N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan obyektning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet152/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan obyektning sistematik o’rni
Tip Yumshoqtanlilar – Mollusca

Kenja tip Chig’anoqlilar – Conshifera

Sinf Ikki pallalilar yoki Plastinkajabralilar – Bivalvia et Lamellibranchia

Turkum Haqiqiy ikkipallalilar – Eulamellibranchia

Tur Tishsiz (baqachanoq) – Anadonta cygnea
Umumiy tushunchalar

Baqachanoqning tanasi bir-biriga o’xshash simmetrik ikki pallali chig’anoq ichida joylashgan. Shuning uchun ushbu sinf mollyuskalari ikki pallalilar degan nomni olgan. Chig’anoq ovalsimon shaklda, qo’ng’ir yoki sarg’ish-qo’ng’ir tusda. Uni tashqi tomonidan kuzatganda, oldingi va orqa uchlarini osongina farq qilish mumkin, chunki oldingi uchi ancha keng, orqa uchi ensizlanib boradi. Tananing yelka tomonida o’ng va chap chig’anoq pallalari ichki yuzasi chetlarida ligament deb ataluvchi elastik paylar yordamida birlashgan bo’ladi. Ligament oldingi va keyingi yopuvchi muskullar – adduktor (retraktor) lar bilan bog’liq. Chig’anoqning oldingi va keyingi uchlari xamda qorin tomoni erkin holda ochiq bo’ladi. Ochiq qorin tomonidan muskulli oyoq chiqib turadi. Yopuvchi muskullar (retraktor) bo’shashgan vaqtda, ligament chig’anoq pallalarini ochadi. Aksincha yopuvchi muskullar qisqarganda chig’anoq pallalari zich yopilib, barcha tana organlari chiqanoq ichiga joylashib oladi. Demak ligament va yopuvchi muskullar bir-biriga antogonistlar sifatida faoliyat ko’rsatadi.

Mollyuska tanasining o’sishi chiqanoqning o’sib kattalashuviga olib keladi. Ushbu o’sish chiqanoqning qorin tomonidagi erkin chetida yangi chiziqni hosil bo’lishi bilan ifodalanadi. Chiziqlar yoki o’sish chiziqlari konxiolin moddasi hisobidan hosil bo’ladi va ular yillik halqalar deb ataladi.

Rasm 65. Tishsizning tashqi ko’rinishi.



1 – oldingi uchi, 2 – keyingi uchi, 3 – chig’anoqning chap pallasi, 4 – chig’anoqning o’ng pallasi, 5 – yelka tomoni, 6 – chig’anoq cho’qqisi, 7 – ligament, 8-9 – sifonlar (8 – kloaka sifoni, 9 – jabra sifoni).
Ikki pallali mollyuskalarning, jumladan baqachanoqning ham chig’anog’i uch qavatdan, ya’ni tashqi – shoxsimon organik modda – konxiolindan, uning ostida CaCO3 dan iborat prizmatik qavat va ichki yuzani qoplab turuvchi sadaf qavatdan iborat. Sadaf qavati ham aslida ohakdan tashkil topgan, lekin u juda nozik kristal plastinkalar hosil qiladi va bir-birini ustiga yotib, bir necha kristallik qatlamlarni hosil qiladi. Ushbu kristall plastinka qavatlari yorug’likni o’zlaridan turlicha o’tkazganligi sababli turli-tuman ranglar (kamalak) hosil bo’ladi va u yaltirab ko’rinadi. Chig’anoqning ohak va sadaf qavatlari tanani mexanik ta’sirlardan himoya qilish vazifasini bajaradi.

Baqachanoq chig’anoq pallalarining ichki yuzasini yopib turadigan mantiya pardasi tanani ustki va yon tomonlaridan o’rab olgan. Mantiya pardasi bilan tana oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu bo’shliq tananing oldingi qismida, qorin tomonida va keyingi uchida ochiq bo’ladi.

Mantiya pardasi faqat mollyuskalar uchun xos bo’lib, u chig’anoq hosil qilishda, tanaga doimo suv kirib va chiqib turishini ta’minlovchi organ sifatida muhim ahamiyatga ega.

Baqachanoq tanasining orqa uchida mantiya ikkita sifon (naycha) hosil qiladi. Ularning yuqorigisi silliq devorli bo’lib, u chiqarish (kloaka) sifoni deyiladi. Ushbu sifon orqali suv va qoldiq mahsulotlar tashqariga chiqariladi. Pastki sifon kirish sifonidir, chunki u orqali mantiya bo’shlig’iga suv va ozuqa mahsulotlari kiradi.

Ikki pallali mollyuskalar, jumladan, baqachanoqning gavdasi ikki bo’limdan, ya’ni tana va oyoqdan iborat. Bosh bo’limi reduksiyalangan. Bosh bo’limi bilan bog’liq bo’lgan organlar, jumladan paypaslagichlar, ko’zlar, jag’lar, qirg’ich (radula), tomoq va so’lak bezlari ham bo’lmaydi.

Ovqat hazm qilish organlari og’izdan boshlanadi. Og’iz ektodermadan hosil bo’lgan kalta va keng qizilo’ngachga o’tadi. Qizilo’ngach oshqozonga davom etadi. Qizilo’ngach va oshqozonni jigar o’rab olib, yo’llari oshqozonga ochiladi. Ichagi uzun va silindrsimon nayga o’xshash. U ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limi ancha uzun o’rta ichak hisoblanadi. U oyoq yoniga kelib, sirtmoq hosil qilib yurak oldi xaltasini teshib, oldingi aorta tomiri yonidan o’tadi. O’rta ichakning davomi orqa (to’g’ri) ichak yurak qorinchasini oldingi ichidan o’tib, yurak xaltasi yonidan aorta tomiri ichiga kiradi va u bilan birga yurak xaltasini orqa uchi devoridan chiqib, orqa (keyingi) yopuvchi muskullar (adduktor) yonidan kloaka xaltasiga ochiladi.

Baqachanoqning oziqlanishi passiv holda o’tadi. Suvdagi turli ozuqa zarralari (mayda suv o’tlar va detrit) suv oqimi bilan mantiya bo’shlig’iga boradi. Jabralardagi to’rsimon plastinkalar tomonidan ozuqa zarralari ushlanib, to’planib, og’iz teshigiga yuboriladi. Og’iz teshigi yonlaridagi parraklar yordamida ozuqa og’iz bo’shlig’iga o’tkaziladi. Baqachanoq suv tubiga ko’milib, o’z sifonlarini qumdan tashqariga chiqaradi. Kirish sifoni orqali suv bilan birga ozuqa zarralari va nafas olish uchun kislorodni qabul qiladi.

Nafas olish organlari o’ng va chap jabra plastinkalaridan iborat. Har qaysi jabra plastinkasi qo’sh qavatli bo’lib, ichki va tashqi pardani hosil qiladi. Jabra sifoni orqali kirgan suv mantiya bo’shlig’ini to’ldiradi, keyin jabra plastinkalarini yuvib, jabra bo’shlig’iga o’tadi va chiqarish sifonidan tashqariga chiqadi. Jabralarda gazlar almashinadi, ya’ni kislorod qabul qilinadi, karbonat angidrid ajraladi.

Qon aylanish sistemasi ochiq. Yurak orqa tomondagi yurak oldi xaltasining ichida joylashgan. Yurak bitta yurak qorinchasidan va ikkita yurak bo’lmasidan iborat. Yurak qorinchasidan oldinga va orqa tomonga aorta tomirlari chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o’tadi va u kapillyar tomirlar yordamida butun tanaga tarqaladi. Karbonat angidridga to’yingan qon lakunalardan o’tib, venalar orqali jabralarga boradi, unda oksidlanib, yurak qorinchasiga quyiladi.

Rasm 66. Baqachanoq (Anadonta)ning ichki tuzilishi.



1 – og’iz teshigi, 2 – jig’ildon, 3 – oshqozon, 4 – o’rta ichak, 5 – to’g’ri ichak,

6 – anal teshigi, 7 – jigar, 8 – jigar yo’llari, 9 – kristall hosil qiluvchi xaltacha, 10 – perikardiy, 11 – yurak qorinchasi, 12 – yurakoldi, 13 – oldingi aorta, 14 – orqa aorta, 15 – bo’yrak, 16 – jinsiy bez, 17 – yarim jabra, 18 – oyoq, 19 –oldingi yopuvchi muskul, 20 – orqa yopuvchi muskul, 21 – oyog’ining orqa retraktarlari, 22 – mantiya burmasi, 23 – kirish sifoni, 24 – chiqarish sifoni, 25 – kloaka kamerasi, 26 – yelka mantiya kanali, 27 – yelka mantiya teshigi.

Baqachanoqning ajratish organlari bir juft bo’yraklardan va yurak oldi bezlaridan iborat. Bo’yraklar ikkita shoxdan iborat bo’lib, ular yurak oldi xaltasining oldingi devoridan boshlanib, keyingi yopuvchi muskullargacha davom etadi. Shoxchalarning biri voronka hosil qilib yurak oldi xaltasiga, ikkinchisi mantiya bo’shlig’iga ochiladi. Yurak oldi xaltasining tubida bo’yraklarning ikkita teshigi selomga ochiladi. Yurak oldi bezlari yurak oldi xaltasining oldingi uchi yonida joylashgan. Ushbu xaltaga kelib tushgan moddalar bo’yraklar yordamida tashqariga chiqariladi.



Rasm 67. Ikki pallali mollyuskalarining nerv sistemasi.



1 – serebral gangliy, 2 – pedal gangliy, 3 – plevral gangliy, 4 – visseropariyetal gangliy.

Nerv sistemasi uch juft tugunlardan hamda ularni birlashtiruvchi komissura va konnektivalardan iborat. Nerv tugunlarining birinchi jufti bosh (serebral) gangliylar, og’izning ikki yon tomonini, ikkinchi jufti oyoqni (pedal) va uchinchi jufti visseral gangliy tananing keyingi qismidagi yopuvchi muskullar ostida joylashgan bo’lib, ichki organlarni nerv bilan taminlaydi.

Baqachanoq ayrim jinsli. Jinsiy bezlar oyoqlarning ustida joylashgan. Juft tuxumdonlar va juft urug’donlarning yo’llari mantiya bo’shlig’iga ochiladi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish