N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

Nazorat uchun savollar.
1. Sariqlik moddaning miqdoriga qarab tuxum hujayraning turlari.
2. Tuxum hujayraning gistologik tuzilishi.
3. Vrug‘ hujayraning gistologik tuzilishi.
4. Ovogenezni tushuntiring.
5. Spermatogenez nechta davrga bo'linadi?
Mavzu. Parrandalarning embrional taraqqiyoti,
tuxum hujayra
Darsning maqsadi:
1. Somitlar, xorda, nerv nayi, tana va amnion burmalari hamda, embrion
pardalari va ularning ahamiyati bilan tanishish;
2. Preparatlami o'rganish, chizish va belgilash;
K o‘rgazmali materiallar; mikroskop, gistopreparat, rasm.
Qushlar tuxumining sarig'i gigant poliletsital tuxum hujayradir. 
Qushlar, shuningdek reptiliyalar quruqlikda hayot kechiradi, 
ularning embrional taraqqiyoti esa o'ziga xos sharoitda — tuxum 
pardalari ichida yuz beradi va embrional taraqqiyot davrida lichin- 
kali bosqichga ega emas.
Embrional taraqqiyot paytida embrion sifatli va m o'l-ko'l oziqa 
moddalar bilan ta’minlanishi kerak. Poliletsital tuxum hujayralarda 
oziq moddalar, m ineral tuzlar keragicha to'plangan. Tashqi 
muhitdan kislorod va issiqlik kelib tursa, embrionning taraqqiyoti 
m e’yorli ravishda boradi.
38


Tuxum hujayraning o'zagi uning animal qutbiga joylashgan. 
Tovuq yangi qo'ygan tuxumda, agar bu tuxum otalangan bo'lsa, 
o'zak o'rnida embrion — «blastodisc» bo'lib, unga «chandiqcha» 
deyiladi. Embrion tagida ko'zacha shakliga ega bo'lgan rangi ochroq 
sariq m odda-latebra joylashadi. Latebraning sariq moddasi 
kislorodsiz parchalanib, energiya bera oladigan karbonsuvlarga 
boy bo'ladi. Latebra atrofida tuxumning sitoplazmasida sariq 
moddaning ochroq va to'qroq rangli qismlari navbatma-navbat 
joylashadi. Sariq moddaning rangi ikki xil bo'lishi, uning kecha- 
kunduzning qaysi paytida hosil bo'lganiga, ya’ni pigm ent, 
vitaminlarning organizmga kirishi va insolyatsiyaning ta ’siriga 
bog'liq.
Qushlar tuxumi birlamchi-vitellin pardadan tashqari oqsil, 
skorlupa ostidagi ikki qavatli yupqa parda va skorlupa (Ca++ 
tuzlariga boy po'choq)ga ega bo'lib, ular uchlamchi pardalardir. 
Oqsil modda hisobiga hosil bo'lgan «apparat»-xalazalar (chalaza- 
do'l donasi) tuxum sarig'ini doimo bir holatda — animal qutbi 
yuqoriga qaragan holatda tutib turadi . Follikulyar epiteliydan hosil 
bo'lgan ikkilamchi parda faqat tuxumdondagi tuxum hujayra 
atrofmi o'rab turib, uni oziqa moddalar bilan ta ’minlashda ishtirok 
qiladi va tuxum hujayra tuxumdondan chiqqach erib ketadi.
Qushlarda otalanish ichki bo'lib, tuxumdonda (yoki tuxum 
yo'lida) yuz beradi. Otalanish uchlamchi pardalar hosil bo'lishdan 
aw al yuz berib, polispermdir. Qushlar tuxumiga 5—24 urug' 
hujayra kiradi. Lekin faqat bir urug' hujayra bevosita otalanishda 
ishtirok qilib, qolganlari tuxum hujayra tomonidan assimilyatsiya 
qilinadi.
Qushlar zigotasida meroblastik maydalanish (sigmentatsiya) 
yuz berib, uni qisman-diskoidal maydalanish deyiladi.
Chunki zigotaning animal qutbidagi diskka o'xshash bir qismi 
maydalanib, vegetativ qismga to'plangan ko'p miqdordagi sariq 
modda maydalanmay qoladi. Qushlar blastulasi diskoblastula 
deyiladi.
Qushlar tuxumi 4—27 soat mobaynida tuxum yo'lidan tashqa­
riga chiqadi. Bu vaqt ichida, agar tuxum hujayra otalangan bo'lsa, 
maydalanish yuz beradi va tashqariga qo'yilgan tuxumda blastodisk
39


mavjud bo‘ladi. Tuxum qo'yilgach u sovuydi va rivojlanish vaq- 
tincha to'xtaydi. Tuxum inkubatorga qo'yilsa yoki tovuqqa 
bostirilsa taraqqiyot davom etadi.
Tuxum yo'lidan tashqariga chiqqan tuxumning tez sovushi, 
uning ichidagi moddalar zichlashishi natijasida po‘choq «pora»lari 
orqali havo kirib, havo kamerasi hosil bo'ladi.
Inkubatsiya qilinadigan tuxum iloji boricha yangi qo'yilgan 
bo'lishi, +3-+6°C da 5—10 kundan ortiq saqlanmasligi kerak. 
Tuxum 25—30 kundan ortiq saqlanganda undagi embrion oladi.
Otalangan va tashqariga chiqqan tuxumdagi blastodiskda 
embrion diski, juda kichik blastotsel va blastula tubi xizmatini 
o'tovclii ko‘p miqdorda sariq modda bor.
Q ushlarda gastrulyatsiya jarayoni 
yaxshi
o'rganilm agan, 
endoderma tuxum qo'yilmasdan oldin hosil bo'ladi. Endoderma 
hujayralari blastodiskdan delam inatsiya y o 'li bilan ajraladi. 
Endoderma hosil bo'lishida immigratsiya — hujayralaming faol 
ravishda ko'chishi ham m a’lum ahamiyatga ega.
Inkubatsiyaning birinchi 12 soatida blastodisk tez o'sadi va 
uning o'rtasida em brion qalqonchasi hosil bo'ladi. Embrion 
qalqonchasining materiali embrion tanasi to'qimalarining taraq­
qiyoti uchun sarf bo'ladi. Embrion qalqonchasiga yaqin joylashgan 
zona tiniqroq bo'ladi, chunki bu zona hujayralari sariq moddadan 
ajralgan va ko'tarilib turadi. Bu zona esa qoramtir (qorong'i) 
zona bilan o'ralgan.
Inkubatsiyaning birinchi soatlaridayoq embrion qalqonchasi 
atrofidagi hujayralaming faol ravishda ko'chishi natijasida liujay- 
raviy material zichlashib birlamchi tasmacha (chiziq) hosH qiladi. 
Hujayralaming harakati oqibatida u tez uzavadi. Ayni paytda 
embrion qalqonchasi cho'zilib noksimon shaklni oladi. Birlamchi 
tasmachaning oldingi qismi yo'g'onlashib. unga birlamchi tugun 
nom i berilgan. H ujayralardan iborat m aterialning harakati 
birlamchi tasmacha va birlamchi tugun hosil bo'lishi bilan chek- 
lanmaydi.
Birlamchi tasmacha hujayralaming bir qismi ichkariga ko'chib 
o'tib, u yerda har tomonga tarqaladi va endoderma bilan ekto- 
derma oralig'ida mezodermani hosil qiladi.
40


Birlamchi tasmacha hujayralari o'rta chiziq bo'ylab ko'chganligi 
sababli, unda bo'ylam a chuqurcha paydo bo'lib, u birlamchi 
egatcha nomini oladi. Shu vaqtda birlamchi tugunchada bosh 
chuqurchasi deb nom langan chuqur joy hosil b o ‘ladi. Bosh 
chuqurchasi o‘z mohiyati bilan blastoporga mos keladi, chunki 
shu joydan material embrion ichiga siljib kiradi. Chuqurchaning 
oldidan ektoderma ostiga birlamchi egatcha materialidan zich 
o ‘simta o ‘sib chiqadi va u bosh o'sim ta nomini oladi. Bosh 
o'simtadan xorda rivojlanadi. Gastrulyatsiya oxirida qushlarning 
embrioni ektoderma, nerv plastinka kurtagi, endoderma, xorda 
va mezodermadan iborat bo'ladi.
Embrion varaqlarining tabaqalanishi va o'q organlarining hosil 
bo'lishi asosan, biz yuqorida ko‘rib chiqqan, boshqa hayvonlarda 
yuz beradigan shu jarayonga o‘xshash bo‘ladi 
(9-rasm).

1
9-rasm. Tovuq embrionida o‘q organlarining paydo bo‘lishi:
1 — nerv naychasi; 2 — ganglioz plastinka; 3 — xorda; 4 — endoteliy;
5 — somitlar; 6 — muskul; 


Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish