Tuxumdon
–
ovarium
juft jinsiy organ bo‘lib, unda tuxum hujayralari hosil
bo‘ladi va jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi. Tuxumdonda maxsus chiqarish yo‘li
bo‘lmaydi. Jinsiy hujayralar tuxumdonda etilgan follikulalarni yorilishi natijasida
davriy ravishda ajralib turadi.
Sigirda tuxumdon oval-uzunchoq shaklda, nisbatan kichik o‘lchamli, bel
sohasida buyrakni orqasida joylashadi. U tashqi tomondan murtak epiteliy bilan
qoplangan. Tuxumdon kesib ko‘rilganda, unda follikulyar
va qon tomirli zonalari
farqlanadi. Follikulyar zona –
zona follicularis
birmuncha yuzada yotadi va juda
ko‘p follikulalar saqlab, ularda tuxum hujayralari rivojlanadi. Qon tomirli zona –
zona vasculosa
biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan bo‘lib, tuxumdonga
kiruvchi ko‘p sonli arteriyalardan iborat.
Tuxumdonda ikkita yuzasi – lateral va medial –
facies lateralis et medialis,
ikkita cheti – erkin va tutqich –
margo liber et mesovaricus
va ikkita uchi – kranial
va kaudal –
extremitas cranialis et caudalis
farqlanadi. Tuxumdonning ikkala cheti
biroz qavargan, uning
erkin cheti ventral tomonga, tutqich cheti esa dorsal
tomonga yo‘nalgan va tuxumdon tutqichi –
mesovarium
ni birikish joyi
hisoblanadi. Tuxumdonning kranial uchiga tuxum yo‘lining
voronkasi, kaudal
uchiga esa tuxumdonning maxsus payi –
ligamentum ovarii proprium
birikadi.
Tuxumdonning maxsus payi tuxumdonni bachadon shoxi bilan birlashtiradi.
Ushbu pay bilan tuxum yo‘li tutqichi –
mesosalpinx
o‘rtasida tuxumdon bursasi –
bursa ovarii
hosil bo‘ladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari.
Biyada – katta (5 – 8 sm),
loviyasimon shaklda; yosh hayvonlarda u katta yoshdagilarga
nisbatan katta
bo‘ladi. Tuxumdonning erkin cheti botiq, unda ovulyasion chuqurcha –
fossa
ovulations
mavjud. Tutqich cheti qavariq, juda uzun. Ovulyasion chuqurchadan
tashqari, tuxumdonning hamma joyi
zardob parda bilan qoplangan; ovulyasion
chuqurcha murtak epiteliy bilan qoplangan. Tuxumdonning maxsus payi yaqqol
ko‘rinadi. Tuxum yo‘li tutqichi egri-bugri tuxum yo‘li
va tuxumdonning maxsus
payi bilan birga tuxumdon bursasini hosil qiladi.
Cho‘chqada – tuxumdon nisbatan katta (uzunligi 5 sm gacha), yumaloq,
biroz uzunchoq shaklda, g‘adir-budir, tuxumdon tutqichiga va tuxumdonning
maxsus payiga birikkan. U tuxumdon bursasiga yashiringan bo‘ladi.
Itda – tuxumdon uzunchoq (2 sm) va yon
tomonlardan siqilgan ellips
shaklda. Uning yuzasida etilgan follikulalarni ko‘rish mumkin. Tuxumdon tutqichi
va tuxumdon payi yaxshi rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: