Men bugungi kunni yuragimda hammaga nisbatan
muhabbat bilan boshlayman.
Men o'zgalar bilan qanday gaplashaman? Men dushmanlarimni
maqtayman va ular mening do'stimga aylanadilar. Men
do'stlarimni qo'llab quvvatlayman va ular mening
qarindoshlarimga aylanadilar. Men hammani maqtash uchun
sabab topaman, lekin g'iybatga mening hayotimda o'rin yo'q.
Birovni ayblamoqchi bo'lsam, tilimni tishlayman. Maqtamoqchi
bo'lsam, tomga chiqib jar solishga ham roziman. Qushlar,
shamol, dengiz va butun dunyo yaratganga hamdu sano
aytmaydimi? Men esa yaratganning bandalariga shu qo'shiq bilan
murojat qila olmaymanmi? Bundan buyon men bu sirni
unutmayman va bu mening hayotimni o'zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |