Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit


ABU AL-MU’YIN AN-NASAFIY ILMIY MEROSI



Download 100,65 Kb.
bet14/20
Sana27.06.2022
Hajmi100,65 Kb.
#707949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
SHARQ ALLOMA

ABU AL-MU’YIN AN-NASAFIY ILMIY MEROSI


Abu al-Mu’iyn An-Nasafiy (1027-1114)
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy nomi bilan mashhur bo’lgan allomaning to’liq nomi Maymun ibn Muhammad Mu’tamid ibn Makhul bo’lib, 1027 yilda Nasaf (Qarshi)da tavallud topgan. Uzoq yillar Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan olim haqidagi ayrim ma’lumotlarni nasaflik boshqa bir olim — Umar ibn Muhammad an-Nasafning «Al-qand fi zikri ulamoi Samarkand» («Samarkand olimlari zikrida qandsek (shirin) kitob») nomli asarida uchratish mumkin. Asarda keltirilishicha: «Sharqu g’arbning olimu ulamolari Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy ilmining dengizidin bahra topib, ul taratg’on ziyo nurlarini ko’zlariga to’tiyo qilib surtg’onlar». Alloma 1114 yili — 87 yoshida Samarqandda vafot etgan.
IX—X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O’rta Sharq, Markaziy Osiyo o’lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag’ishlangan qator asarlar va kalom ma-salasi bilan shug’ullanuvchi yirik mutakalimlar vujudga keddi.
Kalom ilmining bir qancha yo’nalishlari bo’lib, ulardan al-ash’ariyya va al-moturidiyya yo’nalishlari g’oyatda keng tarqalgan. Al-ash’ariyya maktabining asoschisi bag’dodlik olim Abdul Hasan al-Ash’ariy (873—935), al-moturidiyya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur al-Moturidiy (870—944) ta’limotidan saboq olgan an-Nasafiy asosan al-moturidiyya maktabiga mansub G’azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O’z navbatida al-Iyjiy (1355- yilda vafot etgan), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko’plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko’rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko’tarilganlar.
Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o’n beshga yaqin asar yaratgan bo’lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag’ishlangan. Ular quyidagilardir: «Al-U’mda fi usul al-fiqh», «Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom», «Tabsirat al-adilliti fi i’lm al-kalom», «At-Tamhiyd li-qavoi’d at-tavhiyd fi i’lm al-kalom», «Al-O’lim val-muta’llim», «Iyzohal-mahajatiy li-kovn al-aql huj-jatan», «Sharh al-Jomi’ al-Kabir lish-Shayboniy fi furu’», «Manoxij al-aimmati fil furu’», «Mutaqidot» (Toshkentdagi Abu Ray-hon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida Abu al-Mu’iyn an-Nasafiyning bu asaridan bir qo’lyozma saqlanadi (inv. № 40008/2) Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat).
Allomaning «Bahr al-kalom» asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo’lim) to’rt banddan iborat bo’lib, ulardan birinchisi «al-Imomat» (Imomlikka oid) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg’ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, «Iqtadu billaziyna min ba’diy Abu Bakr va Umar» (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o’z asarlarida rivoyat qilganlar.) — «Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar», degan bo’lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo’lgan.
Ikkinchi hadisdagi «Mendan keyin xalifalik o’ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo’ladi», degan fikrlari nakadar to’g’riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o’ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo’yicha al-moturidiyya maktabining asosiylaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan islomiy aqidaning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir.
Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy o’z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur al-Moturidiyning «At-Tavhid», Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning «Al-Lam’a», «Maqolot al-Islomiyyin», Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning «al-Irshod» asarlaridan foydalangan.
«Bahr ul-kalom» asari alloma ijodining gultoji hisoblanib, islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo’yicha eng qimmatli manbalardandir. Bu kitobning bir qancha qo’lyozma va kitobiy nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan ekanligidan dalolat beradi va uning qimmatli qo’lyozma nusxalari Dubaydagi Jum’a al-Mojid nomli madaniyat va meros markazida, (1167 hijriy yilda ko’chirilgan), Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo’lyozmalar bo’limida, Bag’doddagi «Maktabat al-Avqof»da, qohiradagi mashhur «Dor ul-kutub»ning qo’lyozmalar bo’limida saqlanadi. Ushbu qo’lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko’chirilgan nusxasi Iskandariya (Misr)ning «Maktabat al-baladiyya» nomli kutubxonasida ham bor. Asar muhim manba sifatida ikki marta nashr ham etilgan. Jumladan, 1886 yili Bag’dodda, 1908 yili Qohirada chop etilgan. Lekin ushbu nashrlar tadqiqotsiz amalga oshirilgan bo’lib, faqat asar matnidan iborat.
«Bahr ul-kalom»ga ayrim sharhlar ham bitilgan. Jumladan, Olim Badruddin Hasan Ibn Abu Bakr Ahmad al-Makdisi (1415 yili vafot etgan) asarga bag’ishlagan sharhini «g’oyat al-marom fi sharhi «Bahr al-kalom» deb atagan. Bu sharhning bir qo’lyozma nusxasi qohiradagi «Dor ul-kutub»da, boshqasi Misrdagi «al-Maktabat al-Hadya-vaya»da saqlanadi. Taniqli arab olimi Hoji Xalifa ham o’zining mashhur «Kashf uz-zunun» asarida «Bahr ul-kalom»ga yozilgan faqat shu sharh haqida zikr qilgan, xolos.
Sirasini aytganda, Buyuk vatandoshimiz Abu al-Mu’iyn an-Nasafiy hayoti va ilmiy merosini har tomonlama chuqur o’rganish madaniyatimiz tarixini yoritishda katta ahamiyatga egadir.

Download 100,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish