N. A. Mamadjonova O’simlikshunoslikning biologik asoslari



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/94
Sana26.03.2022
Hajmi1,89 Mb.
#510587
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94
Bog'liq
osimlikshunoslikning biologik asoslari

G’o’za bargi 
barg shapolog’idan, barg bandidan va ikkita barg yonligidan 
iborat. 
Barg shapolog’i g’o’zaning shakli va turiga qarab yaxlit yoki bo’laklarga 
bo’lingan bo’lishi mumkin. Dastlabki ikki – uch barg doimo yaxlit, keyingilari 
bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Barg shapolog’i o’simliklarning tur, naviga qarab har 
xil kattalikda 4 – 400 sm 
2
gacha bo’lishi mumkin. Bargning orqa tomonida 1-3-5 ta 
tomirida bittadan nektarnik (shiradon) bo’ladi. 
Barglar yashil, och yashil, to’q yashil tusda tovlanadi, qizg’ish rangli g’o’zalar 
ham bor. Barglar tuklar bilan qoplangan, tuklar bir yoki ikki yarusli bo’ladi, tuksiz 
ham bo’lishi mumkin. 
O’rta tolali g’o’zalarda bir tupdagi barg sathining yakuni avgust oyida 2,5-6,4 
ming sm
2
ga, uzun tolali g’o’zalarda 5,1-9 ming sm
2
ga baravar bo’ladi. 
G’o’za guli. 
Ikki jinsli, organlari besh doirada beshtadan bo’lib joylashgan (3-4 
rasm). Tuzilish tashqi tomonidan uchta yirik gulyonligi; keyin gul kosachasi; kosa 
ichida tag tomonidan o’zaro birikkan gultoji bargi; gultojidan ichkarida otalik 
kalonkasi (androsey) bor. Kalonka otalik iplari trubkasidan iborat bo’lib, sirtida juda 
ko’p otalik changchilari o’rnashgan: gulning qoq o’rtasida onalik (genesey) 
joylashadi, bu onalik tuguncha pocha va og’izchadan iborat. G’o’za gulida alohida 
shiradon (nektarnik) bor. 


62 
G’o’za ko’sagi 
G’o’zaning mevasi ko’sak, shakli g’o’za turi va naviga qarab 
tuxumsimon, sholg’omsimon, dumoloq, anjirsimon bo’lishi mumkin. Uchi tumtoq, 
nayzasimon, cho’ziq yoki qisqa bo’ladi. Ko’sakdagi chigitli paxtaning og’irligi 
yovvoyi g’o’zalarda 0,1-0,25 g, madaniy shakllarida o’rta tolali g’o’zalarda 7-8 g, 
ingichka tolalilarda 3-4-5 g bo’ladi. 
Sirti silliq, g’adir-budir, mayda bezcha va chuqurchalar bilan qoplangan, 
yaltiroq, xira, tukli va tuksiz, g’uborli bo’lishi mumkin. Tumshug’ida 3-4-5 burchakli 
yulduzchalar bor. 
Rangi yashil, pushti yoki qizil bo’lishi mumkin. Ko’sak 3-4-5 chanoqli bo’lib, 
har bir chanog’ida 5-10 tadan chigit bo’ladi. Bir ko’sakda 25-50 tagacha chigit 
bo’lishi mumkin. Ko’sakning rivojlanishi 50-60 kun davom etadi. Ko’sak to’la 
pishgach quriydi va chanoqlaridan yoriladi. 
CHigit.
Pishib yetilgan chigit tuxumsimon yoki nok ko’rinishidadir. CHigit
murtak (zarodish) va uni o’rab olgan ikkita po’stdan iborat, ichki po’st pardasimon, 
tashqi po’st yog’ochlanib qattiqlashgan bo’ladi. CHigit qobig’ining sirtqi sathi tuklar 
bilan qoplangan, bu tuklar ancha uzun bo’lib, tola deb ataladi, ba’zilarida uzun tuk 
bilan birga kalta tolalar bo’lib, uni momiq (linter) deb yuritiladi. 
CHigitning keng tomoni xalaza, ingichka tomoni mikropil deyiladi. ekiladigan 
chigitning bo’yi-12-14 mm, diametri 6-8 mm bo’ladi, bir chigitning og’irligi o’sish 
sharoitiga qarab 50-200 mg gacha bo’lishi mumkin. 
CHigit murtagi ikkita urug’palladan va o’simlikning asosiy organlarining 
boshlang’ichidan iborat bo’ladi. CHigit murtagidagi moy chigit og’irligining o’rtacha 
20-25 % ni tashkil etadi. CHigit qobig’i juda mustahkam bo’lib, qalinligi 0,25 mm ga 
yetadi. 
CHigitning rivojlanish davri 50-60 kun davom etadi. G’o’za ertapishar va o’sish 
sharoiti qancha qo’lay bo’lsa, chigit shuncha tez va yaxshi rivojlanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish