Yuz bo‘Iim suyaklari
og'iz va burun bo'shlig'ining hosil bo'li-
shida ishtirok etadigan suyaklardir. Yuz bo'limi suyaklariga: pastki
jag', yuqorigi jag', jag' oraliq, burun, yonoq, ko'z yoshi, tanglay,
qanotsimon, dimog', yuqorigi va pastki burun chig'anoqlari hamda
til osti suyaklari kiradi.
Pastki jag‘ suyagi
ikkita suyakdan tuzilgan bo'lib, chakka
suyagining yonoq o'simtasi bilan birikib turadi. Bu suyakda tanasi
hamda
jag' shoxchasi farqlanadi. Pastki jag' joylashadigan katak-
chalarida
esa tishlaming kesuvchi qismi, asosiy qismi farqlanadi.
I l l
Kesuvchi qismida tashqi qavariq lab yuzasi va ichki botiq til yuzasi
bo'ladi. Bu ikkala yuza alveolyar yuzada bir biriga birlashadi va
shu yerda 4 ta tish alveola katakchalari bo'ladi. Kesuvchi qismida
tishli alveolyar cheti bolib, u tishsiz chetiga o'tadi. Asosiy qismida
til yuzasi va jaglararo muskul uchun jag'-til osti liniya (hoshiya)
hamda lunj yuzasi boladi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar.
Otda — pastki jaglar
bitta suyakka ertachi aylanadi; tomirlar o'yig'i chuqur; kesuvchi
qism alveolasi 3 ta va 1 ta qoziq tish uchun (erkak hayvonlarda);
jag', til osti liniyasi yaxshi ko‘ringan; suyak bo£yni, chaynash va
qanotsimon chuqurchalar yaqqol ko'zga tashlanuvchan, muskul
o'simtasi katta; bo'glm o ‘simtasi kundalang - oval, qavariq; pastki
jag' burchagi qalinlashgan. Itda — chaynash muskulining chuqur
chasi chuqurroq; muskul o'simtasi baland (uzun); jag£ burchagida
burchak o'simtasi bo'ladi; tishsiz cheti bo'lmaydi; iyak osti
teshiklari bir nechta boladi.
Yuqori jag‘ suyagi.
Bu suyak juft bo'lib, burun, ko£z yoshi,
yonoq, peshana, tanglay, jag' oraliq, dimog£ suyaklari bilan
chegaralanadi. Yuqorigi jag£ suyagida yuz, burun va tanglay
yuzalari farqlanadi.
Yuz bolimining birinchi jag£ tish qarshisida ko'z osti teshigi
boladi va unda ko'z osti kanaliga kelib tugaydi, qaysiki yuqorigi
jag£ teshigidan boshlanadi. Yuqorigi jag£ suyagining chiqish (aboral)
tomonida chakka o'simtasi; alveolyar chetida esa yuqorigi jag'
do'ngligi bo'ladi. Uchinchi jag' tishning qarshisida yonoq do'ngligi
joylashadi. Yuqorigi jag' suyagining ventral tomonida kesuvchi
va tishsiz cheti, yuqorigi (dorsal) tomonida esa burun o'simtasi
joylashadi. Yuqorigi jag' suyagining burun yuzasi burun bo'shlig'i
bilan chegaralanadi. Unda yuqoriga qarab ko'z yoshi ariqchasi,
pastga qarab esa burun tarog'i va dimog'-burun organlari uchun
ariqcha boladi.
Ko'z yoshi suyagi pastida burun chig'anoqlari tarog'i joy
lashadi. Yuqorigi jag' suyagining tanglay yuzasi og'iz bo'shlig'iga
qaragan bolib, uni tanglay o'simtasi hosil qiladi.
Yuqorigi jag' suyagining plastinkalari orasida (o'rtasida)
yuqorigi jag' kovagi bolib, u burun teshigining katta teshigi
112
bilan qo'shilishadi. Bu kovakning bir qismi tanglay o'simtasi
tomon kiradi, shuning uchun ham u tanglay kovagi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |