2.POCHTA SOHASIDA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLARINING RIVOJLANTIRISH KO‘RSATKICHLARI
2.1. Yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha xorij tajribasi.
Internet-reklama butun dunyo tarmog‘iga reklama qilinadigan ob’ekt ma’lumotlarini xar xil usullar orqali joylashtirilishi tushuniladi. Bunday ma’lumotlraning formati turli-xil – matnlar, grafika, multimedia fayllari va xokazolar. Natijada, tanlov reklama beruvchining imkoniyati va maqsadiga bog‘liq bo‘lgan katta vositalar to‘plami xosil bo‘ladi.
Mobil texnologiyalarning rivojlanishi va mavjud aloqa kanallarining tobora o‘sib borayotgani bilan jaxon miqyosidagi Internet tarmog‘idan foydalanuvchi odamlar soni kun sayin ortib bormoqda. Shu bilan birga odamlarning tarmoqda o‘tirish vaqtlari xam oshmoqda. Internetga kirishlar xar kun emas balki xar soatlik extiyojga aylanib bormoqda.
Internet-saytlarning yordamida savdo qilish, agar an’aviy usullarni siqib chiqarmasa, tolaqonli ularga raqobat qila oladi, qolaversa yangi imkoniyatlarni taklif etadi. Internet-reklamaning ko‘plab tarkibiy qismlari an’anaviy reklama kanallariga o‘xshash bo‘lishiga qaramasdan, avvalo butun dunyo bo‘ylab tarmoq operatsiyalari prinsipiga taalluqli bir qator xususiyatlar mavjud. Oddiy ommaviy axborot vositalaridan farqli o‘laroq, foydalanuvchi nafaqat axborotni passiv iste’molchi sifatida emas, balki ko‘plab jarayonlarda xam bevosita ishtirok etadi.
Internetda reklamaning asosiy jixatlari quyidagilardan iboratdir:
Reklama matbuotda, bilbordlarda yoki televizorda joylashtirilganida iste’molchi bilan o‘zaro munosabatlar bir tomonlama bo‘ladi. Internet-reklama esa potensial mijozni qandaydur jarayonga ishtirok etishini undaydi. Foydalanuvchi e’lon qilingan reklama materialiga javob berish imkoniyati mavjudligi. Bu tavsiya etilgan ssыlkaga o‘tish,baner ustiga bosish, ro‘yxatdan o‘tish yoki savolga javob berish kabilar. Ya’ni, Internet-reklama foydalanuvchilardan javobni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Internet auditoriyasining maydoni kengayib borishi;
Tarmoqning auditoriyasi doimo oshib boradi, va bu jarayon sekinlashishiga xech qanday to‘siq yo‘q.
Tovar yoki xizmatni faqat maqsadli auditoriya uchun tanitish qobiliyati;
Reklama tizimlarini taxlil qilish vositasi ma’lum bir maxsulotga qiziqish bildirishlari mumkin bo‘lgan foydalanuvchilarning ko‘p sonini ajratishga imkon beradi. Bunday jarayon targeting degan nom olgan.
Barcha reklama ko‘rsatkichlarning aniq o‘lcha olish qobiliyati;
Internetda foydalanuvchining deyarli xar bir xarakati saqlanganligi tufayli, butun reklama kompaniyasining samaradorligini, shuningdek, uning xar bir elementini aloxida kuzatib borish mumkin. Jarayonning juda tez bo‘lishi xam muxim axamiyatga ega. O‘z navbatida bu tez va o‘z vaqtida tq’sir o‘tkazishini anglatadi. Reklama qiluvchi istalgan natijaga olib kelmaydigan usullardan voz kechish va samarali reklama turlariga investitsiyalarini yanada oshirishi mumkin.
vaqti va namoyishlar soni chegaralanmaganligi;
xoxlagan badiiy va audiovizual elementlaridan foydalanish mumkinligi;
bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi bozorga chiqish.
Internet-reklamalarni yo‘lga qo‘yish nisbatan ko‘p va murakkab bosqichli jarayon bo‘lib, buning uchun reklama beruvchi eng birinchi navbatda, o‘z veb-sahifasini ishga tushirishi, keyin reklamani tayyorlashi va qaysi veb-sahifalarga joylashtirishini belgilashda quyidagilarga ahamiyat berishi lozim:
Veb-sahifaning ommabopligi;
Reklama bannerining dizayni;
Narxlash modellari.
Reklama bannerining o‘lchamlari va joylashgan o‘rni;
1. Veb-sahifaning ommabopligi. Reklama beruvchi mavjud mahalliy va horijiy veb-sahifalar, ularga murojaat etuvchilar soni, qaysi yosh va qiziqishdagi foydalanuvchilarga mo‘ljallanganligi haqidagi batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
Hozirgi kunda dunyoda deyarli barcha turdagi firma va kompaniyalar o‘z veb-sahifalariga ega bo‘lishga intiladilar. Mahalliy korxona va tashqilotlar ham bu jarayondan chetda turmayaptilar. Masalan, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2012-yil may oyi natijalariga ko‘ra, bugungi kunga kelib, .uz zonasida ro‘yhatga olingan domenlar soni 14,5 mingga yaqin. Barcha milliy saytlarga murojaatlar natijalarini www.uz sahifalacidan olish mumkin. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra tashrif buyuruvchilarning soniga ko‘ra bu ro‘yhatda quyidagi veb-sahifalar yetakchilik qilmoqdalar.3.2-jadval www.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatlar soni bo‘yicha veb-sahifalar reytingi.
www.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra, murojaatlar soni bo‘yicha veb-sahifalar reytingi (2018 yil 31 may kuni uchun – 1kunlik xisobot).
Do'stlaringiz bilan baham: |