Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri


Pochta sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etishni va boshqarish



Download 2,11 Mb.
bet5/24
Sana01.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#294800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Camar diplom lotincha

1.2. Pochta sohasida xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etishni va boshqarish
Pochta aloqasi ob’ektlari, pochta aloqasi tizimining muhim bo‘g‘inini tashkil etadi. Ular pochta aloqasi vositalari orqali aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, davlat boshqaruvi organlariga xizmat ko‘rsatadilar. Pochta aloqasining sifati va uzluksizliligi hal qiluvchi darajada pochta aloqasi ob’ektlari tarmog‘ining rivojlanish darajasiga, ular ishlashining aniqligiga bog‘liq.

Respublikaning pochta korxonalari 12 mingga yaqin nafar xodim, shu jumladan 5 ming nafar pochtalon bo‘lib xizmat qiladi.

Pochta aloqasi ob’ektlari – operatorlarning alohida bo‘linmalari – pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamlari va punktlari, shuningdek temir yo‘l stansiyalari va aeroportlar koshidagi almashuv punktlari.

Regional (viloyat) pochta aloqasi tashkilotlari – biriktirilgan hududda faoliyatning asosiy turi sifatida pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi pochtamtlar, pochta aloqasi bog‘lamalari, bo‘limlarining ishlab chiqarish faoliyatini boshqaruvchi tarkibiy bo‘linmalar.

Pochta aloqasi bog‘lamalari - pochta marshrutlarining kesishgan yoki tutashgan punktida joylashgan, pochta jo‘natmalari, pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), ularga biriktirilgan hududda pochta ishlov berish va almashuv bo‘yicha uzaro bog‘langan funksiyalarning bajarilishini ta’minlovchi pochta aloqasi ob’ektlari.

Pochtamt – shaharning biriktirilgan hududida pochta aloqasini tashkil etuvchi, pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarining jo‘natilishi va yetkazib berilishi (topshirilishini) ta’minlovchi pochta aloqasi ob’ekti.

Pochta aloqasi bo‘limi – foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini, boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, bir qator hollarda esa, pochtaga ishlov berish va almashuvni amalga oshiruvchi pochta aloqasi ob’ekti.

Pochtani tashish deganda, davriy nashrlar, joylangan qoplar va dastalarni, xat-xabarlar solingan koplarni, sug‘urtali qoplarni, posilkalarni tashish ko‘zda tutiladi.

Pochta funksiyalarni amalga oshiruvchi pochta aloqasi tarmog‘ining strukturasida aloqa bo‘limlarini eng ko‘p solishtirma og‘irligi - 95% ortiq.

Pochtamtlar yirik pochta korxonalaridan iborat, ulardagi pochta aloqasi mahsulotining xajmi eng ko‘p solishtirma og‘irlikni (75%gacha) egallaydi. Pochtamtlar viloyat markazlarida tashkil etiladi, viloyat buysinuvidagi shaharlarda pochta aloqasining - shahar bog‘lamalari, tuman markazlarida - pochta aloqasining tuman bog‘lamalari. Aloqa bo‘limlari shahar va qishloq joylarida tashkil etiladi. Xizmat ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha ular quyidagi tiplarga bo‘linadi:



  • umumiy foydalanishdagi, ya’ni barcha iste’molchilar: aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatish uchun ochiq bo‘lgan;

  • mavsumiy, ma’lum davrga va dam olish joylariga xizmat kursatish uchun ochiladigan;

  • ko‘chma jadvalga ko‘ra muayyan marshrutlar bo‘yicha qatnovchi mashinalarga jihozlangan ko‘chma pochta aloqasi bo‘linmalari asosan, statsionar aloqa bo‘limlari bo‘lmagan aholi punktlarining qishloqsiga xizmat ko‘rsatadi.

Almashuv puntlari pochtaga ishlov berish va uni tashish bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan pochta aloqasi ob’ektlari hisoblanadi.

Pochta aloqasi ob’ektiga uning nomi, pochta indeksi va ish rejimi ko‘rsatilgan peshtaxta hamda pochta qutisi bo‘lishi kerak. Pochta aloqasi ob’ektlari ichida foydalanuvchilar uchun eng ko‘rinadigan va qulay joyda quyidagilar bo‘lishi kerak:



  • oddiy pochta varaqachalari hamda pochta konvertlari oddiy xatlarni jo‘natish uchun mo‘ljallangan pochta qutilari (shaharlar va tuman markazlarida joylashgan pochta aloqasi ob’ektlarida);

  • kerakli axborot materiallari, xususan: ushbu pochta aloqasi ob’ektining pochta indeksi to‘g‘risida;

  • ko‘rsatilgan xizmatlar ro‘yhati to‘g‘risida;

  • pul mablag‘larini pochta o‘tkazmalarini manzillash va jo‘natilishini to‘lash tartibi to‘g‘risida;

  • pochta jo‘natmalarini manzillash, o‘rovlash va to‘lash, ularning o‘lchamlari va chegaraviy og‘irligi to‘g‘risida;

  • blanklarni to‘ldirish namunalari;

  • pochta aloqasi xizmatlari uchun tariflar to‘g‘risida;

  • jo‘natilishi taqiqlangan predmetlar va moddalar to‘g‘risida;

  • yozma xat xabarlarni o‘tkazib berish normativlari va muddatlari;

  • pochta jo‘natmalari va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini saqlash muddatlari to‘g‘risida;

  • narxni ko‘rsatgan holda pochta tovarlarining namunalari.narxni ko‘rsatgan holda pochta jo‘natmalarini o‘rovlash uchun tara (idish) namunalari;

  • gazetalar, jurnallarning sotilishi to‘g‘risidagi e’lonlar (mavjud bo‘lganda);

  • pochta aloqasi va ist’emolchilar huquqlarini muhofaza qilishga vakolatiga ega tegishli idoralarning nomi, manzili va telefon raqamlari to‘g‘risida;

  • xizmatlar sertifikatlanishi kerak bulsa, sertifikat raqami va amal qilish muddati;

  • ko‘rsatilgan pochta aloqasi xizmatlari bilan tanishish imkoniyatiga;

  • pochta aloqasi operatorlari, provayderlarning foydalanuvchilar oldidagi javobgarligi to‘g‘risida;

  • foydalanuvchilar javobgarligi to‘g‘risida pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari, ichki yozma xat-xabarlar o‘tishining nazorat muddatlari to‘g‘risida pochta aloqasi milliy operatori ob’ektlarning pochta indekslari to‘g‘risidagi axborot pochta axborot pochta aloqasi ob’ektlarida bo‘lishi va foydalanuvchilarning iltimosi bilan tanishishi uchun berilishi kerak.

Pochta aloqasi ob’ektlarining ish rejimi hududiy pochta aloqasi tashkiloti yoki pochta aloqasi ob’ekti ( pochta aloqasi bog‘lanmasi, pochtamt) ning rahbari tomonidan tasdiqlanadi va pochta aloqasi texnologiyalarini hisobga olgan holda foydalanuvchilar uchun bo‘lishi kerak.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish