Qadimgi Yunonistonda nutqning lo‘nda, jozibador bo‘lishiga katta e’tibor berishgan. Greklar Meneley nutqi kabi qisqa-lakonizm (fikrni qisqacha, lo‘nda qilib ifoda etish) usulidagi nutqni juda yaxshi tinglaganlar va yoqtirganlar. Notiqlikda talaffuzga ham katta e’tibor berish kerak. Bu haqda rimlik notiq Kvintilion shunday deydi: «Sen shunday gapirki, sendan har bir kishi tushuncha olsin».
Fikrni qisqa, lo‘nda qilib ifodalash hozirgi vaqtda ham og‘-zaki va yozma nutqning muvaffaqiyati hisoblanadi. Bu haqda A.P.Chexov: «Qisqalik - iste’dodning singlisi», - deganida tamoman haq edi. Notiqlik san’atining muvaffaqiyatida notiqning tabiiy qobiliyati, ta’sirchanligi, hayotiy idroki, chuqur sezgirligi muhim o‘rin tutadi. Lekin hamma vaqt notiqning tug‘ma qobiliyatigina emas, balki birinchi navbatda uning mehnatini ham hisobga olish lozim. Rimlik mashhur notiq Sitseron: «Kishi shoir bo‘lib tug‘iladi, notiq bo‘lib yetishadi», deb bejiz ta’kid-lamagan.
Notiqlik san’ati va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Notiq shaxsining notiqlik san’atini go‘zal nutq so‘zlash yo‘nalishi va ko‘rinishi jihatdan tasniflash mumkin. Haqiqatan, insonlarning go‘zal nutqini har xil soha va ko‘rinishlarga ajratish mumkin.
Go‘zal nutq bu inson hayot faoliyatining ma’lum bir soha-larida goh ijtimoiy, goh siyosiy, goh iqtisodiy mavzularda o‘qiladi. Ularning xilma-xilligi bu mavzularni tasniflash uchun imkoniyat yaratadi. Nutqning go‘zal bo‘lishi bevosita notiqning qaysi yo‘na-lishda bemalol, erkin va go‘zal gapira olishiga bog‘liq. Mana shu tomonlarni hisobga olgan holda taxminan quyidagi chizmada aks ettirilgan tasnifni beramiz.
Go‘zal so‘zlash tizimi
a) Yo‘nalish (soha)
|
b) Turlari
|
1) ijtimoiy-siyosiy go‘zal so‘zlash
|
ijtimoiy-siyosiy ma’ruza hisobot nutqi siyosiy miting nutqi tashviqot nutqi
|
2) akademik (auditoriyada) go‘zal so‘zlash
|
oliy o‘quv yurtidagi ma’ruza ilmiy nutq ilmiy ma’lumot
|
3) suddagi go‘zal nutq
|
prokuror yoki ayblovchining nutqi oqlovchi yoki himoyachi nutqi
|
Go‘zal nutq uchun umumfalsafiy va xususiy metodlar, jumladan, badiiy metodlar ham birgalikda asos bo‘lib xizmat qiladi. Notiq bu hollarda obrazlar, metaforalar, san’at asarlaridan foydalanadi. Bundan tashqari, notiqning qiyofasi, fikrlash tarzi, gapirish usuli, auditoriyani his etishi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlasha olishi nutqning yanada jozibaliroq bo‘lishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |