Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri


Pochta aloqasi sohasiga yangi xizmatlarni joriy etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar



Download 2,11 Mb.
bet9/24
Sana01.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#294800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Camar diplom lotincha

2.2. Pochta aloqasi sohasiga yangi xizmatlarni joriy etishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Bugun barchamiz mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mubolag‘asiz aytish mumkinki, pochta aloqasi sohasini ham chetlab o‘tmadi.

Tarixga nazar solsak, kishilik hayotining barcha davrlarida, insonlar hayotida pochta aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu o‘rinda aytish joizki, bugungi kunda ayrim insonlar qarashlarida uning hozirda mavqei, ahamiyati kamaygan bo‘lib hisoblansada, jahon amaliyoti bunday qarashlarning aksini, ya’ni pochta aloqasi sohasining hozirgi davrdagi o‘rni, roli yanada ortganligi, zamonaviylashganligi, yangi xizmat turlari bilan boyitilganligi, axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalariga asoslangan holda rivojlanayotganligini ko‘rsatmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, barcha ijtimoiy qatlamlariga pochta xizmatlarining keng tarqalganligi, qamrovliligi hamda uning xizmatlaridan respublikaning barcha aholisi foydalanishi mumkin bo‘lganligi sababli, O‘zbekiston pochta xizmati faoliyati jamiyatimizda katta ijtimoiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi, Respublika pochta aloqasi xizmati ham mamlakatning barcha burchaklarida pochta aloqasi va unga tegishli xizmatlarni ko‘rsatadigan, yaxshi tashkil etilgan pochta aloqasi tarmog‘ining afzalliklariga ega. O‘zbekiston milliy pochta operatorini rivojlantirishning strategik maqsadi korxonani jahon sifat standartlarini amalga oshiruvchi yuqori samarali va raqobatbardosh kompaniyaga aylantirish hisoblanadi. Bu maqsadga erishish ko‘p jihatdan yangi, zamonaviy usullardan foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasini kengaytirish hamda raqamlashtirishni faollashtirishga bog‘liq.

Oxirgi yillarda respublikamiz pochta aloqasi xizmati milliy operatori hisoblangan «O‘zbekiston pochtasi» AJning faoliyatida uning asosiy ko‘rsatkichlarining keskin yomonlashuvi, islohotlarning olib borilishi va raqamlashtirishga o‘tishning sustligi, soha rivojlanishda dunyo mamlakatlaridan ortda qolayotganligi, pochta aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishining past darajada ekanligi, respublika va soha rahbariyati, mutaxassislarning tashvishiga sabab bo‘ldi.

2020 yil 5 oktabr kuni Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida milliy pochta tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda muhim masalalarning ko‘tarilganligi va 2020 yil 14 dekabrda “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4921-son qarori, mamlakatimiz taraqqiyotga, rivojlanish sari intilishida muhim bir voqealardan bo‘ldi, qolaversa, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish yo‘lida muhim burilish nuqtasini yasadi va yillar davomida e’tibordan chetda qolib kelayotgan, anchadan buyon o‘z yechimini topilishini kutayotgan ushbu dolzarb bo‘lib turgan, ijtimoiy ahamiyatga ega mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim sohasini jonlantirib yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020 yil 5 oktabr kuni milliy pochta tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, aynan shu masalada, ya’ni, pochta jo‘natmalarini yakuniy manzilga yetkazib berish yo‘lga qo‘yilishi haqida so‘z yuritdi. «O‘zbekiston pochtasi» AJ tizimida mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab olgan 2 mingdan ziyod bo‘linma, 7 ming nafar xodim bor. Lekin yillar davomida e’tibor berilmagani oqibatida pochta xizmatining o‘rni pasayib ketdi.  Xususan, so‘nggi o‘n besh yilda 1 ming 300ta pochta bo‘linmasi yopilgan. O‘tgan yili xorijdan kelgan 6 ming tonna jo‘natmalarning atigi 10 foizi, kurerlik xizmatlarining 30 foizi milliy pochta hissasiga to‘g‘ri kelgan», deyildi prezident matbuot xizmati xabarida. Muhtaram prezidentimizning aytib o‘tgan fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan “O‘zbekiston pochtasi” AJning o‘n to‘qqiz yillik ma’lumotlari asosida tuzilgan quyidagi rasmlarda ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

1-rasm. 2000 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davr uchun pochta xizmatini ko‘rsatish uchastkalari va pochtalonlar sonining o‘zgarish dinamikasi

Yuqorida, ya’ni tadqiqot natijalari asosida yaratilgan  1-rasmda o‘n to‘qqiz yil mobaynida pochta xizmatini ko‘rsatish uchastkalari va pochtalonlar sonining o‘zgarish dinamikasi ko‘rsatib o‘tilgan.

2-rasm. 2000 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davr uchun jo‘natilgan posilkalar va telegrammalar sonining o‘zgarish dinamikasi

Tadqiqotlar natijasida aniqlangan va keltirib o‘tilgan ushbu 2- rasmda esa 2000 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davr uchun jo‘natilgan posilkalar va telegrammalar sonining o‘zgarish dinamikasini ko‘rish mumkin.



3-rasm. 2000 – 2019 yillarda pul o‘tkazmalari va pensiya to‘lovlarining o‘zgarish dinamikasi

3-rasmda 2000-2019 yillarda pul o‘tkazmalari va pensiya to‘lovlarining dinamikada o‘zgarishini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. 4-rasm. 2000 — 2019 yillarda jo‘natilgan xatlar, kaptochkalar, bandepollar, gazeta va jupnallarning o‘zgarish dinamikasi

Ushbu diagrammada 2000 — 2019 yillarda jo‘natilgan xatlar, kaptochkalar, bandepollar, gazeta va jupnallarning pasayish tendensiyasini ko‘rish mumkin.



5-rasm. Xizmatlarni ko‘rsatishdan aloqa kompaniyalari daromadlari tarkibidagi o‘zgarishlar dinamikasi

Yuqorida berilgan xizmatlarni ko‘rsatishdan aloqa kompaniyalari daromadlari tarkibida ham pochta aloqasining daromadlari o‘n to‘qqiz yil mobaynida pasayganligini ko‘rib turibmiz.

6-rasm. Aholiga xizmat ko‘rsatishdan aloqa kompaniyalari daromadlari tarkibining o‘zgarishlari dinamikasi

Ushbu majlisda ta’kidlanishicha, joylardagi ahvol o‘rganilib, Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari ishtirokida pochta tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlandi. Davlat rahbari sohani rivojlantirish uchun pochta tizimini daromad keltiradigan sohaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Xususiy operatorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish orqali pochta bo‘limlari daromadini oshirish mumkinligi haqida aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, yurtboshimiz elektron savdoni rivojlantirish, yil yakunigacha milliy onlayn savdo maydonchasini joriy etish, yurtimizga kirib kelgan xalqaro tashuvchi kompaniyalarning hududlarda filiallari mavjud emasligini hisobga olgan holda, ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, pochta jo‘natmalari va mahsulotlarni yakuniy manzilga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, 2021 yilda Toshkent shahrida logistika markazini tashkil etish, jo‘natmalarni qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan axborot tizimini ishga tushirish, davlat xizmatlarini pochta bo‘limlarida ham yo‘lga qo‘yish, bir qator tumanlardagi pochta bo‘linmalarida naqd pul inkassatsiyasi, plastik karta amaliyoti kabi bank xizmatlarini joriy etish, matbuot tarqatish tizimini rivojlantirish, davriy nashrlarga onlayn obuna xizmatini yo‘lga qo‘yish, yangi pochta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish uchun xodimlarni qayta tayyorlash, pochta binosini davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlar bilan birga ishlatish masalalari muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.

2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4921-son qarorida esa, Milliy operator tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yetarlicha choralar ko‘rilmaganligi oqibatida, Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida O‘zbekiston 93-o‘rinda qolayotganligi, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadi belgilandi va pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Bularga, birinchidan, a) xat-xabar tashish va kurerlik xizmatlarini; b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni; v) xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini   rivojlantirish bo‘yicha vazifalar; ikkinchidan, 2021 — 2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»; 2021 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi sohasini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilab berildi; uchinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2021 yilda 42 ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish loyihalarini ko‘zda tutuvchi «yo‘l xarita»larni amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi.

Ushbu qarorda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda milliy operatorga ham bir qator vazifalar belgilab berildi:



  • onlayn savdo maydonchasini ishga tushirib, mahsulotlarni respublika bo‘yicha, ayniqsa, olis va chekka hududlarda savdoga olib chiqish, Milliy operator tarmoqlaridan foydalanib, sotilgan mahsulotlarni manzillarga yetkazib berish tizimini joriy etish;

  • pochta aloqasining an’anaviy va joriy etilayotgan yangi xizmatlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv markazini tashkil etish hamda 2021 yil yakuniga qadar 2 000 ta, 2022 yilda barcha xodimlarning malakasi oshirilishini ta’minlash; v)

  • Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida bittadan pochta aloqasi ob’ektida mijozlar nomiga kelgan pochta jo‘natmalarini olish uchun mo‘ljallangan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan komplekslarni (pochtamat) joriy etish bo‘yicha sinov/namunaviy loyihalarni amalga oshirish va 2021 yil yakuniga qadar yana 150 ta ob’ektda ushbu xizmatni joriy etish choralarini ko‘rish;

  • pochta jo‘natmalarini qabul qilish, saralash va onlayn kuzatish imkonini beruvchi avtomatlashgan tizimni ishga tushirish hamda mahalliy va xorijiy kurerlik kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda ularning tizimlariga integratsiya qilish;

  • tijorat banklari bilan birgalikda bank plastik kartalariga pochta aloqasi bo‘limlari orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish (kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish, jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish) tizimini joriy etish;

  • pochta tarmoqlari orqali autsorsing asosida tijorat banklari nomidan jismoniy shaxslarga kredit berish to‘g‘risida arizalarni qabul qilish, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish, yuridik shaxslar kunlik savdo tushumini qabul qilish kabi bank xizmatlari ko‘rsatishni joriy qilishni ta’minlash;

  • internet-do‘konlari tovarlarini saqlash va yetkazib berish xizmatlarini o‘z ichiga olgan 4 ta logistika markazini tashkil etish.

Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, tijorat banklarining «O‘zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyatining 100 mlrd so‘m miqdordagi oddiy aksiyalarini qo‘shimcha chiqarish, korxona va tashkilotlar orasida joylashtirish, 2020 — 2024 yillar yakuniga ko‘ra Milliy operator ustav kapitalidagi davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlar pochta aloqasi tarmog‘ini rivojlantirish, axborot tizimlarini joriy etish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish uchun ustav kapitalini oshirish (kapitalizatsiya qilish) sharti bilan Milliy operator ixtiyorida qoldirish kabi uning moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan vazifalar belgilab berildi.

Ushbu qarorning yana bir muhim qismlaridan biri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Milliy operator Adliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 apreldan boshlab olis va chekka hududlarda joylashgan pochta aloqasi ob’ektlarida kamida 13 ta turdagi davlat xizmati autsorsing asosida tashkil etilishini ta’minlash bo‘lib, bunday xizmat turlariga quyidagilarni kiritish mumkin bo‘ladi:

— STIR aniqlash;

— Yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

— Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish;

— Fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish;

— Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish;

— Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish;

— Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish;

— Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;

— Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish;

— Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish;

— Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish;

— O‘lim ro‘yxatga olinganligi haqida ma’lumotnomani olish;

— Pensiya (nafaqa) haqida ma’lumot;

— Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;

— Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish.

Albatta, mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning tartibini o‘rnatish, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar ham kiritib borishi ham belgilab berilgan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, 2020 yil 14 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan va imzolangan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4921-son qarori bozor iqtisodiyoti sharoitida raqabatbardoshlikka intilayotgan “O‘zbekiston pochtasi” AJ, hozirgi kunda pochta xizmatlarini ko‘rsatayotgan ko‘plab mahalliy pochta kurerlik kompaniyalari, yurtimizda ushbu faoliyatni yuritayotgan xorijiy kompaniyalar  uchun anchadan buyon intiqib kutilayotgan qaror bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ushbu qaror bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish barcha soha mutaxassislari, xodimlari, mutasaddi korxona va tashkilotlar, oldida turgan muhim va dolzarb, kechiktib bo‘lmaydigan masalalardan hisoblanadi, chunki, yurtimizda pochta xizmatlaridan foydalanish aholimiz kundalik hayotining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.

Bozor munosobatlariga o‘tish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiya etish, halqaro aloqalarni intensiv rivojlanishi pochta aloqasi sohasini samarali faoliyat yuritish hamda rivojlanish yo‘nalishlarini o‘zgartirishni talab etmoqda. Zamonaviy pochta aloqasi sohasi bu ma’lumot uzatish ko‘rinishlari orasidagi eng samarali faoliyat turlaridan biri hisoblanadi va bu soha doimiy ravishda rivojlanish, xizmatlar samaradorligini oshirish

“Bozor munosobatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashish muhitini shakllantirishning huquqiy, tashkiliy shart -sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat”. Bugungi kunda pochta aloqasi sohasini samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadidi ikkita qonun, bitta Davlat dasturi, bitta konsepsiya hamda 10ga yaqin nizom va qoidalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu huquqiy, me’yoriy asoslar pochta aloqasi sohasini samarali faoliyat yuritishi hamda rivojlanishini, shuningdek, xizmatlar bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish negizini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Pochta aloqasi to‘g‘risida” gi qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasida pochta aloqasi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi va maxsus pochta aloqasiga ajratiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi bevosita yagona faoliyat tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatuvchi operatorlar va provayderlar orqali amalga oshiriladi.

Maxsus pochta aloqasi quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.



  • Pochta aloqasi sohasida vakolatli maxsus organ;

  • Davlat feld’eger aloqasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining feld’eger-pochta aloqasi.

O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi – pochta aloqasi ob’ektlari, pochta aloqasi bog‘lamalari, aloqa bo‘limlari va pochta yo‘nalishlarining pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlab chiqish va yetkazishga mo‘ljallangan keng quloch yozgan tarmoqdir. .

Jahonda axborotlashgan jamiyat shakllanayotgan sharoitda pochta aloqasi xizmatlari kursatishda axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan xizmat turi keng joriy etilmoqda.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach pochta aloqasining rivojlanishi yangi impulsga ega bo‘ldi. O‘zbekiston respublikasi jahon hamjamiyatiga tobora dadil kirib borayotgan bugunki kunda pochta xizmatining kelgusidagi rivojlanishiga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Pochta aloqasi xodimlari aholi, muassasa va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishni oshirish ustida tinmay ishlamoqdalar, mehnat, texnika va texnologiyalarning yangi usullarini o‘rganib ish jarayoniga tatbiq etmoqdalar.

Pochta aloqasi muassasalari – umumdavlat aloqa tarmog‘i tizimidagi mustaqil xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish birligi bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish ishlab chiqarish jarayonini va faoliyatini tashkil etadi.

Davlatimiz rahbari I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida amalga oshirilayotgan islohatlar zamirida bozor munosobatlarini takomillashtirish hamda davlat tomonidan iqtisodiyotning turli sohalarini qo‘llab quvvatlash imkoniyati yaratilmoqda.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti har bir korxona oldiga raqobatbardosh tovarlar va xizmatlar kursatishni, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda raqobat bozorida o‘z segmentiga ega bo‘lishni talab etadi.

Bu talabdan kelib chiqqan holda har bir korxona o‘zining moliyaviy barqarorligini oshirishi hamda bozor kon’yukturasidagi uzgarishlarga o‘z vaqtida javob bera olish zaruriyati tug‘iladi.

Turli yozma va bosma ma’lumotlar, axborotlar va xabarlar, davriy nashrlar, moddiy, pullik va madaniy boyliklarni jo‘natish va topshirish vazifasi bo‘yicha cheklanmagan oddiy qulay va salmoqli aloqa imkoniyatini beradi va bu pochta jo‘natmalari deb ataladi.

Ichki va tashqi (xalqaro) pochta jo‘natmalari jarayoni – pochta jo‘natmalarini qabul qilish, qayta ishlash va topshirish uchun mehnat vositalari va uskunalari bilan jihozlangan ko‘p tarmoqli aloqa korxonalari harakati asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumki, aholidan, korxonadan, idoralardan, tashkilotlardan qabul qilingan pochta jo‘natmalarini qayta ishlangan, yetkazib berilgan, shu bilan birga qisqa muddatda ko‘rsatilgan manzilga to‘liq saqlagan holda topshirilishi kerak. Shu qatorda pochta aloqasi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra qo‘lyozma maxfiyligini ta’minlashga majbur undan tashqari aholiga, idora va korxonalarga sifatli xizmat ko‘rsatishi lozim.

O‘zbekiston pochta aloqasi davlat siyosati e’tibori darajasiga ko‘tarildi. Shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish, texnika taraqqiyoti va rivojlantirish pochta xizmatiga bo‘lgan talabni kengaytirishga olib keldi va aholining shaxsiy ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish ahamiyati oshdi. Pochta aloqasi O‘zbekiston alohida tumanlararo va xalqaro o‘zaro aloqalar orasida, xo‘jalik va iqtisodiy o‘sishda, tovar aylanmasi, sanoatning kelajakda rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda “O‘zbekiston pochtasi” AJ universal pochta xizmatlari bozorida monopolist hisoblansada, qo‘shimcha xizmat turlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, kuchli raqobatga duch kelamiz, jumladan kurerlik xizmatlari bo‘yicha 25 dan ortiq kurerlik tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, pul jo‘natmalari bo‘yicha esa 28dan ortiq banklar, kommunal to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi 15 dan ortiq tashkilotlar faoliyat olib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida pochta aloqasi sohasida raqobat muhitini shakllanganligidan dalolat beradi. Demakki, pochta aloqasi sohasida xizmat ko‘rsatishni modernizatsiyalash, xizmat turlarini diversifikatsiyalash, ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish soha oldidagi dolzarb hamda kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.

Pochta aloqasi yordamida aholi orasida milliardlab gazeta, jurnal, broshyura, plakat va boshqa turli nashrlar tarqatiladi. Pochta aloqasi ishining zamonaviy shartlarida nashrlarning xarakati muhim siyosiy ahamiyatga ham ega.

Aloqa bo‘limlari orqali aholi va xalq xo‘jaligi tarmoqlariga pochta va qo‘shimcha xizmatlar – xat-xabarlar yetkazish, pul-posilka jo‘natmalari, davriy nashrlarga obuna qilish va tarqatish, pensiya pullari tarqatish va aholidan kommunal to‘lovlar yig‘ish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Agar yil davomida 7 milliard so‘mlik kommunal to‘lovlari yig‘ilgani e’tiborga olinsa, pochta xizmati naqadar katta hajmda moliyaviy ishlarni amalga oshirayotganining guvohi bo‘linadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pochta aloqasi bo‘limlarining 77 %i qishloq joylarda joylashgan. Demakki pochta aloqasi sohasidagi islohotlarning asosiy qismi bevosita qishloq joylarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda “Biz qishloqda nafaqat obod aholi maskanlari va zamonaviy uylarga, balki ravon yo‘llar, uzluksiz energiya ta’minoti, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimiga, rivojlangan ijtimoiy ob’ektlar tarmog‘iga- bu qishloq vrachlik punktlari, maktablar bo‘ladimi, bolalar sporti inshootlari, telekommunikatsiya va pochta aloqasi bo‘ladimi, xizmat ko‘rsatish, savdo shahobchalari bo‘ladimi-ana shunday va boshqa tuzilmalarga ega bo‘lishimiz kerak” va bu jarayonni 2009 yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yilida amalga oshirilgan ishlar natijasida ko‘rishimiz mumkin, jumladan 2010 yilda kommunal to‘lovlarni elektron tizimi bo‘yicha qabul qiluvchi punktlar soni 3000 dan ortiqni tashkil etgan. Bu esa pochta aloqasi sohasining kommunal to‘lovlar bo‘yicha daromadlarining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu raqamlar ham pochta aloqasi sohasida bozor munosobatlari hamda raqobat muhiti shakllanganligidan dalolat beradi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishlar mobaynida pochta aloqasi xizmatlari samaradorligiga ta’sir kursatuvchi omillari aniqlandi va asosiy guruhlarga ajratildi. Pochta aloqasi xizmatlari samaradorligiga ta’sir kursatuvchi omillari ikkita asosiy guruhga taqsimlangan holda o‘rganildi. Bu omillar ichki va tashqi omillar bo‘lib, fikrimizcha, pochta aloqasi xizmatlari samaradorligini oshirishda keltirilgan omillarning ta’siri yuqori bo‘ladi. Pochta aloqasi sohasiga yangi xizmat turlarini joriy etishga ta’sir kursatuvchi omillarini sinflanishi 2.2.1-rasmda keltirilgan.






Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish