Barmoq va qo‘l harakatlari. 1. "Mo‘minlar bir-birini suyab turgan g‘ishtlar kabidir", der ekanlar, barmoqlarini juft qilib ko‘rsatgan holda.
2. "Qiyomat bilan sizlarning orangizda mana shuncha masofa qolgan bir paytda men payg‘ambarlik vazifasi bilan yuborildim", der ekanlar, ko‘rsatkich barmoqlari bilan o‘rta barmoqlari orasini xiyol ochib ko‘rsatganlar.
3. "Oy shuncha, shuncha, shunchadir", deya ikkala qo‘llarini ochib o‘nta barmoqlari bilan uch marta ishora qilib, oyning o‘ttiz kun ekanini tushuntirganlar.
Vujudlarining harakati. Ja’far ibn Abu Tolib Xaybar fath etilgan kuni hijratdan qaytib keldilar. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam, uning ikki ko‘zi orasidan o‘pib quchoqlaganlar: "Qay biridan ko‘proq quvonay - Xaybarning fathidanmi yoki Ja’farning kelishidanmi...", degan edilar.
Hassa bilan qilgan harakatlari. Rasululloh, sallallohu alayhi vasallam, ko‘pincha olib yurgan hassalari bilan ba’zi ishoralarni qilganlar. Minbardan turib suhbat qurayotganlarida hassalarini minbarga urib: "Bu Toyyibadir (Madina shahridir). Bu Toyyibadir. Diqqat qiling: buni (Dajjolni Makka va Madina shahriga kira olmasligini) sizlarga tushuntirgan edim", deganlari; faqir musulmonlar uchun keltirilib masjid ustuniga osilgan sifatsiz xurmo shingilini hassalari bilan turtib: "Bu sadaqaning egasi istasa bundan yaxshirog‘ini sadaqa qilib bera olardi", deyishlari hamda quriy boshlagan bir daraxt barglarini hassalari bilan urib to‘karkanlar, buni gunohlarning to‘kilishiga misol qilib ko‘rsatishlari shunday harakatlarga kiradi.
Voizlik san’ati shakllari:Markaziy Osiyoda IX asrgacha voizlik vazifasini shoh va xalifalar bajarganlar. Ular juma kunlari, hayit va boshqa bay-ramlarda jamoani yig‘ib, davlat siyosati, fuqarolarning majburiyat va burchlari (jumladan, itoatkorlik, qonunlarga rioya qilish), qo‘shni mamlakatlardagi vaziyat, dushmanlarning kirdikorlari, mudofaa masalalari kabi mavzularda va’z qilganlar.
IX asrdan boshlab davlat hukmdorlari bu tadbirni o‘z ixtiyorlaridagi maxsus so‘z ustalariga yuklab, ularni voizlar deb atay boshlaganlar. «Voiz» so‘zi hatto ularning ism-shariflariga qo‘shib aytilgan va yozilgan.
Markaziy Osiyo voizlik san’ati xazinasiga dastavval Bahovud-din Valad (XII asr), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Husayn Koshifiy, Muin voiz (XV asr) kabi so‘z ustalari g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. XII asrdan boshlab voizlik san’ati nazariyasi va amaliyotini talqin va tavsif etadigan ko‘plab ilmiy, tarixiy, uslubiy risolalar yozilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning «Avbob ul-jinon», Voiz Kazviniyning «Zilolu maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ul-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravozat ul-voizin», Qozi O‘shiyning «Miftoq ul-najjih», Voiz Koshifiyning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlari kiradi. Shuningdek, tarixchi, shoir, muhaddislarning asarlarida ham voizlik san’atiga oid ba’zi fikrlar bayon etilgan. Chunonchi, tarixnavis Ali Yazdiyning «Zafarnomasi»da; Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Mantiq ut-tayr», «Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Chor devon» asarlarida; Zaynuddin Vosifiyning (XV asr) «Badoe ul-vaqoe»; Xondamirning «Makorim ul-axloq» riso-lasida atoqli voizlarning mahorati, iste’dodi, va’zxonlik uslublari haqida mulohazalar yuritilgan.
Tarixchilarning shohidlik berishlaricha, sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammmad Bobur, Mirzo Ulug‘bek kabi davlat arboblari voizlik san’atini puxta egallaganlar va o‘z faoliyatlarida undan mohirona foyda-langanlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |