Fizik shikastlanish. O‘tkir shikastlanish issiq ta’sir etuvchi omil
(qaynoq suv, qaynoq ovqat), elektr toki, ionlovchi nurlar ta’si rida hosil
bo‘ladi. Qaynoq suv yoki qaynoq ovqatdan kuyish sodir bo‘l ganida
kes kin og‘riq paydo bo‘lib, shilliq parda g‘adir-budur bo‘lib qoladi,
qizaradi, pufaklar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan pufaklar tezda yorilib
ularning tagida eroziya va yazvalar hosil bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalardan tashkil top-
gan tish protezining bo‘lishi og‘izda mikrotok – galvanik tok hosil
bo‘li shiga olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida galvanik tokni quyi dagi metall
qotishmalar hosil qiladi; oltin qotishmasi + amalgama, zanglamaydigan
po‘lat + kavshar, amalgama + kavshar va amalga ma + zanglamaydigan
po‘lat. Hosil bo‘lgan galvanik tok og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bemor og‘zida noxush hidlar paydo bo‘lganligidan,
til chetlari achishishidan shikoyat qiladi. Agar og‘iz bo‘shlig‘idagi
mikrotok 10 mkA dan ortsa og‘iz bo‘shlig‘idagi metall qotishmalarni
boshqa homashyoga (plastmas sa) almashtirish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |