Muxandislik tizimlari fakulteti “IShlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish” kafedrasi muxandislik dasturlari fani



Download 10,77 Mb.
bet31/92
Sana17.08.2022
Hajmi10,77 Mb.
#847178
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
LOTUN eski

SCADA texnik ta’minoti
SCADA tizimi RTU (remote terminal units) masofaviy ternimal uskunalaridan iborat bo’lib, ma’lumotlarni yig’ish va ularni aloqa tizimi hisoblangan master stansiyaga qaytarishni ta’minlaydi. Master stansiya olingan ma’lumotlarni ko’rsatadi va operator uchun masofadan boshqarishni amalga oshirishga imkon beradi.
Zavodni boshqarish va jarayonni optimallashtirish uchun ma’lumotlar aniq va o’z vaqtida bo’lishi kerak. Boshqa afzalliklari tejamkorlik, samaradorlik va eng muhimi xavfsiz boshqarishdan iborat. Bunday natijalar avtomatlashtirilmagan tizimlar bilan taqqoslaganda kam xarajatlidir.
SCADA tizimlarini yanada komplekslashtishning muhim 5 xil darajasi yoki ierarxiyasi mavjud:

  • Yo’nalish darajasi asbobsozlik va nazorat qilish qurilmalari

  • Safarbar etilgan terminallar va RTU lar

  • Aloqa tizimi

  • Master stantsiyani (lar)

  • Tijorat ma'lumotlarni ishlab chiqish bo'limining kompyuter tizimi

RTU interfeysning har bir chekka qismida yo’nalish analogi va raqamli sezgir element bilan ta’minlangan.
Aloqa tizimlari master stansiya va masofaviy maydon o’rtasidagi muloqot uchun yo’lak vazifasini bajaradi. Bu aloqa tizimi simli, optik tolali, radio to’lqinli, telefon liniyali, mikroto'lqinli va hatto sun'iy yo'ldoshli bo'lishi mumkin. Muayyan protokollar va xatoliklarni aniqlash ma'lumotlarni samarali va optimal uzatish uchun foydalaniladi.
Master stantsiya ma’lumotlarni turli RTU lardan yig’adi va odatda, u ma’lumotlarni ko’rsatish hamda masofaviy nazorat uchun operator interfeysi bilan ta’minlangan. Ulkan telemetriya sistemalarida, Sub-masterlar ma’lumotlarni bir-biridan olis masofadan master stantsiyaga qaytarilgani kabi to’playdi.
SCADA dasturiy ta’minoti
SCADA tizimlarining dasturiy ta’minoti ikki guruhga bo’linadi: mulkiy va ochiq. Korxonalar o’zlarining texnik ta’minotini ma’lum qilish uchun mulkiy dasturiy ta’minotini rivojlantiryapti. Bunday tizimlar “o’zgarish kaliti” sifatida sotiladi. Ushbu tizim bilan asosiy muammo shundaki, tizimni yetkazib beruvchiga o‘ta ishoniladi. Ochiq dasturiy ta’minot tizimlari sistemaning qobiliyati orqali mashhutlik keltirgan. Sistema qobiliyati ba’zi tizimlarda turli xil ishlab chiqarish asboblarini bir-biri bilan bog’laydi.
SCADA tizimlari uchun dasturlar bozorida ochiq dasturiy paketlarning faqat ikki turi mavjud: Citect va Wonderware. Ba'zi paketlar bugungi kunda SCADA tizimi doirasida integratsiyalashgan boshqarishni o’z ichiga oladi. SCADA tizimining umumiy komponentlari quyidagi diagrammada ko’rsatilgan.
SCADA dasturiy ta'minot asosiy xususiyatlari quyidagilar:

  • Foydalanuvchi interfeysi

  • Grafik tasvirlar

  • Signallar

  • Yo’nalishlar

  • RTU (va PLC) interfeysi

  • O‘lchov birligi

  • Ma'lumotlarga kirish

  • Ma'lumotlar bazasi

  • Tarmoq

  • Xatolikka bardoshlilik

  • Mijoz /taqsimlangan jarayon serveri




4.4-rasm. Oddiy SCADA sistemasi.

SCADA uchun aloqa yo’li


Garchi, IED tizimlar uchun kompyuterda foydalaniladigan simlar miqdori kamaytirilgan bo’lsada, odatda, umumiy SCADA tizimlarida ko’plab simlar mavjud. Bu simlar asosiy muammo bo’lgan elektr shovqinli ko’plab muammolarni keltirib chiqaradi.
Qo’shimcha signal va shovqinlar muloqot tizimi ma’lumotlarini loyihalash va o’rnatish hamda elektr signallarini bartaraf etish uchun muhim omildir. Shovqin tasodifiy hosil bo’luvchi nomaqbul signal (yoki to’sqinlik signali) va haqiqiy signal sifatida ta’riflanadi. Bunday shovqinlar simlar va kabellarning ichida har xil usullarda hosil bo’ladi. Tizimning boshidan kamroq shovqinga ega bo’lishi dizaynerning salohiyatiga bog’liq. SCADA tizimlari tabiatan shovqinga moyil bo’lganligi uchun odatda ularda kichik kuchlanish foydalaniladi.
Deyarli barcha tizimlarda burama qatlamli himoyalangan cat5 simlari eng ko’p qo’llaniladi. Yaxshi simlardan foydalanish va to’g’ri o’rnatish usullari orqali tizimda shovqin bo’lmasligiga kafolat beradi.
Optik tolali kabellar kam shovqinliligi uchun tobora keng qo’llanmoqda. Bugungi kunda ba’zi sanoat maydonlarida plastik tolali kabellar keng qo’llangan bo’lsada, optik tolali kabellar tobora keng miqyosda ishlatilmoqda.6

4.5-rasm. Optik tolali kabellar.

Kelajakda ma’lumotlar almashinish radio to’lqinlar, optik tolali kabellar va ba’zi ko’z ilg’amas sistemalar o’rtasida amalga oshiriladi. Simlar elektronikaning quvvat talabini va quvvat bilan ta’minlanish darajasini minimal ko’rsatkichga yetkazib, hatto quvvat uchun talabni ham kamaytiradi.





Download 10,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish