muhabbat bilan boshlayman.
Meni odamlar qanday nazar bilan ko'radilar? Hamma menga
uchragan insonlarga men seni sevaman deb ichimda aytaman. Bu
aytilmagan so'zlarim mening ko'zimda charaqlaydi. Yuzimda
tabassumga aylanadi.
Ovozimda aks sado beradi va o'sha odamlarning yuragida olov
yoqadi. Bu olov yonganda u mening muhabbatimni sezadi va men
taklif qilgan narsadan voz kechmaydi.
Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan
muhabbat bilan boshlayman.
Lekin hammadan ko'p men o'zimni sevishim kerak. Chunki
men ishim davomida yuragimga, ruhimga aqlimga va jismimga
kirayotgan barcha narsani sinchiklab tekshiraman. Men aqlimni
nazorat ostiga olaman va uni zulmga yoki bafarqlikka yuz tutishga
qo'ymayman, aksincha uni bilim bilan va donolik bilan
boyitaman.
Ruximni beparvo va tarallabedod bo'lishiga yo'l qo'ymayman,
aksincha uni fikrlash qobiliyatim va e'tiqodim bilan o'stiraman.
Yuragim esa g'am g'ussadan zaharlangan bo'lmaydi. Aksincha
odamlarga mehr berish uchun u doimo ochiq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |