Buni qanday bajarish mumkin? Endi men hamma narsaga
muhabbat bilan qarayman va bu mening yangi tug'ilishim bo'ladi.
Men quyoshni sevaman, u mening tanamni qizdiradi; men
yomg'irni ham sevaman. U mening ruhimni tozalaydi. Men
yorug'likni sevaman, u menga yo'l ko'rsatadi; Men tunni ham
sevaman, chunki u menga yulduzlarni taqdim etadi; quvonch
bilan baxtni qarshi olaman, u meni sahiy qiladi. G'amni ham
43
chidam bilan qabul qilaman, chunki u qalbimni ochiq qiladi. Men
mukofotlarni oddiy hol deb qabul qilaman, to'siqlarni
rivojlanishning yana bir sababi deb xisoblayman.