Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet25/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Haqiqat konining gavhari, ma’rifat dengizining durrikim,
Haqiqatga eriish oldi va qalbida undan boshqa narsa yuq edi.
Shubhasiz ilohiy sirning ochuvchisi edi, shu sababdan
Vafotining tarixi «Koshifi asrori iloh» bo‘ldi.
Bundan tashqari, rivoyatlarga ko‘ra, mavlono Koshifiyning «xaridori» shunchalik ko‘p bo‘lgan ekanki, sanalari oldindan aniq belgilangan jadval bo‘yicha voizlikka tashrif buyurishga majbur bo‘lgan ekan. Xondamirning e’tiroficha, u «juma kuni ertalab Hirotning markaziy chorsusida joylashgan shoh namozgohida va’z aytgan, shu kuni peshindan keyin Alisher Navoiyning masjidida, seshanba kuni Husaynning madrasasida, chorshanba kuni pir Valid Ahmad mozori boshida, payshanba kuni Ahmad Mirzo mozori boshida nutq so‘zlardi».
Demak, yuqorida keltirilgan fikrlardan Koshifiy o‘z davrining ulug‘ voizi bo‘lgan degan xulosaga kelishimiz mumkin. O‘sha davrda Hirot viloyatining zabardast voizlaridan yana biri Muin voiz bo‘lgan. U hakdagi asosiy ma’lumotlar buyuk shoir Alisher Navoiyning tabarruk qalamlariga mansubdir. Bu zot uning tavsifiga maxsus va keng o‘rin berganlar.
Muin voizning akasi Nizomiddin davlat arbobi bo‘lgan. U ukasini ikki marta Hirot shahrining qozisi lavozimiga tayin-lamoqchi bo‘lgan, ammo Muin har gal rad javobini berib, bu iltifotdan voz kechgan.
Masalaga yuzaki qaraganda, Muinning akasiga bu erkaligi o‘rinsiz edi. U akasining soyai davlatida eng yirik shahar qozisi lavozimida viqor bilan mag‘rurlanib yursa bo‘lardi. Lekin u uzoqni ko‘rgani, amal go‘yoki qo‘lning kiri ekanligini anglagani bois bunday qilmagan. Alisher Navoiy ta’biri bilan aytganda, Muinning «darvesh»ligi, ya’ni shakkokligining asosiy sababi uning voizlik san’atiga bo‘lgan ishtiyoqi va fidoiyligidir.
Muin voiz Hirotning nufuzli notiqlaridan bo‘lgan. Alisher Navoiy hazratlarining ta’kidlashicha, u «holo o‘zidagi azim voiz durur va muridlari ko‘p» bo‘lgan. Bu ta’rifdan payqash mumkinki, Muin faqat so‘z ustasi emas, balki bunday suxandonlarning murabbiysi ham bo‘lgan. Binobarin, uning pedagogik faoliyati g‘oyat ibratlidir. Agar Muin faoliyatining shu qirralari haqidagi ma’lumotlar saqlanganida edi, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.
Mavlono Navoiyning tazkirasida Muinning nutq madaniyatiga taalluqli qimmatli fikrlar mavjud. Ularga ko‘ra, Muin g‘oyat jo‘shqin, ehtirosli nutq so‘zlash mahoratiga ega bo‘lgan. U va’z qilayotganida, shu qadar berilib ketar ekanki, devonalik darajasiga etib borar hamda «baland va past so‘zlardan aytur» ekan. Buning ustiga, va’z fursatida «minbar ustida devonavor ilik tashlamog‘i va taxtani tepmog‘i ko‘p durur» ekan.
Voiz Muinning nutq paytidagi qo‘l harakatlari, chehrasidagi imo-ishoralari bevosita uning nutq madaniyatiga doir qo‘shimcha vositalardan mohirona foydalanganidan dalolat beradi.
Muinning dilrabo va’zlarini tinglovchi shinavandalar sabr-sizlik bilan kutganliklarining sababi, uning juma namozi, ramazon va qurbon hayitlari kunlarida o‘qiladigan bomdod namozlari oldidan aytadigan va’zlari hammani lol qoldirgan. Tazkiralardagi rivoyatlarga ko‘ra, aksariyat namozxonlar bu voizning va’zi bahonasida uzoq-yaqindan masjidi jom’elarga kelganlar. Chunki, u davrlarda fuqarolar orasida «va’zparastlik», va’zlarga ishqibozlik keng tarqalgan.
Tarixnavis Xondamirning ta’kidlashicha, voiz Muin o‘z va’z-larida hech kimni yuz-xotir qilmagan, hatto davlat arboblarini ham ayovsiz tanqid qilavergan. Garchi, bu arboblarning o‘zlari ishtirok etayotganini ko‘rsa-da, ularni haqli, adolatli tanqid qilavergani uchun, quyi, o‘rta, yuqori martabali hokimlar voizga qarshi chiqishga ojiz bo‘lib qolganlar. Buning sababi shunda bo‘lganki, bu voiz o‘z nutqida xalq dilidagi dardni, bedodliklardan chekayotgan azob-uqubatlarni aks ettirgan va mehnat ahliga hamdard bo‘lgan.
Voiz Muinga Xondamir bergan yuqori baholarga qaraganda, bu voiz, zo‘r suxandon bo‘lish bilan birga, keng va chuqur bilim sohibi, «tuzukkina» shoir ham bo‘lgan. Xullas, Muin haqida aytilgan bu sifatlarning keltirilishi, uning mohir voiz bo‘lganligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyoda voizlik san’ati rivojlanishida Abu Homid G‘azzoliy, Bahovuddin Valad, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur Jaloliddin Rumiy, mavlono Irshod, O‘shiy, Muayyad Mehnagiy, Riyoziy, Koshifiy, Muin, Abulfayz Zunnun, Anas Junayd, Shibliy Sirriy, Nisaviy, Sheroziy kabi buyuk allomalarning o‘rni katta. Ulardan har birining o‘z xizmati, mahorati, uslubi mavjud bo‘lib, birok ularning ko‘pchiligi haqida manba va ma’lumotlar kam bo‘lganligi sababli chuqur o‘rganilmagan. Bu esa Markaziy Osiyo notiqlik san’atining biz bilmagan ko‘pgina qirralari borligini hamda bu borada ko‘p izlanishlar olib borishni taqozo etadi.



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish