♦ Kengaytiruvchi muskullar.
Yuqorigi halqasimon-cho‘michsimon muskul halqasimon
tog‘ay plastinkasining muskul tarogldan boshlanib, cho‘mich-
simon tog‘ayni kengaytiradi.
Halqasitnon-qalqonsimon muskul halqasimon tog
1
ayning
yoyidan to qalqonsimon tog‘ayning tashqi yuzasigacha boradi va
qalqonsimon tog‘ayni pastga tortadi. Bu muskul hiqildoqqa kirish
yolini kengaytiradi.
Tilosti-hiqildoq usti muskuli kuchli taraqqiy etgan ikkita
boshchasi bilan til osti suyagining tanasidan boshlanib, hiqildoq
usti tog'ayining asosida tugaydi. Bu muskul hiqildoq usti tog‘ayini
ochadi.
♦ Toraytiruvchi muskullar
Yon halqasimon-cho‘michsimon muskul halqasimon tog‘ay
yoyidan boshlanib, cho‘michsimon tog‘ayni pastga tortib, hiqildoq
yolini toraytiradi.
Tovush muskuU va xaltacha muskuli bitta umumiy muskul
bolib qo‘shilishgan, cho‘michsimon tog‘ayning tovush o‘simta-
sidan boshlanib, qalqonsimon tog‘ayning tanasida tugaydi. Bu
muskullarning qisqarishi natijasida tovush lablari bo‘shashadi.
Cho'michsimon tog‘ayning ko'ndalang muskuli o‘ng va chap
cho‘michsimon tog‘aylarning ustida ko‘priksimon joylashgan
bolib, qisqarganda tovush lablari bo‘shashadi.
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlar.
Otda — qalqonsimon
tog‘ayning yoyi uning plastinkasiga to'g'ri burchak hosil qilib
joylashgan; plastinkaning oldingi chetida choTnichsimon tog'ay
bilan birlashishi uchun ikkita bo‘g‘im yuzasi boladi; yoyning
ildizida qalqonsimon tog‘ayning shoxchalari bilan qo‘shilishi
240
uchun ikkita bo'g'im yuzasi mavjud. Qalqonsimon tog'ayning
yon plastinkalari rombsimon tanasi tor, qalqonsimon teshik shox-
chaning asosida joylashgan. Cho'michsimon tog'ayi uchburchak
shaklda, ularning old yuqorigi burchagi elastik shoxcha tog‘ayini
hosil qiladi, pastkisi tovush о‘simtasi bo'lib hisoblanadi, orqa —
yuqorigi burchagi esa halqasimon tog‘ay bilan birlashishi uchun
bo'g'im yuzasini hosil qiladi. Hiqildoq ustki tog'ayi bargsimon
shaklda bo'ladi. Hamma tog'aylar bir-biri bilan paylar yordamida
birlashgan. Hiqildoq muskullari qoramollarniki singari bo'ladi.
Cho‘michsimon- hiqildoq usti tog'aylari hiqildoqning boshlanish
qismini hosil qiladi. Tovush lablari nafas olish va tovush chiqa
ruvchi qismlari bilan uchburchak shakldagi, tor tovush yoriqchasini
hosil qiladi; hiqildoqning yon hamda o'rta xaltachalari yaxshi
taraqqiy etgan.
Cho'chqada — hiqildoq uzun; qalqonsimon tog'ayi ham uzun
boiib, uning yon plastinkalari pastki tomonda bor bo'yicha tanasiga
qo'shilib ketgan. Qalqonsimon tog'ayning orqa shoxchasi qisqa
va keng, oldingi shoxchasi bo'lmaydi. Cho'michsimon tog'ayning
muskul tarog'i va tovush o'simtasi yaxshi rivojlangan. Qalqonsimon
tog'ay yonida cho'michsimon tog'ayning dorso-medial burchaklari
oralig'ida kichik oraliq tog'ayi bo'ladi. Tovush paylari katta —
oldingi hamda kichik orqangi bo'laklarga bo'lingan.
It va mushuklarda — qalqonsimon tog'ayning yuqorigi
plastinkasi keng; yoyning pastki tomonida chuqur hamda keng
kesigi mavjud. Q alqonsimon tog'ay nisbatan qisqa, yon
plastinkasida chuqur kesik va qiyshiq hoshiyasi ko'rinib turadi.
Hiqildoq usti tog'ayi to'rtburchak bargsimon shaklda. Hiqildoqning
o'rta xaltasi bo'lmaydi.
Hiqildoq bo'shlig'i yuqorida ko'rsatilgan beshta tog'ay
plastinkaning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Hiqildoq bo'shlig'ining
ichki yuzasi shilimshiq parda bilan qoplangan bo'lib, unda
tebranuvchi silindrsimon va qadoqsimon epiteliy bor. Hiqildoqqa
zardobsimon bezlar joylashgan. Undagi tovush pardalarining
burmasi ko'p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan.
Hiqildoqning boshlanish qismini pastdan hiqildoq tog'ayi, yon
tomondan qalqonsimon tog'ay va ustki tomondan cho'michsimon
241
Do'stlaringiz bilan baham: |