N. B. Dilmurodov


Suyaklarni o‘zaro birikishi. Bo‘g‘imni tuzilishi



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
Suyaklarni o‘zaro birikishi. Bo‘g‘imni tuzilishi
Darsning maqsadi:
hayvon tanasidagi suyaklarning o‘zaro birikish xillari
bo‘g‘imlarning anatomik tuzilishi, topografiyasini o‘rganish. 
Ko‘rgazmali materiallar: 
rasm, bo‘g‘imlarning quruq preparatlari, hayvon 
skeleti. 
Tanadagi barcha suyaklarning o‘zaro bir-biri bilan birikmalari 2 xil bo‘ladi. 
Uzluksiz birikuvchi bo‘g‘imlar – 
synarthrosis,
ya’ni biriktiruvchi to‘qimalar 
yaxlit bo‘lib, qo‘zg‘almaydigan darajada birikkan bo‘ladi. Bular zich biriktiruvchi 
to‘qima – 
syndesmosis;
elastik to‘qima – 
synelastosis;
tog‘ay to‘qimasi – 
synchondrosis;
suyak to‘qimasi – 
synostosis
yoki mushak to‘qimasi – 
synsarcosis 
yordamida birikkan bo‘lishi mumkin. 
Uzlukli birikuvchi bo‘g‘imlar – 
articulations
– bunday birikishda bo‘g‘im 
bo‘shlig‘i – 
cavum articularis,
bo‘g‘im yuzalari – 
facies articularis,
bo‘g‘im 
kapsulalari – 
capsula articularis
hosil bo‘ladi yoki shular yordamida suyaklar bir-
birlari bilan o‘zaro birikadilar. 
Tana suyaklarining birikishi. 
Umurtqalar tanasi bir – biri bilan 
umurtqalararo tolali tog‘ay – 
fibrocartilogenes intervertebralis
birikib, u umurtqa 
boshlari orasida va qo‘shni umurtqa chuqurchasi o‘rtasida joylashadi. Ular tashqi 


tomonda tolali halqa – 
annulus fibrosis,
markazda esa pulpoz yadro (dildiroq) – 
nucleus pulposus
ni hosil qiladi. Yuqorigi uzun paylar – 
ligamentum longitudinale 
dorsale
umurtqa kanalining ichida joylashib, u umurtqa o‘qining tanasidan 
boshlanadi hamda barcha umurtqalar tanasiga birlashadi va dumg‘aza suyagining 
tanasida tugaydi, umurtqalararo tog‘ayda kengayadi. Pastki uzun pay – 
ligamentum 
longitudinale ventrale
– bu bel umurtqalari tanasining ostida joylashib, oxirgi 
to‘rtta ko‘krak umurtqasining pastki tarog‘idan boshlanadi va dumg‘aza 
suyagining tanasida tugaydi.
Umurtqalar yoyi va ko‘ndalang o‘simtalarini bir-biri bilan o‘zaro o‘z paylari 
birlashtiradi. Yoylararo pay – 
ligamentum interarcualia
va ko‘ndalang 
o‘simtalararo pay – 
ligamentum intertransversarii 
umurtqa yoylari hamda 
ko‘ndalang o‘simtalar oralig‘ida joylashib, ular elastik to‘qimalardan tuzilgan. 
Umurtqalarning bo‘g‘im o‘simtalari bir-birlari bilan bo‘g‘im kapsulalari 
yordamida, elka o‘simtalari esa elka va bo‘yin usti paylari yordamida birikadilar. 
O‘simtalararo pay – 
ligamentum interspinosus
elka o‘simtalari oralig‘ida 
joylashib, elastik to‘qimadan tuzilgan. 
Bo‘yin usti payi – 
ligamentum nuchae 
eng
 
katta va kuchli taraqqiy etgan, 
elastik to‘qimadan tuzilgan pay bo‘lib, u ipsimon va plastinkasimon qismlarga 
bo‘linadi. Ipsimon qismi – ensa suyagining tashqi do‘ngligidan boshlanib, bo‘yin 
umurtqalari ustidan juft ipsimon shaklda o‘tadi va birinchi ko‘krak umurtqasida 
tugaydi. Payning ko‘krak umurtqalarini elka o‘simtasi bilan birikkan qismi – 
ligamentum supraspinale 
deyiladi. U birinchi ko‘krak umurtqasidan boshlanib
yonbosh suyagining dumg‘aza do‘ngligida tugaydi. Bu payning ostida 8 ta shilliq 
xaltachalar yotadi. Bularning birinchisi – atlant yoyining ustida, ikkinchisi – elka 
o‘simtalari ustida, uchinchisi esa – 2-nchi ko‘krak umurtqasi ustida yotadi.
Plastinkasimon qismi keng juft plastinkadan iborat bo‘lib, elka o‘simtalari 
tarog‘idan hamda 3-6-nchi bo‘yin umurtqalarining elka o‘simtalaridan boshlanadi 
va bo‘yin usti payining ipsimon qismida tugaydi. Birinchi va ikkinchi bo‘yin 
umurtqalari ensa – atlant, epistrofey bo‘g‘imlarini hosil qilib birikadi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish