N. B. Dilmurodov


Bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizini tuzilishi



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
Bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizini tuzilishi 
 
Darsning maqsadi:
har xil hayvonlarning (sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa, it va 
baytal) urg‘ochilik jinsiy organlarini (bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizi ) 
anatomik tuzilishi va topografiyasini o‘rganish. 
Ko‘rgazmali materiallar:
rasm, sxema, biya, sigir, qo‘y, echki, cho‘chqa 
va itlarni urg‘ochilik jinsiy organlarining ho‘l preparatlari.
 
Bachadon – uterus  
qalin devorli muskulli organ bo‘lib, unda embrion 
rivojlanadi. Sigirda bachadon ikki shoxli tipda, unda shoxi, tanasi va bo‘yni 
farqlanadi. 
Bachadon shoxi
cornua uteri – 
uning tanasidan boshlanadi, lateral 
tomonga biroz og‘ib, oldinga va pastga boradi; ular dorsal yo‘nalishda spiralsimon 
qayrilgan va shakli bo‘yicha qo‘chqor shoxini eslatadi. Bachadon shoxlari o‘zining 


orqa qismida o‘zaro bir-biri bilan shoxlararo pay – 
ligamentae intercornuale uteri
orqali birlashadi. Bachadon shoxi kranial yo‘nalishda sekin-asta tuxum yo‘liga, 
kaudal yo‘nalishda esa bachadon tanasiga o‘tadi. 
Bachadon tanasi – 
corpus uteri
tashqi tomondan uzunligi 10 – 15 sm ga 
etadi, ammo ichki tomondan taxminan 10 sm oraliqda bo‘ylama to‘siq bilan teng 
ikkiga bo‘linadi. SHu bilan bog‘liq holda bachadon tanasining ikkiga bo‘linmagan 
qismi sigirda 5 – 6 sm dan oshmaydi. 
Bachadon bo‘yni – 
cervix uteri
nisbatan uzun (7 – 10 sm), devori qalin, u 
o‘zining unchalik katta bo‘lmagan qismi bilan tiqinsimon qin bo‘shlig‘iga kiradi va 
bachadonning qin bo‘lagi – 
partio vaginalis uteri
ni hosil qiladi. Bachadon 
bo‘ynida ikkita teshik bilan bo‘yin kanali – 
canalis cervicalis uteri
mavjud. 
Bachadonning tashqi teshigi – 
ostium uteri externum
qinga, ichki teshigi – 
ostium 
uteri internum
esa bachadon bo‘shlig‘i – 
cavum uteri
ga ochiladi. 
Ko‘p tuqqan sigirning bachadoni ko‘proq qorinning o‘ng tomonida yotadi. U 
ko‘plab muskul tolalari va tomirlar saqlovchi tutqich – 
mesometrium 
ga osilgan 
bo‘ladi.
Bachadon devori uchta: ichki – shilliq, o‘rta – muskul va tashqi – zardob 
pardalardan tuzilgan.
Bachadonning shilliq pardasi – 
endometrium
silindrsimon epiteliydan iborat. 
Unda ko‘p sonli bachadon bezlari – 
glandulae uteri
mavjud. Bachadon bezlaridan 
ishlab chiqarilgan suyuqlik (sekret) dastlabki kunlarda homila uchun oziqa 
(embriotrof) hisoblanadi. 
Sigir va boshqa kavsh qaytaruvchilar bachadonining tanasi va shoxlarining 
shilliq pardasida to‘rt qator bachadon karunkulalari – 
caruncula uteri
chiqadi. Ular 
homiladorlik davrida kuchli o‘sadi. Tug‘ishdan keyin karunkulalar teskari 
rivojlanadi. Bachadon bo‘yni shilliq pardasi bir necha qator bo‘ylama va 
ko‘ndalang burmalar hosil qiladi. Bachadonning tashqi teshigi shilliq pardaning 
sirkulyar burmasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Muskul pardasi – 
myometrium 
silliq muskul tolalari tutamining ichki 
sirkulyar (aylana) va tashqi bo‘ylama qavatlaridan tashkil topgan. Bachadon bo‘yni 
sohasida sirkulyar tutamlar sfinkter hosil qiladi. Bachadon bo‘ynida shilliq 
pardaning burmasi va sfinkter bo‘lishi homiladorlik davrida bo‘yin kanalini zich 
yopilib turishini ta’minlaydi. Homiladorlikning oxirida bachadonning muskul 
pardasi kuchli o‘sib, u tug‘ruq vaqtida homilani tashqariga itarilishini ta’minlab 
beradi. 
Zardob parda – 
perimetrium
bachadonni tashqi tomonidan o‘rab turadi; 
bachadonning yon yuzasidan zardob parda keng bachadon payiga yoki bachadon 
tutqichi – 
mesometrium uteri
ga o‘tadi. Tutqich bachadonni qorin bo‘shlig‘ida 
ushlab turadi; unda arteriya, vena, nervlar joylashadi. 


Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – bachadon ikki shoxli, 
tanasi, ikkita shoxi va qalin devorli, silindrik bo‘yni mavjud; bachadon shoxi 
oldinga yo‘nalgan va o‘tmas yumaloq uchi bilan tugaydi; har bir shoxi qavariq 
cheti bilan kovak yoy shakliga ega; bachadonning yumaloq payi yaxshi ko‘ringan. 
Cho‘chqada – bachadon ikki shoxli; bachadon shoxlari juda uzun (200 sm 
gacha) va tor, ko‘p miqdorda ilmoq hosil qiladi, butunlay qorin bo‘shlig‘ida yotadi, 
bachadon tutqichiga osilgan; bachadon tanasi 5 sm gacha bo‘lib, shoxi va bo‘yni 
oralig‘ida yotadi; u bachadon bo‘ynidan taxminan 3 marta qisqa; 15 – 18 sm 
uzunlikdagi bachadon bo‘yni bachadonning qisilgan qismi hisoblanib, sezilarsiz 
qinga o‘tadi; bachadon bo‘ynining shilliq pardasida ko‘p sonli (14 – 20) burmalar 
bo‘ladi; bachadon bo‘ynining kanali to‘lqinsimon, berk. 
Itda – bachadon ikki shoxli, uzunligi, ingichka va to‘g‘ri shoxlari bilan 
ajralib turadi; bachadon tanasi shoxlari uzunligining 1/4 - 1/6 qismini tashkil qilib, 
ingichka devori va oldingi qismida unchalik katta bo‘lmagan o‘rta to‘sig‘i bo‘ladi; 
bachadon bo‘yni qalin devorli, qisqa, qinga o‘tadi; shoxlarining uchida tutqichning 
ventral yuzasidan ichki chot halqasiga yo‘naluvchi ingichka yumaloq bachadon 
payi chiqadi.
Qin
– 
vagina 
muskul nayi ko‘rinishidagi toq organ bo‘lib, sigirda uzunligi 
22 – 28 sm. Qin devori shilliq parda, muskul qavat va zardob parda yoki 
biriktiruvchi to‘qimali adventitsiyadan tuzilgan. Shilliq pardasi ko‘p qavatli yassi 
epiteliy to‘qimasidan tashkil topgan va chuqur bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan 
bo‘ladi. Muskul qavati silliq muskul tolalarining ichki aylana va tashqi bo‘ylama 
tutamlaridan iborat. Faqatgina qinning oldingi qismi zardob parda bilan, qolgan 
hamma qismi biriktiruvchi to‘qimali adventitsiya bilan qoplangan. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – qin birmuncha uzun, 
uning oldingi qismi bachadon bo‘ynining qin ulushiga o‘tadi, qinning shilliq 
pardasi ko‘proq bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan; qinning pastki devorida siydik 
chiqarish kanalining teshigi joylashgan.
Cho‘chqada – qin nisbatan tor, uzunligi 10 – 12 sm, qalin muskul devoriga 
ega; siydik-jinsiy sinusi jinsiy lablar bilan birgalikda qindan kalta (7 – 8 sm) 
bo‘ladi. 
Itda – qin ancha uzun, u siydik-jinsiy dahlizga nisbatan ikki barobar uzun
qinning shilliq pardasi bo‘ylama burmalarga yig‘ilgan. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish