YETTINCHI QISM
Xafid Damashqqa sharq darvozasidan kirib bordi. U eshagining
ustida ''To'g'ri" deb nomlangan ko'cha uzra borarkan, yuragi
qo'rquv iskanjasida edi. Bozordagi baqir-chaqir bu qo'rquvni
battar kuchaytirardi. Patrosning katta karvonlari bilan kirib
kelishi boshqa-yu, yolg'iz va homiysiz kirib kelish boshqa ekan.
Uning yo'lidan chiqqan hamma sotuvchilar o'z mollarini unga
yalingansimon taklif qilishar edi. Xafid katta ko'chadan o'tib
karvonsaroyni so'radi. "Moscha" deb nomlangan xovlidan xona
topdi. Unga ajratilgan xona ozoda edi, u darxol bir oy oldindan
xonaning pulini to'ladi. Va bu ishi bilan mexmonxona xo'jayini
Antoniyoning e'tiborini qozondi. Eshagini uyning orqa tomoniga
bog'lab, o'zi Baradaning suvlarida cho'mildi va xonasiga qaytdi.
Sandiqchani to'shagining yoniga qo'ydi va tasmlarini yechdi.
Xafid sandiqning qopqog'ini ochganda uning ko'z oldida
o'ramalar namoyon bo'ldi. U teriga qo'lini uzatdi va uni silab
ko'rdi. Teri xuddi tirikday edi. Xafid qo'lini tezgina tortib oldi va
o'rnidan turdi. Panjara o'rnatilgan derazadan bozorning shovqin
suroni eshitilar edi. Bozorga ko'zi tushgan zahoti uni yanada
qo'rquv va shubhalar chulg'ay boshladi, ishonchidan darak ham
qolmadi. Ko'zlarini yumib devorga yuzini tiradi va qichqirdi "Bu
naqadar axmoqlik, menday bir molboqar buyuk savdogar
bo'lishni orzu qilgani, axir men ko'chadagi do'konchalar yonidan
36
o'tishgayam qo'rqaman-ku. Bugun men yuzlab sotuvchilarni
ko'rdim, ular mendan ancha tajribali. Ularning hammasi
qo'rqmas, matonatli, savdo changalzorida yengib chiqishni ixtiyor
qilganlar. Ularday bo'lish va ulardan o'tishni xohlash bu axmoqlik
va manmanlik belgisi. Patros, o mening Patrosim men yana
sening orzularingni chippakka chiqardim".
Uzoq o'ylardan charchagan Xafid anchagacha noxush
hayollardan qiynalib yotdi va axiyri uyquga ketdi. Xafid ertalab
qushchalarni chirillashidan uyg'ondi. U to'shakda o'tirib sandiqni
qopqog'iga o'rnashgan chittakka umidsiz tikildi. Keyin derazaning
oldiga keldi va daraxtlarga o'tirib chug'urlayotgan minglab
chittaklarga qaradi. Ba'zi bir qushlar deraza raxida o'tirishar,
lekin Xafid harakat qilsa o'sha zahoti uchib ketishardi. Yigit
orqasiga o'girilib, yana kichkina mehmoniga ko'z tikdi. Qushcha
ham boshini ko'targancha mezbonga qarab turardi. Xafid
astagina sandiqqa yaqinlashdi va qo'lini uzatdi, chittak darxol
uning kaftiga qo'ndi.
- Sening hamma qo'rqoq birodarlaring tashqarida qolishdi. Sen
esa hech hayiqmay ichkariga kirding.
Chittak Xafidning qo'lini cho'qidi, yigit uni stolning ustiga
qo'ydi. Xurjunda non va pishloq bor edi, u ikkalasidan ham
maydalab kichkintoy do'stining oldiga qo'ydi. Qushcha tamaddi
qilayotgan vaqtda Xafid yana derazaga yaqin keldi va panjarani
paypaslab ko'rdi. Panjaraning teshiklari haddan tashqari kichik
37
edi. Qushchaning shu teshikdan o'tganiga ishonish qiyin edi.
Shunda u PatRosni esladi va uning so'zlarini pichirlab aytdi.
"Qaroring qatiy bo'lsa omadsizlik seni sindira
olmaydi."
Yigit sandiqqa yaqinlashdi va uning ichiga ko'z tashladi. Bitta
o'rama anchagina eskirgandi. U o'sha o'ramani oldi-da, avaylab
ochdi. Qo'rquv uni tark etgan edi. U orqasiga qaradi. Qushcha
ham uchib ketgan ekan. Faqat non va pishloqning ushoqlari
kichkina botir qushcha haqida eslatib turardi. Xafid
o'ramalarning oldiga qaytib keldi va o'qishni boshladi.
So'zboshida "Birinchi o'rama" deb yozilgan edi....
Do'stlaringiz bilan baham: |