Mutolaa madaniyati va ritorika


Shuningdek, uzoq tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo voizlik san’ati



Download 0,51 Mb.
bet23/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Shuningdek, uzoq tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo voizlik san’ati o‘z rivojlanishi davomida Abu Homid G‘azzoliy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur qatorida Bahovuddin Valad hamda uning o‘g‘li, olim va faylasuf Jaloliddin Rumiy, mavlono Irshod, O‘shiy, Muayyad Mehnagiy, Riyoziy, Koshifiy, Muin, Abulfayz Zunnun, Anas Junayd, Shibliy, Sirriy, Nisaviy, Sheroziy kabi ko‘pgina yetuk notiqlarni yetishtirib berdi.
Abu Homid G‘azzoliy o‘z zamonasining obro‘li kishilaridan bo‘lib, nafaqat oddiy odamlar, balki vazirlar va amirlar ham uning fatvolariga quloq solardilar. G‘azzoliyning so‘zamolligi haqida ko‘pgina buyuk allomalar, jumladan, Abu Ibrohim al-Bag‘dodiy «Bag‘dod tarixi» asarida quyidagicha yozadi: U shunday kimsa ediki, bu dunyodagi ko‘zlar uningdek notiqni, uningdek zukko va oqilni ko‘rmagan edi». Ibn Mukriy «Tuhfat ul-Irshod»da: «Uning muborak ismi bilan ko‘kraklar masrur bo‘lib ko‘tarilib ketadi, nafaslar quvonchga to‘ladi»,- deydi. Imom Horamayn: «G‘azzoliy - butun olamni qamragan bir dengiz, Qiyo sahrosining telba arsloni, Havofilni ham yoqib yuboradigan otashdir», deb ta’riflagan. Hatto Alisher Navoiy hazratlari ham o‘zining «Saddi Iskandariy» dostoni muqaddimasida G‘azzoliyni «Ko‘k gumbazi uzra bezakli qandil», «Falakdan turib kishilarga baxt va tole’ ulashadi» deya ta’riflagan edi.
G‘azzoliy qisqa umr ko‘rib, bor-yo‘g‘i 53 yil hayot kechiradi. Lekin shu umri davomida 100 ga yaqin asar yozib qoldirdi.Ular qatoriga «Ihyo ulum ad-din», «Mukoshafat-ul qulub», «Kimiyoi saodat», «Maqosidul falosifa», «Ihvon us-safo», «Fazoyihul botiniya», «Ajoyibul qulub», «Qistosul mustaqim», «Tahofutul falosifa» kabi mashhur asarlarini kiritishimiz mumkin. Shu o‘rinda G‘azzoliyga mashhurlik keltirgan asari sifatida musulmon dunyosida zo‘r muvaffaqiyat qozongan «Ihyo ulum ad-din»ni alohida ajratib ko‘rsatish joizdir. Bundan tashqari, G‘azzoliy o‘z ijodi davomida faqixlar (yuristlar) uchun - «Bosit», «Vojib», kalom ilmining olimlari uchun - «Qavoid-al-Aqoid», «Ar-Risolat al-Qudsiya» kabi asarlarni ham yaratishga muvaffaq bo‘ldi.
Markaziy Osiyo voizlik san’atining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan mutafakkirlardan yana biri sifatida ko‘pgina bilimlarni chuqur egallagan, hatto xalqaro siyosatdan xabardor bo‘lgan, o‘z davridagi davlat arboblari nazarida, xaloyiq orasida katta nufuzga ega bo‘lgan voiz Irshodni ko‘rsatishimiz mumkin.
Jumladan, biz asos qilib olgan kitobda aytilishicha, voiz Irshod o‘z zamonasining mohir notig‘i bo‘lganligi haqida tarixnavis Ali Safiy asaridan quyidagi bir voqeani keltirish-ning o‘zi kifoya: «Kunlardan birida Husayn Boyqaro zamondosh shohi Sherozning huzuriga bir nufuzli vakil yubormoqchi bo‘libdi. Bu kishi rasmiy davlat ishi yuzasidan shoh bilan muzokara olib borishi lozim bo‘lgan. Sulton arkoni davlat a’yonlari bilan maslahat qilga-nida, ular o‘z zamonasining g‘oyat mahoratli notiq va siyosatdon-laridan biri mavlono Irshodni tavsiya qilganlar; uni saltanatga chorlab, bu muzokarani unga topshirganlar. Mavlono Irshod Sherozga borib, qisqa muddatda topshiriqni mohirlik bilan ado etgan. Uning voizlik mahoratini payqagan shoh unga qaytish uchun ijozat bermay, bitta anjuman chaqirtirib, va’z ayttirib, so‘ng javob berajagini aytgan. Voiz mamnuniyat bilan bu iltimosni qabul qilib, juma kuni bo‘ladigan anjumanga puxta tayyorgarlik ko‘rgan.
Faxriddin Safiyning guvohlik berishicha, Irshod minbarga chiqib, shunday mahorat va ehtiros bilan nugq so‘zlaganki, masjidi jom’ega yig‘ilganlar ho‘ng-ho‘ng yig‘lay boshlaganlar. Voiz xaloyik uning nutqiga butun vujudi va qalbi bilan mahliyo bo‘lib ketib, o‘zini tuga olmay qolganligini, iztarob girdobiga o‘ralganligini payqagan. Shundauo‘znugqiningjozibaliyana bir qirrasini namoyish qilgan: u o‘z va’zi jarayonida shunday bir burilish yasaganki, yig‘lab o‘tirganlarning barchasi beixgiyor qahqah otib yuborgan».
Sharq voizlik san’atining bu kabi ayrim ibratli voqealaridan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, mavlono Irshod o‘z bilimi va siyosiy ongi hamda nutqining ta’sir kuchi bilan o‘sha davrning mohir diplomati darajasiga ko‘tarila olgan. Shuningdek, u voizlik mahorati bilan ikki muxolif davlat orasidagi nizolarni bartaraf etib, ular o‘rtasida do‘stona, madaniy aloqalarning qaror topishiga munosib hissa qo‘shgan.
Tarixiy manbalarni o‘rganish va tahlil qilish jarayonida Markaziy Osiyoda voizlik san’ati rivojlanishining eng gurkiragan davri XIII–XV asrlarga to‘g‘ri keladi. Haqiqatan, aynan shu davrda buyuk allomalar Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bahovuddin Valad hamda uning o‘g‘li, olim va faylasuf Jaloliddin Rumiy, mavlono Irshod, O‘shiy, Muayyad Mehnagiy, Riyoziy, Koshifiy, Muin, Abulfayz Zunnun, Anas Junayd, Shibliy, Sirriy, Nisaviy Sheroziy kabi mashhur voizlar yetishib chiqqan. O‘rta asrlarda Movarounnahrda o‘zbek xalqi orasidan Irshodga o‘xshash voizlar ko‘plab yetishib chiqqan. Jumladan, taxminan XV-XVI asrlarda Farg‘ona vodiysida yashab o‘tgan mashhur notiq Qozi O‘shiydir. U O‘sh shahrida tug‘ilganligi va bu yerda qozi mansabida xizmat qilgani uchun shunday nom olgan.
Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Eron mamlakatining janubidagi Sinston viloyatining aholisi qadimda qattiqqo‘lligi bilan nom chiqargan bo‘lib, hatto tilanchiga ham bir burda non bermas ekan. Bu ziqnalikni eshitgan Qozi O‘shiy o‘sha viloyatga boribdi va bir-ikki hafta sinstonliklar orasida yurib, ularning ahvoli va ruhiyatini o‘rganibdi. Bir necha kun o‘tgach, shahar qozisining ijozati bilan juma namozi oldidan jom’e masjidi minbariga ko‘tarilibdi. Viqor bilan shunday jo‘shqin nutq so‘zlabdiki, tinglovchilar hang-mang bo‘lib, notiqqa hamdu sanolar o‘qibdilar. Anjumanda goh fig‘on, goh kulgi yangrabdi. Viloyat xalqi topgan-tutganini minbar poyiga keltirib qo‘yibdi, keksalar behad duolar qilibdi. Biroq voiz o‘z va’zi uchun hech kimdan hak olmasligini izhor qilibdi. Bu hotamtoylikning jonli shohidi bo‘lgan sinstonliklar voizni yanada ko‘proq e’zozlab, unga besh ming dinor tilla to‘plab berishibdi. Bu o‘sha davrda katta boylik hisoblanar ekan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish