Voizlik san’ati asosan uch shaklda: dabirlik, xatiblik, muzak-kirlikdt iborat bo‘lgan. Bulardan birinchisi, davlat maqomidagi yozishmalarni yozma bayon etish va qiroat bilan o‘qib berish; ikkinchisi, juma kunlari peshin namozi oldidan xutba o‘qish; uchinchisi, juma kunlaridagi, hayit va boshqa tantanali kunlardagi anjumanlarda xatibdan keyin diniy, axloqiy, huquqiy masalalarni sharhlab berishdan iboratdir. Keyinchalik, bularga respubli-kamizda keng tarqalgan amri ma’ruflar ham qo‘shilgan. Hozirda ularni asosan imom-xatib, imom-noiblar, goho mudarrislar o‘tkaz-moqdalar. Umuman, voizlik san’atiga diniy ta’limot sohiblari hamisha katta e’tibor bilan qaraganlar va bu an’ana hozirda ham davom etmoqda.
Voizlik san’ati tinglovchi va voizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi hamda boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagilarga ajratilgan: sultoniyot - yuqori tabaqa a’yonlar va zodagonlar uchun mo‘ljallangan; jihodiya - janggoh ishtirokchilari uchun mo‘ljallangan; g‘aribona oddiy fuqarolar uchun mo‘ljal-langan.
Sultoniyotda - hukmdorlar sha’niga hamdu sanolar aytilgan, ular ko‘klarga ko‘tarib maktalgan, ya’ni shaxsga sig‘inish, xusho-madgo‘ylik, laganbardorlik o‘z ifodasini topgan; jihodiya-jangovarlik, yalovbardorlik, botirlik, qahramonlik, jasurlik, fidoyilik, vatanparvarlik ulug‘langan, barcha jihodga (muqaddas urushga) chaqirilgan; g‘aribonada esa - mehnat ahli itoatkorlikka, yuvoshlikka chaqirilgan. Ularning yozilish, o‘qilish, shuningdek, va’z etilish shartlari, usuli, ohangi ham har xil bo‘lgan.
O‘rta asr voizlik san’atida har bir so‘z, tushuncha, ohangning ta’sirchanligiga erishish, muayyan bir fikr, mulohaza, hukm, g‘oya, mafkura va xulosani o‘z tinglovchilariga etkazish maqsadida suxandonlik (ritorika) fani o‘qitilgan. Hozir ham madrasalarda bu fan o‘qitilmoqda. Bu davr voizlik san’atida jarangdorlik, farmon-bardorlik ohangi yetakchi bo‘lgan. Shu tufayli ular ijtimoiy salmoq, siyosiy qudrat kasb etgan, badiiy sayqal topgan.
Voizlik ham boshqa tarixiy omillar kabi ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lgan. Odamlar zolim va mazlum, hukmron va tobe, boy va kambag‘al tabaqalarga, diniy va dunyoviy dunyoqarash sohiblariga bo‘lingan jamiyatda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas edi. Voizlar o‘z nutqlarini badiiy jihatdan yuksak, jozibali, barcha tinglovchilarga yetib boradigan qilishga intilish bilan birga, muayyan ijtimoiy tabaqalarning manfaatlariga ham moslagan. Natijada va’zlar ta’sirchan mafkuraviy qurolga aylanar, mavjud ijtimoiy tuzumni muqaddas deb tushungan, hukmdorni yaratuvchining yerdagi soyasi, payg‘ambarning noibi deb tasavvur etgan tinglovchilar bu voizlarni qiziqib tinglar, avom xalq voizga itoatgo‘ylik bilan ergashar edi.
Din mafkura va ta’limot sifatida tanho hukmron bo‘lgan o‘rta asrlarda aksariyat voizlarning va’zlari diniy xususiyatga ega bo‘lib, diniy ta’limiy mazmun va shaklda bayon qilingan. Bunday hol esa ilg‘or fikrli, taraqqiyparvar, haqiqatgo‘y ziyolilarda, olim, shoir, yozuvchi va muallimlarda e’tiroz tug‘dirgan. Ular bunday mutaassib targ‘ibotchilarga qarshi chiqar, ularning yolg‘onini fosh etib, haqiqatni xalq ommasiga, el-yurtga etkazishga harakat qilar edilar.
Voizlikning qudrati bevosita sohibi - voizlarga ham mas’uliyat yuklagan va bu haqda buyuk allomalar o‘z asarlarida qayd etishgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy kabi allomalar voizlarni, xususan jamoa orasida so‘zlaganda faqat rostgo‘y bo‘lishga chaqirganlar. Masalan, Beruniy o‘z asarlarida rostgo‘ylikka yuksak baho berib, yolg‘onchilikni qattiq qoralagan. Shulardan biri «100 hikmat» to‘plamiga kiritilgan: «Hammaning tabiatida adolat bevosita sevikli va hamma uning yaxshiligini bilgani kabi, rostgo‘ylik ham shunday». Yana bir hikmatda: «Rostgo‘ylik lazzatini totmagan yoki, lazzatini bilsa ham, totishni istamagan kishi uni sevmaydi», deyiladi.
Mutafakkirning yolg‘onchilikning axloqsizlik ekanligi haqi-dagi hikmatlarida bu illatga va uni tarqatuvchilarga qaratilgan nafrati baralla yangraydi. Uning fikricha, yolg‘onchilik kishini adolatdan yuz o‘girtiradi, u zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat, boshqalar mulkini hiyla bilan o‘zlashtirish, o‘g‘rilik hamda xalqning buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko‘rsatadi. Bu o‘rinda alloma yolg‘onchilikning yomon oqibatlaridan oltitasini qayd etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |