N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
 
 
Hiqildoq tog‘aylari 
A-it, Б-cho‘chqa, В-qoramol, Г-ot hiqildog‘i, Д-hiqildoqning ayrim tog‘aylari


1-hiqildoq usti tog‘ayi 1
1
-ponasimon tog‘ay 2-qalqonsimon tog‘ay 3-shoxsimon 
tog‘ay 4-halqasimon tog‘ay elastinkasi 5-halqasimon tog‘ayning shoxi 5
1
-
qalqonsimon kesik 6-qalqonsimon tog‘ay tanasi 7-qalqonsimon tog‘ayning keying 
shoxi 8-muskul tarog‘i 9-cho‘michsimon tog‘ayning bo‘g‘im yuzasi 10-
qalqonsimon tog‘ayning bo‘yin yuzasi 11-xalqasimon tog‘ay yoyi 12-kekirdak 
tog‘ayi 13-tovush o‘simtasi 13
1
-tovush payi 14-til osti suyagi A-pay. 
NAZORAT UCHUN TOPSHIRIQ VA SAVOLLAR 
- nafas olish organlarini preparatlar yordamida o‘rganib, turli xil qishloq 
xo‘jalik hayvonlaridagi tafovutlarni aniqlang. 
- burun bo‘shlig‘i qanday tuzilishga ega?. 
- burun chig‘anoqlari va havo yo‘llarining topografiyasini ayting. 
- hiqildoq qaysi tog‘aylardan tashkil topgan?. 
- hiqildoq bo‘shlig‘i va muskullarini ayting. 
 
Kekirdak va o‘pkaning tuzilishi 
Darsning maqsadi: 
kekirdak, uning halqalari, o‘pkaning anatomik tuzilishi 
va topografiyasi, hayvonlardagi farq qiluvchi jihatlarini o‘rganish.
Ko‘rgazmali materiallar: 
rasm, mo‘lyajlar, ho‘l preparatlar rangli tasvirlar. 
Kekirdak – trachea
tog‘ayli halqalardan tashkil topgan nay shaklidagi 
organ bo‘lib, mazkur tog‘aylar kekirdakni doimo ochiq turish imkonini beradi. 
Qoramolda bu tog‘ayning soni 48 – 50 ta, qo‘yda esa 53 – 55 tagacha bo‘ladi. 
Kekirdak hiqildoqning halqasimon tog‘ayidan boshlanib, hamma bo‘yin 
umurtqalarining old tomoni bo‘ylab o‘tadi va dastlabki qovurg‘a sohasida ko‘krak 
qafasiga kiradi. U bo‘yin umurtqalari va qizilo‘ngach osti yoki u bilan yonma-yon 
yotadi. Kekirdak pastki tomondan to‘sh-qalqonsimon, to‘sh-til osti va to‘sh-bosh 
muskullari bilan qoplangan. 4-5-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq to‘g‘risida kekirdak 
ikkiga bo‘linadi, ya’ni kekirdak bifurkatsiyasi – 
bifurcatio tracheae
ni hosil qiladi. 
U bifurkatsiya qilmasdan oldin o‘ng o‘pkaning uchiga kekirdak bronxi – 
bronchus 
tracheae
ni beradi. Kekirdak tog‘aylarining yuqorigi uchi ingichkalashgan bo‘lib, 
ular kekirdakning yuqorigi chetida taroq hosil qiladi. Ko‘ndalang muskul 
halqalarning ichki yuzasiga birlashgan bo‘ladi. Halqalarning oxirgi qismlari 
ko‘ndalang fibroz membrana – 
membrane transversa
orqali birikkan. 
Kekirdakning birinchi tog‘ayli halqasi hiqildoqning halqasimon tog‘ayi bilan 
halqasimon kekirdak nayi – 
lig.cricotracheae
orqali, qolgan barcha halqalari bir-
biri bilan halqasimon pay – 
lig.anularia
orqali birlashadi. Kekirdakning shilliq 
pardasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda kekirdak bezlari mavjud. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – kekirdak 48 – 60 ta 
tog‘ayli halqalardan tashkil topgan bo‘lib, uzunligi 1 metrgacha etadi; kesib 


ko‘rilganda, ko‘ndalang – uzunchoq shaklda, pastki tomoni qavariq, yuqorigi 
tomoni esa botiq; kekirdak bifurkatsiyasi 5-6-nchi qovurg‘alararo bo‘shliq 
ro‘parasida bo‘ladi. 
Cho‘chqada – kekirdak silindrsimon bo‘lib, tog‘ayli halqalari 32 – 36 ta. 
Itda – tog‘ayli halqalari 42 – 46 ta, silindr shaklida, halqalarning oxirgi 
uchlari bevosita bir-biriga tegib turmaydi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish