Fizioterapiya haqida tushuncha Fizioterapiya



Download 251,71 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi251,71 Kb.
#782454
  1   2
Bog'liq
Fizioterapiya haqida tushuncha2


Fizioterapiya haqida tushuncha
Fizioterapiya (yun. physis tabiat va therapy — davolamoq) — klinik tibbiyotning bir sohasi; tabiiy (kuyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sunʼiy fizik omillar (elektr toki, magnit maydoni, sunʼiy yorugʻlik manbalari, ultratovush va boshqalar) taʼsiri mexanizmini oʻrganadi va ularni davolashprofilaktika maqsadida qoʻllash usullarini ishlab chiqadi.
Qad. Sharq mamlakatlari, xususan, Yunoniston va Qad. Rimda tabiiy omillardan (ayniqsa, quyosh, maʼdanli suv) davo maqsadida foydalanilgan. 18-asrga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki kashf etilishi tufayli F., asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi. Keyinchalik galvanik tok (galvanizatsiya, elektroforez), asimmetrik oʻzgaruvchi tok (franklinizatsiya), yukrri chastotali tok (darsonvalizatsiya, diatermiya) kabi fizik omillar kashf etilib, davo amaliyotida qoʻllanila boshlandi.
F. tibbiyotning ilmiyamaliy maxsus boʻlimi sifatida rivojlandi. I.M.Sechenov, N.Ye.Vvedenskiy, I. P. Pavlov ishlarida F.ning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy F.ning keyingi rivojiga Oʻzbekistonda M.Faybushevich, Ya.K.Moʻminov, R.A.Katsenovich, Z.A.Dolimov va boshqalar katta qissa qoʻshdilar.
Keyingi yillarda Oʻzbekiston olimlari (N. M. Majidov, K. I. Yoʻldoshev, A.L.Alyavi, S.N. Bobojonov, G.A.Sodiqova, M.Yu.Aliaxunova, Z.R.Zunnunov va boshqalar) tomonidan gidroaeroionizatsiya, ultratovush, quyosh va sunʼiy qizil impulsli hamda kogerent nurlari, iqlim, maʼdanli suvlar, bishofit, bentonit, magnit, shifobaxsh oʻsimliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. F.da davolash maqsadida tashqi muhitning tabiiy (landshaft, iklim, yoruglik, suv, peloidlar) va sunʼiy fizik omillari (elektr va mexanik energiyaning oʻzgartirilgan usuli) ishlatiladi.
Fizik omillar odamga uning butun evolyutsion taraqqiyoti davomida taʼsir etgan. Shuning uchun fizioterapevtik davo tadbirlari dori moddalariga qaraganda organizmga fiziologik jihatdan koʻproq ijobiy taʼsir etadi va noxush oʻzgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapevtik omillar organizmga eng kichik dozada berilganda aʼzolar maxsus himoya tizimi, yalligʻlanishga qarshi jarayonlarni tiklab, katta terapevtik samaraga erishishi mumkin. Fizik omillarning aʼzolarga taʼsiri zamirida tanada hosil boʻluvchi maxsus biokimyoviy reaksiyalar yotadi. Fizioterapevtik muolajalardan nafas, yurakqon tomir tizimi, ovqat hazm qilish, boʻgʻim, nerv tizimlari va boshqa xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi.
Magnitoterapiya - bu magnit maydonining inson tanasiga ta'siriga asoslangan fizioterapiya usuli. U turli nevrologik kasalliklarga chalingan bemorlarni kompleks davolash va reabilitatsiyasida keng qo'llaniladi. Jarayonning kutilgan samarasi birinchi navbatda magnitoterapiyaning qo'llaniladigan versiyasiga bog'liq bo'lib, bu sizga har bir bemor uchun optimal davolash dasturini tanlash imkonini beradi.
Magnitlardan terapevtik maqsadlarda foydalanish uzoq tarixga ega. Gippokrat davrida ichakni turli kasalliklardan tozalash uchun magnitli temir rudasining kukuni ichkarida ishlatilgan. Bu agent shuningdek, yallig'lanishga qarshi va gemostatik xususiyatlarga ega. Va Kleopatra doimo go'zalligini saqlash va yoshlikni saqlash qobiliyatiga ishonib, tanasiga magnit tumor taqib yurardi.
Xitoyda magnetoterapiya akupunktur shakli sifatida rivojlandi. Shu bilan birga, tabiblar odam tanasining ma'lum nuqtalariga ma'dan bo'laklarini qo'llash orqali aylanib yuruvchi Qi energiyasiga ta'sir o'tkazishga harakat qilishdi. Paracelsus, xuddi shu qarashlarga sodiq qoldi, ular magnit yordamida turli kasalliklarda hayotiylikni ("arxey") etishmasligini qoplashga harakat qilishdi. Tibet rohiblari hali ham magnitlardan foydalanib, miya faoliyatini faollashtirish uchun ularni boshga surtishadi.

Elektr bilan davolash, elektroterapiya — elektr toki, elektr va magnit maydonlaridan davolash hamda profilaktika maqsadida foydalanish; fizioterapiyaning muhim boʻlimi. Elektr bilan davolashd. faqat vrach buyurganda mustaqil tarzda va boshqalar davo choralari bilan birga qoʻllaniladi. Bemorni davolashda Elektr bilan davolashd. yordamchi davo usuli hisoblanadi. Bunda past kuchlanishli oʻzgarmas elektr toki (qarang Galvanizatsiya oʻzgaruvchan toklar (qarang Darsonvalizatsiya Diatermiya shuningdek, past chastotali impulsli toklar (qarang Induktotermiya turli chastotali oʻzgaruvchan magnit maydonlar, yuqori chastotali oʻzgaruvchan magnit maydoni va boshqalar qoʻllaniladi.
U vch-terapiyada ultra yuqori chastotali o‘zgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi, bunda davo zararlangan joyga qo‘yiladigan kondensator plastinkalar bilan bilinar-bilimas issiqlik ta’sir ettirib o‘tkaziladi. UVCH yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, tomirlarni kengaytiradi, to‘qimalar oziqlanishini yaxshilaydi va og‘riqni kamaytiradi.




Download 251,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish