olish va anal teshiklari joylashgan.



Rasm 62. Tok shilliqqurti - Helix pomatia.



1 – bosh, 2 – lab paypaslagichi, 3 – ko’z paypaslagichi, 4 – ko’z, 5 – og’iz teshigi,

6 – oyoq, 7 – jinsiy teshik, 8 – nafas teshigi, 9 – chig’anoq cho’qqisi (uchi),

10 – spiral aylanmasi, 11 – spiralning oxirgi aylanmasi, 12 – chig’anoq teshigi,

13 – chig’anoq teshikchasining qirrasi.

Rasm 63. Chig’anoqsiz dala shilliq qurti – Agriolimax arion.


Tok shillig’ining tanasi bosh, gavda va oyoq bo’limlaridan iborat. Aktiv harakat qilib turgan shilliqqurtning bosh va oyoq bo’limlari chig’anoq ichidan chiqib turadi. Boshning umumiy shakli dumaloq. Uning oldingi uchida og’iz teshigi joylashgan. Boshida ikki juft paypaslagichlari bo’ladi. Uning birinchi jufti ancha kalta va boshning yon tomonlariga yaqin joylashgan. Ular lab paypaslagichlari deyilib, sezish vazifasini bajaradi. Boshning tepa qismida ancha uzun ikkinchi juft paypaslagichlari joylashib, har birining uchida bittadan (jami 2 ta) ko’z bo’ladi, shunga binoan ular ko’z paypaslagichlari deb ataladi. Boshda paypaslagichlar va ko’zlarning soni hamda joylashishiga binoan bilateral simmetriya belgisi mavjudligidan dalolat beradi. O’ng tomon uzun paypaslagichning asosida jinsiy sistemaning teshigi ochiladi. Tok shillig’ining ovqat hazm qilish sistemasi barcha yumshoqtanlilarniki singari uch bo’limdan iborat. Oldingi ichak og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Unda xitindan iborat arrasimon qirg’ich (radula) bo’lib, uning yordamida o’simlik to’qimasini qirib oladi. Halqumga bir juft so’lak bezlarining yo’li ochiladi. Halqum qizilo’ngachga davom etadi. Qizilo’ngachning kengaygan qismi jig’ildon hosil qiladi. Ushbu aytilgan qismlar oldingi ichak tarkibiga kiradi. O’rta ichak oshqozon deyilib, u jigar bilan bog’langan. Oshqozondan jigarga o’tkazilgan ozuqa hazm qilinadi va bir qismi jigarda zahira holda saqlanadi. Hazm bo’lmay qolgan maxsulotlar qayta oshqozonga o’tkaziladi, undan orqa ichakka o’tadi. Orqa ichak ingichka, uzun, silindrsimon va ilmoqqa o’xshash. Uning davomi to’g’ri ichak bo’lib, anus orqali tashqariga ochiladi.Qon aylanish sistemasi yurak qorinchasi, yurak bo’lmasi va yurak oldi haltasidan iborat. Ajratish organi bitta bo’yrakdan iborat. Uning chiqarish teshigi nafas olish teshigi yonida tashqariga ochiladi.

Tok shillig’ining nerv sistemasi tarqoq holdagi besh juft nerv tugunlaridan, ya’ni bir juft bosh, bir juft ichki organlar, bir juft oyoq, bir juft plevral va bir juft pariyental nerv tugunlaridan tashkil topgan.

Tok shillig’i germafrodit. Bitta jinsiy bez ham tuxumdon va ham urug’don vazifasini bajaradi.

Tok shillig’ining oyog’i keng va ovalsimon, ostki (ventral) yuzasi yassilashgan, umumiy ko’rinishidan ikki tomonlama simmetrik belgini ifodalaydi. Tok shillig’ining gavda bo’limi chig’anoq ichida joylashgan bo’lib, u chig’anoqning spirali bo’ylab buralgan holatda bo’ladi. Gavdaning birinchi buralishida jigar, chig’anog’ining eng keng va katta burilishida mantiya bo’shlig’i bo’lib unda bo’yrak, yurak oldi xaltasi, yurak va qon tomirlari joylashgan.



Rasm 64. Tok shillig’ining ovqat hazm qilish va jinsiy organlar sistemalarini tuzilishi.



1 – lab paypaslagichi, 2 – ko’z paypaslagichi, 3 – qizilo’ngach, 4 – serebral gangliya, 5 – o’pka, 6 – o’pka venasi, 7 – kesilgan o’pka teshigi, 8 – anal teshigi, 9 – siydik yo’li teshigi, 10 – to’g’ri ichak, 11 – siydik yo’li, 12 – yurak oldi bo’lmachasi, 13 – yurak qorinchasi, 14 – perikardiy, 15 – bo’yrak, 16 – oshqozon, 17 – jigar, 18 – germafrodit bez, 19 – germafrodit bezining yo’li, 20 – oqsil bezi, 21 – urug’ qabul qilg’ich, 22 – urug’ qabul qilish nayi, 23 – tuxum va urug’ yo’llari, 24 – urug’ yo’lining davomi, 25 – muhabbat xaltasi, 26 – barmoqsimon bezlar, 27 – penis qopchig’i yo’li, 28 – penis, 29 – so’lak bezlari.


Ishni bajarish

1-ish. Ko’rgazmali materialda tirik shilliq bo’lsa, uning harakatini kuzatish uchun shisha bo’lakchasi ustiga qo’yib, harakatini kuzating. Shisha bo’lakchasi ostidan mollyuskaning harakatini qanday amalga oshishini ko’ring. Oyoq vazifasini bajaruvchi muskullarni to’lqinsimon qisqarishini ko’ring. Shisha yuzasida siljib borayotgan mollyuska ortida shilliq modda qolganini ko’ring. Harakatda bo’lgan shilliq paypaslagichlariga igna tekkizib, uning ta’sirlanishiga e’tibor bering.

2-ish. Dala shillig’ini ovqatlanishini kuzatish uchun Petri idishidagi shilliq oldiga sabzi yoki karam bo’lakchalarini soling. Biroz vaqtdan keyin u og’iz bo’shlig’idagi radulasi yordamida ozuqani qirib ola boshlaydi.

3-ish. Qo’l lupasi yordamida uzun paypaslagichlari uchidagi ko’zlarni, o’ng tomon paypaslagich asosidagi jinsiy teshikni va chig’anoq og’zi yonidagi nafas olish teshigini topib kuzating.

4-ish. Tok va dala shilliqlari tanasining tashqi va ichki tuzilishi rasmini chizing va ifodalab qo’ying.

5-ish. Mahalliy fauna tarkibida uchrovchi qorinoyoqli mollyuskalarning kolleksiyasi bilan tanishing.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish