N. B. D ilm u r o d o V, M. G. Karimov, Z. F. Norm uradova «hayvonlar morfologiyasi»


♦ Nukleotidlar va nuklein kislotalar



Download 17,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/352
Sana23.07.2022
Hajmi17,19 Mb.
#840472
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   352
Bog'liq
Hayvonlar morfologiyasi fanidan amaliy laboratoriya mashg\'ulotlari. Dilmurodov N.B

♦ Nukleotidlar va nuklein kislotalar
Nukleotidlar aminokislotalar kabi polimer molekulalar (D N K
va RN K )1 hosil qila oladigan birikmalardir. Ulaming molekulalari 
karbonsuv (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota qoldig'i 
hamda tarkibida N boigan purin yoki pirimidin organik asoslaridan 
tuzilgan. D N K molekulasi ikki zanjirli spiral, RNK molekulasi 
esa zanjirsimon tuzilishga ega. DNKning asosiy qismi hujayra 
o‘zagida, RN K esa sitoplazmada va qisman o'zakda uchraydi. 
D N K molekulasi zanjirlarida nukleotidlaming joylanishi tartibi 
D N K kodi deyiladi va u hujayrada sintezlanadigan oqsil moleku- 
lasida aminokislotalarning joylanishi tartibini belgilaydi.
M olekulasida b ir necha fosfor kislota qoldig‘i saqlovchi 
nukleotidlardan ATF va ADF2 hujayradagi energetik jarayonlarda 
aktiv qatnashadi.
Lipidlar (yunoncha lipos-yog‘) - protoplazmada ancha keng 
tarqalgan, soddaroq tuzilmaga ega yog‘lar va ularga nisbatan 
murakkabroq tuzilgan lipoidli birikmalami 
o ‘z
ichiga oladi. Lipidlar 
tarkibida glitserin va yog‘ kislotalari bilan bir qatorda azoth asoslar 
va fosfor kislota uchraydi. Ular oqsillar bilan birikkan holda 
protoplazmada molekulalarning gidrofil va gidrofob qutblariga ega 
bolgan turli lipoproteidli strukturalarini hosil qiladi.
Karbonsuvlar С, H va О ning birikmasi bo'lib, H va О karbon- 
suvlar m olekulasida 2:1 (ya’ni H 20 ) nisbatdadir. Glikogen
1 D N K — dezoksiribonuklein kislota, RNK - riborvuklein kislota
2 ATF — adenozintzifosfat, ADF — adenozindifosfat
20


karbonsuvlami — glyukoza, saxaroza, laktoza, kraxmal, hayvon 
kraxmali tashkil qilib, turli jarayonlarda energiyaning muhim 
manbai bo‘lib hisoblanadi.
Murakkab polisaxaridlar — glikozaminoglikanlar biriktiruvchi 
to'qimaning hujayralararo moddasi bo'lib, ko'pgina bezlarning 
ishlab chiqargan sekreti tarkibiga mavjud bo'ladi. Nevtral va kislotali 
glikozaminoglikanlar bir biridan farq qiladi. Oliy tabaqali hayvonlar 
to 'q im a hujayralarida k o 'p ro q xondroitin sulfatli kislotalar 
(gialuron va geparin) glikozaminoglikanlar uchraydi.
Anorganik m oddalar asosini suv va tuzlar tashkil qiladi. 
Organizmning 70—80 foizi suv bo'lib erituvchi suyuqlik bo'lishi 
bilan bir qatorda, protoplazmaning turli strukturalari tarkibiga 
kiradi. Ko'p miqdordagi suvning yo'qotilishi organizmdagi hayotiy 
jarayonlaming to'xtashiga olib keladi. N a+, K+, Ca++, Fe+++ va 
boshqa metal ionlari turli jarayonlarda ishtirok qiladi. Ular 
murakkab kompleks birikmalar tarkibiga kirib gemoglobin hosil 
qiladi.
Tirik modda organik birikmalar va anorganik moddalarning 
oddiy aralashmasi bo'lmasdan, balki bir butun murakkab siste- 
madir.
Protoplazm a rangsiz, yorug'likni suvdan k o 'ra kuchliroq 
sindiradigan, solishtirma og'irligi 1,03 bo'lgan modda. Protoplazma 
hujayraning fiziologik holatiga qarab o'zgaruvchan va yopishqoq 
bo'ladi. Protoplazma fizik holatining o'zgaruvchanligi tarkibidagi 
moddalari kolloid strukturaga ega ekanligi bilan bog'liq bo'ladi.
Eritma tarkibida diametri 1-100 nm zarrachalar bo'lsa, bunday 
eritmani kolloid eritma deyiladi. Kolloid eritmadagi zarrachalarning 
maydalanish darajasi — disperslik darajasi, eritma zarrachalarning 
yig'indisi — dispersion faza va erituvchanUgi — dispersion muhit 
deyilib bir biridan farq qiladi.
Kolloid zarrachalarning disperslik darajasi, zarrachalarning 
o'zaro yopishib qolmasligi bir ismli bo'lishiga bog'liq. Elektrolit 
eritmasining qo'shilishi kolloid eritma zarrachalarining cho'kishiga 
sabab bo'ladi. Bu hodisa koagulyatsiya deb ataladi. Odatda 
koagulyatsiya orqaga qaytuvchi jarayondir. Cho'kmaga tushgan 
oqsil zarrachalarining fiziko-kimyoviy muhitinig o zgarishi bilan
21


qayta eritmaga o'tishi peptizatsiya deyiladi. Fiziko-kimyoviy ta ’sir- 
lar (og‘ir metallaming tuzlari, anorganik kislotalar, qizdirish) 
ta’sirida qaytmas koagulyatsiya deyiladi va natijada — denaturatsiya 
yuz beradi.
Oqsil zarrachalari o‘z zaryadini: kislotali muhitda musbat (+), 
ishqorli m uhitda manfiy (—) zaryadga oson o‘zgartira oladi. 
Demak, dispers muhit zaryadining o'zgarishi hujayrada kechadigan 
jarayonlarga ta ’sir qiladi.

Download 17,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish