Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit


BURXONUDDIN AL-MARG’INONIYNING ILMIY MEROSI



Download 100,65 Kb.
bet19/20
Sana27.06.2022
Hajmi100,65 Kb.
#707949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
SHARQ ALLOMA

BURXONUDDIN AL-MARG’INONIYNING ILMIY MEROSI


Bukj faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abd ul-Jalil al-Farg’oniy ar-Rishtoniy al-Marg’inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tugalgan. U Qur’onni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh — islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo’lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din val-l-milla va Burhonuddin al-Marg’inoniy nomlari bilan mashhurdir.
Burhonuddin al-Marg’inoniy dastlabki ta’limni Marg’ilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning o’sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo’lgan Samarqandga ko’chib borgan va umrining oxirigacha o’sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin al-Marg’inoniy yoshlik chog’laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o’rgangan.
U balog’at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo’lganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin al-Marg’inoniy haj safariga bordi. «Kitob ul-mashoyix» («Shayxlar haqidagi kitob») asarida u o’zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab o’tgan. Bu ro’yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, Abu al-Asir al-Baydaviy, Abu Yoqub as-Sayariy, Abu Is’hoq an-Navqadiy, Ja’far al-Hinduvoniylarning nomlari bor.
Keyinchalik u fiqhga oid masalalar bilan qiziqib, o’sha davrning ko’zga ko’ringan allomalaridan «Al-Muhit» («Ilmlar dengizi») asarining muallifi Umar ibn Maaza, «Al-Fatava va favoid az-Zahira» («Fatvolar va zohir narsalarning foydalari») asarining muallifi Zohir uddin ibn Umar al-qodiy al-Buxoriy ibn al-Itobiy va boshqalarning nazariga tushgan.
Burhonuddin al-Marg’inoniy islom dinidagi sunniylarning to’rtta asosiy mazhabi asoschilarining asarlarini o’rganish bilan birga o’zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo’lgan narsalar to’pla-mi»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi») va boshqalar ma’lum.
Al-Marg’inoniyning butun islom olamida mashhur bo’lgan «Hidoya» asari 1178 yili Samarqandda yozildi. Mahmud ibn Sulaymon al-Kafaviyning «Katoib ul-a’lom al-axyor fi taboqot fuqaho va ma-shoyix mazhab an-Nu’mon» («Nu’mon mazhabiga mansub bo’lgan taniqli alloma faqihlar va shayxlar haqidagi kitob») nomli asarida keltirilishicha, Burhonuddin al-Marg’inoniy «Bidoyat al-muntahiy» asarining so’z boshisida «Hidoya»ning yaratilishi xususida shunday yozgan: «Abu-l-Hasan Ali ibn Bakr Abd ul-Jalil bir kuni fiqh masalalariga bag’ishlangan hajmi uncha katta bo’lmagan, lekin mazmuni to’liq bo’lgan bir yaxlit kitob zarur ekanligi haqida fikr bildirdi. Iroqqa safar qilganimda u yerda «al-Muxtasar al-quduriy» («quduriy qisqartmasi»)ni ko’rdim. U fiqh bobida ajoyib asar edi. Bu paytgacha kattayu-kichik barcha «Jome’ us-Sag’ir» («Ki-chik to’plam») dan foydalangan edi. Shunda fiqhga oid barcha asarlarni jamlab, ulardan eng zarur masalalarni oldim va bu asarga «Bidoyat al-muntahiy» deb nom berdim. Keyinchalik bu asarga sharh yozib, uni «Kifoya ul-muntahiy» deb nomladim».
Keyinchalik bu asarlarning ham hajmi kattalik qilib, yanada mo’jaz bo’lgan, butun islom olamida xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qo’llanmasiga aylangan al-Marg’inoniyning «al-Hidoya» asari yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur bo’lib ketdi, musulmon huquqi — fiqh bo’yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.
«Hidoya»ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo’lgan Abu Hani-fa an-Nu’mon ibn Sobit, Abu Abdulloh, Ahmad ibn Hanballarning yirik asarlari, bu allomalarning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Abu Abdulloh ibn Husayn ash-Shayboniy (imom Muhammad), imom Abu-l-Xazl Zufar ibn Xazllarning asarlari, dastlabki to’rt xalifa va sahobalarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, «Hidoya»da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning «Mabsut», ibn Iso at-Termiziyning «Jome’ ul-Kabir» («Katta to’plam»), quduriyning «al-Muxtasar al-quduriy» kabi asarlariga ishora qilinadi.
«Hidoya»da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fikd olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar e’tirozlari yoki qo’shilishlarini izhor etish yo’li bilan berilgan. Ana shu obro’li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlab olish yo’liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
«Hidoya» to’rt juzdan iborat bo’lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro’za, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniklash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo’qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o’tkazish, qozilarning vazifalari, guvoxlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo’lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saklashga berish, qarz berish, sovg’a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (patronat), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o’rin olgan.
To’rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog’dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so’yiladigan jonzod haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o’zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to’lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
«Hidoya» bir necha asrlar davomida ko’p musulmon mamlakatlari-da, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo’yicha eng asosiy qo’llanma hisoblanib, bu yerda 1917 yil inqilobidan keyin ham, to 30-yillargacha shariat qozilari bekor qilinib, sovet sud sistemasi joriy qilinguncha amalda bo’lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi. «Hidoya»ning 1893 yilda rus tilida qisqartirilgan tarjimasi N. P. Grodekov tomonidan nashr etilgan.
O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi tufayli islom yodgorliklari, jumladan, shariat, fiqhga oid asarlarni o’rganish, bu sohadagi boy merosimizni nashr etish imkoniyati vujudga keldi. Vatandoshimiz al-Marg’inoniyning «Hidoya» asari islom huquqshunosligida mashhurligini nazarga olib N. I. Grodekovning inglizchadan ruschaga qilgan va tor doyra uchun mo’ljallangan «Hidoya»ning 1-kitobi Toshkentda 1994 yilda yuridik fanlari doktori A. X. Saidovning so’z boshisi va sharhi bilan qayta nashr etildi.
Uzoq musulmon olamida hozirgacha o’z qimmatini yo’qotmagan «Hidoya» va uning muallifi Marg’inoniy faoliyati o’z tadqiqotchilarini kutmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2000 yilda al-Marg’inoniyning 910 yillik tavallud sanasi keng jamoatchilik tomonidan tantanali ravishda nishonlandi.
Burhoniddin Marg’inoniyning hayoti va faoliyati.
2. Burhoniddin Marg’inoniyning asarlari.
3. Mustaqillik yillarida Burhoniddin Marg’inoniyning ilmiy merosiga munosabat.

Download 100,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish