TO’QQIZINCHI QISM
Ikkinchi o’rama
Men bugungi kunni hammaga nisbatan muhabbat
bilan boshlayman.
Chunki bu omadning eng asosiy siri. Mushaklar kuchi bilan
to'siqlarni sindirish mumkin. Faqat muhabbatning ko'zga
ko'rinmas kuchlari bilan yuraklarga yo'l topish mumkin. Toki
men mana shu san'atni o'rganmasam, bozordagi yuk tashuvchilik
mening qismatim. Muhabbat mening qurolim bo'ladi va men
kimga murojat qilmasam, hech kim mening muhabbatim kuchini
yenga olmaydi. Mening so'zlarimga ishonmaslik mumkin,
ishlarimni inkor qilish mumkin, yuzimga qaramaslik mumkin
ammo mening muhabbatim quyoshga o'xshab yuraklarning
muzini eritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |