Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri



Download 2,11 Mb.
bet7/24
Sana01.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#294800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Camar diplom lotincha

3.2.3 - jadval




Sahifa nomi

Tashrif buyuruvchilar


Ko‘rishlar

1

Daryo – O‘zbekiston va jaxon yangiliklari

327 836


2 246 475

2

Kun.uz - O‘zbekiston va jaxon yangiliklari

312 380

1 463 725

3

olx.uz (avvalgi Torg.Uz) – O‘zbekistonning bepul e’lonlari

151 693

1 784 745

4

Stadion.UZ - Futbol yangiliklari

127 069

519 550

5

O‘zbekistondagi birinchi futbol portali

106 646

589 874

6

Mover.uz - Videoroliki onlayn

101 834

863 347

7

TRIBUNA.UZ – Futbol va sport xabarlari

94 691

282 496

8

Xabar.uz axborot – taxliliy portali

74 869

297 629

9

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

56 071

151 996

10

MyTube - Onlayn videoroliklar, o‘tkir hazillar, anime va kliplar

47 915

316 888

11

Qalampir – Xaqiqat achchiq bo‘ladi

38 945

172 388

12

UzNews.uz axborot agentligi

36 732

75 214

13

Moliya vazirligining byudjet tashkilotlarida buxgalterlik xisobini yuritish bo‘yicha interaktiv xizmati

34 657

99 563

14

Hordiq.uz – eng qiziqarli yangiliklar, ajoyib xikoyalar, shou-biznes xabarlari, latifalar va boshqalar

29 981

117 494

15

UPL.UZ — O‘zbekiston yangiliklari

28 503

56 133


www.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatlar soni bo‘yicha veb-sahifalar reytingi. (2018 yil, may).

3.2.4 - jadval




Sahifa nomi

Tashrif buyuruvchilar


Ko‘rishlar

1

Daryo — O‘zbekiston va jahon yangiliklari

4 694 642

56 274 921

2

KUN.UZ - O‘zbekiston va jahon yangiliklari

5 017 269

34 238 362

3

olx.uz (avvalgi Torg.Uz) - O‘zbekistonning bepul e’lonlari

2 871 621

46 906 620

4

Stadion.UZ – Futbol yangiliklari

2 680 817

14 725 172

5

O‘zbekistondagi birinchi futbol portali

2 126 630

15 359 503

6

Mover.uz - Videoroliki onlayn

1 903 302

20 583 069

7

TRIBUNA.UZ - Futbol va sport xabarlari

1 469 201

5 776 800

8

Xabar.uz axborot – taxliliy portali

1 256 670

4 882 785

9

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1 014 558

3 551 451

10

MyTube - Onlayn videoroliklar, o‘tkir hazillar, anime va kliplar

863 402

7 017 208

11

Qalampir – Xaqiqat achchiq bo‘ladi

837 926

4 663 365

12

UzNews.uz axborot agentligi

838 456

2 141 705

Bunda xostlar – foydalanuvchi kompyuterlarining tarmoq manzillari, xitlar esa – veb-sahifaga murojaatlar sonini anglatadi.

Bu ma’lumotlar yordamida reklama beruvchi o‘zi uchun zarur bo‘lgan veb – sahifalarni ajratib olish imkoniga ega bo‘ladi.

2. Reklama bannerining o‘lchamlari va joylashgan o‘rni. Har bir veb-sahifa o‘ziga xos dizaynga ega. Shuning uchun ham ularning ba’zilaridagi reklama uchun ajratilgan o‘rinlar ikkinchisi bilan bir xil emas. Ammo barcha asosiy sahifalardagi reklama bannerlari maydonlarini shartli ravishda quyidagi umumiy shablon yordamida tasvirlash mumkin (3.2.9-rasm). Bunda 1-eng yuqori banner, o‘lchamlari 728X90rx (rx-piksel); 2-markaziy banner, uning o‘lchamlari turlicha; 3-pastki o‘ng burchakdagi banner 120×600 yoki 160x600rx, 300x600px, chap burchakda bo‘lishi xam mumkin;


  • Shuni yodda tutish lozimki, bu faqat asosiy, bosh sahifadagi reklama o‘rinlari, keyingi (ichki) sahifalardagi reklama o‘rinlari hamma sahifalarda turlicha bo‘lganligi sababli ularni umumiy shablonga keltirishning imkoni yo‘q.



3.2.9 – rasm. Internet barren shabloni



3.2.10 - rasm. Asosiy sahifalardagi reklama uchun ajratilgan o‘rinlarning umumiy shabloni

3. Reklama bannerining dizayni. Har bir banner o‘ziga xos ijodiy yondashuvni talab etadi. Siz ekranning kichkinagina qismidan foydalanib, sanoqsiz iste’molchilarga murojaat qilasiz. Demak, reklama banneri kishi e’tiborini tez torta oladigan, takrorlanmas, undagi har bir so‘z va element mahsulot yoki xizmatning xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan, foydalanilgan barcha ranglar bir-birini to‘ldirib, umumiy uyg‘unlikka ega bo‘lishi lozim.

4. Narxlash modellari - bannerlarni joylashtirish narxlari. Internet tarmog‘ida reklamalar joylashtirishni narxlashning bir qancha modellari mavjud. Belgilangan oylik to‘lov asosida joylashtirish – reklamalarni joylashtirishning eng keng tarqalgan narxlash usuli bo‘lib, bu modelda namoyishlarning soni va unga bo‘lgan murojaatlar hisobga olinmaydi. Ko‘pchilik veb-sahifalar reklama beruvchining bannerini o‘zlarining bir yoki bir nechta sahifalariga belgilangan oylik to‘lov asosida joylashtirishga intiladilar. Bu narx sahifaning ommabopligi, reklamaning joylashgan va egallagan o‘rni kabi bir qancha omillar asosida belgilanadi.

Masalan, quyida rasmda ko‘rinib turibdiki, gazeta.uz veb-saxifasidagi reklama tepa qismida joylashtirilgan. Bu reklamaning xajmi 970x250px. Xozirgi kunda ko‘plab veb-saxifalar o‘zlarini daromadlarini reklama orqali, ya’ni shu kabi bannerlarni joylashtirilishdan xam daromadlarini oshirmoqdalar.





3.2.11 – rasm. “O‘zbekiston pochtasi” AJ veb-saxifasiga 2017 yil may oyida tashrif buyuruvchilar soni xisoboti

3.2.5 - jadval




Resurs nomi

Tashrif buyuruvchilar


Ko‘rishlar

1

«O‘zbekiston pochtasi» AJ

37 723

122 446

Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar xalq xo‘jaligining yetakchi sohalarini liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, elektron tijorat sohasi ham bundan mustasno emas. Ushbu jarayon korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘zgaruvchan tashqi omillarni hamda korxonalarning mijozlar talabini qondirish imkoniyatlarini hisobga oladigan qat’iy yondashuvli juda dolzarb masaladir. Bugungi kunda tashqi bozorga integratsiyalashuvda mashhur firma va jamiyatlarning imiji katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xos korporativ shakl global bozorda rivojlanish imkonini beradi. Bozor muhitini tinimsiz nazorat qilmay turib, biznesni muvaffaqiyatli yuritib bo‘lmaydi. Ammo, shu o‘rinda qanday qilib jamiyat menejerlari xaridorlar talablarining o‘zgarishini bilishi mumkin, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy.

Aloqa bo‘limlari orqali aholi va xalq xo‘jaligi tarmoqlariga pochta asosiy va qo‘shimcha xizmatlar – xat-xabarlar pul o‘tkazmalari, posilka yetkazish, davriy nashrlarga obuna qilish va tarqatish, pensiya pullari tarqatish va aholidan kommunal to‘lovlar yig‘ish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Shunga yarasha aloqa bo‘limlari joylashgan binolarni filial balansiga to‘liq olish, binolarni saqlash tizimini tijorat banklari singari mukammallashtirish talab etiladi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish turlarini takomillashtirish, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, zamonaviy xizmat turlarini joriy qilish bilan birga markazlashgan hisob-kitob yuritish tartibini amalga oshirish lozim bo‘ladi. Bu esa yig‘ilayotgan kommunal va boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitob qilishda qulayliklar yaratib, kundalik pul o‘tkazish jarayonida aholi va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro muomalani qisqa muddatda nihoyasiga yetkazish imkonini beradi.

Pochta aloqasi rivojlanishi xorij amaliyoti sifatida Fransiyada pochta xizmatiga nazar solsak.

Fransuz pochtachilari o‘zlariga bo‘lgan ishonchning muntazam ravishda oshib borayotganligi bilan haqli ravishda faxrlanishadi. Bu statistik so‘rovnomalarda ham o‘z aksini topgan – fransuz fuqarolarining 86 foizi pochta xizmatini eng ishonchli xizmat turi sifatida e’tirof etishgan. Mamlakatda haftaning olti kuni mobaynida faoliyat yurituvchi 17 mingta pochta bo‘limi mavjud. 8,3 million nafar mijoz masofaviy banking xizmatidan foydalanmoqda. Pochta xizmatining aylanma mablag‘lari Fransiya yalpi ichki mahsulotining 0,9 foizini tashkil etadi. Pochta bo‘limlari orqali har oyda 1,6 million kishiga 700 million yevro miqdoridagi ijtimoiy to‘lovlar amalga oshiriladi.

Pochta xizmatlariga bo‘lgan talab-ehtiyoj tobora oshib borayotir. Fransiyaning 27 million fuqarosi xatni qog‘ozga yozishni afzal ko‘radi. Ro‘yxatdan o‘tgan xususiy elektron manzillar soni esa bor-yo‘g‘i 3 milliontani tashkil etadi. 3 million tashkilot an’anaviy pochta xizmatlaridan foydalanadi, holbuki Internetdan foydalanuvchi tashkilotlar soni 600 mingtadir.

Bir so‘z bilan aytganda, pochta mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash va amaliyotga joriy etish jarayonining ajralmas, muhim qismi bo‘lib, ishlab chiqarish bilan yonma-yon takomillashib boryapti.

Keksa kishilarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasi yig‘inlarida ham pochta faol qatnashmoqda. Masalan, birgina 2010 yilda yig‘ilgan mablag‘lar evaziga umumiy qiymati 1,3 million yevroga teng 283 yangi loyiha amalga oshirildi.

Aytish kerakki, bu ijtimoiy faollik hukumat e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Fransiya – pochtachilarga davriy nashrlarni tarqatgani uchun har yili 500 million yevro to‘laydigan jahondagi sanoqli boy davlatlardan biri. Bu – pochtaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan biznes yo‘nalishlaridan biri, xolos.

Fransiya pochtasi faqat xat-xabarlar eltish bilan shug‘ullanmaydi – tashkilot ayni paytda qayta tashkil topish natijasida keng tarmoqlangan yirik korporatsiyaga aylangan.

Fransuzlar Yevropada birinchilar qatorida (germaniyalik va niderlandiyalik hamkasblari bilan bir paytda) onlayn-do‘konlarni ishga tushirishdi. Ayni bir paytda, 2001 yilning noyabrida onlayn tartibida qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchi Video-poste Net Bourse onlayn-birjasi ochildi.

Fransiya pochtasi amalga oshirayotgan noan’anaviy xizmatlardan biri – bepul elektron pochta xizmati ko‘rsatishdir. Har bir fransiyalik @laposte.net pochta manzilidan bepul foydalanishi mumkin.

“La Poste” 2006 yilning 1 yanvaridan boshlab bank xizmatlari bozorida to‘laqonli faoliyat yuritishga o‘tdi – barcha bank amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish uchun hukumatdan rasmiy ruxsatnoma olindi. Bunga hukumat bilan 10 yil davomida olib borilgan muzokaralar hamda bahslar evaziga erishildi. Albatta, bu voqea boshqa banklar faoliyatiga ham katta ta’sir o‘tkazishi e’tibordan chetda qolmadi. Oddiy misol, mamlakatdagi eng yirik bank hisoblangan «Kredi Agrikol»ning bo‘limlari soni 9 mingta bo‘lsa, pochta xizmatiga tegishli bo‘limlar soni 17 mingta, ya’ni deyarli ikki baravar ko‘pdir. Shu paytga qadar Fransiya pochtasining moliyaviy xizmatlaridan 28 million mijoz foydalanib kelardi, ammo pochtaning mijozlari umumiy hisoblaganda 48,5 million nafarga yetishi nazarga olinsa, yangi tashkil etilgan bank kelgusida yana qo‘shimcha 20 million nafar mijozga ega bo‘lishi besh qo‘ldek ayon haqiqat edi.

Fransiya pochtasi omonat jamg‘armalarini ochishni aholiga XX asr oxirlaridan taklif eta boshlaganiga qaramasdan, hanuz ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar turi cheklangan bo‘lib, ularning ham faqat ayrimlarigina bevosita omonat jamg‘armalariga tegishli amaliyotlar edi. Ipoteka (mol-mulkni garovga qo‘yish evaziga kriditlar berish) kreditlari hisob-raqamidagi mablag‘i oz kishilargagina berilardi. Endi esa, pochta xizmati omonat hisob-raqamini ochmasdan ko‘chmas mulk sotib olishga kredit ajratish imkoniga ega  bo‘ldi. Pochta banki, shuningdek, davlat pensiya hamda omonat jamg‘armalari tizimini ham amalga oshiradi – bunday imtiyozga boshqa hech bir bank ega emas.

Bank sohasidagi o‘ziga xos bu inqilobdan norozilar ham bor. Masalan, bir guruh  fransuz banklari voqealar rivoji noqonuniy raqobatni yuzaga keltirdi, deya Yevrokomissiyaga shikoyat yo‘llashdi.

Pochta markalari – Fransiya pochtasining o‘ziga xos tashrif qog‘ozidir desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Pochta do‘konlarida markalar savdosiga alohida e’tibor qaratiladi. Shu boisdan bo‘lsa kerak aksariyat fransuzlar marka yig‘ish bilan shug‘ullanishadi. Parijda muntazam ravishda Umumjahon filatelistlari ko‘rgazmasi  «Fileksfrans» o‘tkazib kelinmoqda. 1998 yili yevro qiymatida baholangan dastlabki markalar ham aynan Fransiya pochtasi tomonidan Yevropa hamjamiyatiga tortiq qilindi.

Fransiyada chiqadigan markalarning o‘ziga xosliklari ko‘p. Masalan, mijozning xohishiga ko‘ra, unga o‘zining surati tushirilgan markalar chiqarib beriladi. Bu xizmat juda ham ommalashgan, ayniqsa, katta-katta bayramlar arafasida bunday markalarning talabgorlari oshib ketadi.

Bugungi kunda Rossiya pochtasi quyidagi noan’anaviy xizmatlarni taqdim etadi:

Bosma nashrlarni tarqatish Rossiya pochtasining strukturasida eng yetakchi o‘rin egallaydigan biri bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda bu xizmat daromadlarning 11 % ni egallaydi – federal pochta aloqasi tashkiloti barcha daromadlarining strukturasida uchinchi o‘rinni egallaydi. Rossiya pochtasi mamlakatdagi bosma nashrlarni eng yirik tarqatuvchi hisoblanadi. Uning tarkibiy birliklarida 13 mingta gazeta, jurnallar va kitoblarga obuna rasmiylashtiriladi.

Yangi va noan’anaviy xizmatlarni rivojlantirishga e’tiborni qaratish keyingi qadam bo‘ldi. Federal pochta aloqasi tashkilotlari daromadlari strukturasining tubdan o‘zgartirilishi buning natijasi bo‘ldi. Agar 1993 yilda pensiya va nafaqalarni yetkazib berish eng strukturani tashkil etuvchi xizmat bo‘lib, noan’anaviy xizmatlar daromadlar strukturasida faqat 7 % ni egalagan bo‘lsa, hozirgi vaqtda noan’anaviy xizmat 30 %ni egallaydi.


  • Lotereyalarni sotish

  • Migratsion bildirishnomalarni qabul qilish

  • Chiptalar sotish

  • Ommaviy tadbirlarga chiptalarni sotish

  • Pochta orqali Kodak fotoxizmatlari

  • Asarlar to‘plamiga obuna bo‘lish. «Rossiya pochtasi» F , «Ogonyok» jurnali va «Terra» Kitob klubining qo‘shma loyihasi

  • Maxsus aksiyalar

  • Qorbobodan tabrik

  • Kiber Pochta

«KiberPochta» loyihasi rasmiy jihatdan 2001 yil 1 avgustdan boshlangan bo‘lib, Rossiyadagi axborot tengsizligini yengib o‘tishga qaratilgan. Loyihaning asosiy vazifasi – barcha regionlar va mamlakatning bacha chetdagi fuqarolariga shaxsiy kompyuterda ishlash ko‘nikmalarini va jamoa bo‘lib foydalanish punktlaridan foydalanib Internet umumjahon tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.

Internetdan jamoa bo‘lib foydalanish punkti (JFP) – bu Internet tarmog‘iga ulangan shaxsiy kompyuterlar bilan jihozlangan pochta aloqasi bo‘limlaridagi bir yoki bir necha ish joylari.

Bugungi kunda «KiberPochta» loyihasi doirasida butun Rossiya hududida 20 000 JFP faoliyat ko‘rsatadi. Har bir JFP uskunaning standart komplekti va standart dasturiy ta’minot bilan jihozlanadi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish