Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit



Download 100,65 Kb.
bet1/20
Sana27.06.2022
Hajmi100,65 Kb.
#707949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
SHARQ ALLOMA


Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart – sharoit.
Sharq Uyg'onishi, Sharq Renessansi xaqida gap ketganda turli soxa olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san'atshunoslar bu masalaga befarq bo'lmaganlaridek, qarashlar xam asosan ikkiga bo'linadi. Uyg'onish atamasi (italyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg'onish) ni dastavval shu madaniyat soxiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san'atni uyg'otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san'at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashxur san'atkorlar xayotidan lavxalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an'analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so'ng» tiklanishini anglatib, so'ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. YA. Burxart Uyg'onish (Renessans) ni aloxida tipdagi madaniyat deb baxoladi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko'paya borgani sayin Uyg'onish tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o'zining «o'rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg'onish davri-o'rta asr madaniyatining intixo davri deb xisoblasa, boshqa olimlar Uyg'onish davri yangi davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko'pchilik olimlar Yevropa Uyg'onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg'onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg'onish) Uyg'onishni XVII asr bilan yakunlaydilar.
1950 yillarning o'rtalaridan e'tiboran «Sharq» Uyg'onish davri masalasida jiddiy munozara baxs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi taxlilida akademik N. Konrad Uyg'onish davrini qadimgi, o'rta asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy xodisa deb qaraydi. Umumjaxoniy jarayon xisoblagan Uyg'onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, ¢arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa xodisasiga aylangan. Uyg'onishning bunday talqiniga qarshi bu xodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko'rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjaxoniy fenomen bo'lishi mumkin emas, deb xisoblovchilar xam bor. Uyg'onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Xindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov), Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nutsubidze, Natadze) kechkanligi xaqida ayrim ma'lumotalar keltiriladi. Ayni choqda xar ikki qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg'onish davrini mutlaqo betakror xodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.
O'zbekistonda Sharq Uyg'onish davri masalasi maxalliy materiallarni umumlashtirgan xolda yetarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg'onish xaqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti'qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg'onish deb qaralmog'i lozim. Markaziy Osiy uzoq yillik tarixida ko'p bosqin va talonchiliklarni ko'rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. xaqiqat shundaki, xar bir bosqindan so'ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g'oyasi va xarakati o'zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy axamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg'unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta'sir ko'rsatdi va ularni boyitdi.
Mavjud adabiyotlar va fikrlar taxlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg'onishni uch davrga bo'lishi mumkin:
1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.
2. XIV-XV asrlar mo'g'ul istilosidan keyingi davr.
3. XX asr boshi va xozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy, madaniy Uyg'onish.
Mustaqillik va milliy madaniyat Uyg'onish xodisalari moxiyatan, ichki jixatdan uzviy bog'liq bo'lib, bu xususda akad. M.M. Xayrullaev shunday yozadi: «Mustaqillik va Uyg'onish, Mustaqillik va yuksalish uzviy bog'liqdir, u bizdan aql-idrokni, bilimni, istedodu qobiliyatni, faollikni, kuch-g'ayratni talab etadi» .
Markaziy Osiyoda Uyg'onish davri madaniyatining belgilari quyidagicha:
• dunyoviy ilmlarga intilish, din va diniy bilimlarni jamiyat, insonlar manfaati nuqtai nazaridan talqin etish;
• Turli xalqlarning ma'naviy-madaniy merosi o'tmish madaniy qadriyatlaridan (arab, eron, yunon madaniyati boyliklari) foydalanish;
• Tabiatni, mavjud xayotni, mavjudotni o'rganishga qiziqishning kuchayishi, uning sirlarini ochishga va undan foydalanishga intilishning ortib borishi, shu munosabat bilan tabiatshunoslik ilmlarining rivojlanishi;
• Bilishda aqlni mezon deb bilish, aqliy bilish, ratsionalistik usul, ilmiylik rolining oshib borishi;
• Insonga muxabbat, uning axloqiy, aqliy xislatlarini, qobiliyatlarini o'rganish va fazilatlarini ochib berishga intilish, mantiq ilmiga katta e'tibor berish, komil insonni tarbiyalash, yetuk fozil jamoa xaqidagi fikrlarni asoslab berish;
• Diniy tasavvur, diniy ta'limotlar rivojida diniy-axloqiy mavzuning ustunligi, inson xulqi, manfaatlarining diniy g'oyalarda yetakchi mavzuga aylanishi, ichki ma'naviy kamolot, Olloxga sub'ektiv ichki mukammallashuv, ma'naviy-ruxiy ko'tarilish, yuksalish yordamida erishuv va uning sifatlariga muyassar bo'lishga qaratilgan faoliyat;
• Og'zaki va yozma so'zga katta e'tibor, uning ijtimoiy-axloqiy qudratini kuylash, ta'riflash, she'riyat, filologiya, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so'z san'ati, ritorika bilan shug'ullanish madaniylikning muxim belgisiga aylanib qolishi.
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi parvoz bosqichga chiqqanligi to'g'risida gap borar ekan, ayni shu xudud jaxonni xayratga solgan buyuk mutafakkirlarni yetishtirib berganligi, ilm-ma'rifat, betakror kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baxolangani bejiz emas. o'rta asr tarixchilari va sayyoxlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o'sganligi, ko'rkam shaxarlar qad ko'targanligi, ilm-ma'rifat gurkirab rivojlanganligi xaqida ma'lumot beradilar. Monumental me'morchilik, tasviriy san'at, musavvirlik va musiqa san'ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko'rsatgan . O'sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o'ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mexmonxonalar, moxirlik bilan barpo etilgan bog'lar, xiyobonlar, xovuzlar» mavjud bo'lganligi xaqida manbalarda qayd etiladi. Abdul Vafo al Buzjoniy o'zining «Geometrik qoidalarning xunarmandlarga kerakli tomonlari xaqida» asarida turli geometrik usullar yordamida xar xil naqshlar, bino bezaklari yasash yo'llari, quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari xaqida xikoya qiladi. Boshqa manba'larda bu davrdagi tasviriy va musvvurlik san'ati, xususan portret chizish xaqida ma'lumotlar keltiradi .
Arxeologik qazilmalar va qo'lyozma manba'lardan ma'lum bo'lishicha o'sha davrda musiqa va musiqashunoslik xam keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari taxliliga bag'ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). o'rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag'ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo'lgan. Farobiy «Katta musiqa» dan tashqari «Musiqa xaqida so'z», «Ritmlar tartibi xaqida kitob», «Ritmga qo'shimcha qilinadigan siljishlar xaqida» asarlarining xam muallifidir.
O’rta Osiyoda diniy fanlar rivoji va dunyoviy fanlarning ravnaqi. Sharq allomalarining ijodida ilmlar tasnifi. Aniq fanlar matematika, andaza ya’ni geometriya,. tabiiy fanlar: geografiya, kimyo, tibbiyot ilmi, astronomiya, ijtimoiy fanlar mantiq, adabiyot, tarix kabi fanlar rivoji. Ilmlarni tasniflashda Abu Nasr Forobiy qarashlarining o’rni.
O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.

O’rta Osiyoda tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi buyuk allomalar al-Farg’oniy va al-Xorazmiylar nomi bilan bog’liqdir. Ularning har ikkovi ham Bag’doddagi “Bayt-ul-hikma”ning etakchi ilm sohiblaridan sanalgan. 1998 yilda al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi yurtimizda keng nishonlandi. Uning vafoti 861 yildir. U mashhur falakkiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari “Astranomiya va astralyabiyaga kirish”, “Falakdan bo’ladigan sabablar”, “Astralyabiya fani usullari”, “Osmon harakatlari va yulduzlar ilmi” va boshqalardir. Farg’oniyning “Astranomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astranomiya sohasidagi bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat qilib kelgan. U Evropada al-Fraganus nomi bilan mashhur bo’lgan.


Al-Xorazmiy (780-850 yy.) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimdir. Uning ilmu-nujum, geodeziya, geografiya va ayniqsa riyoziyot sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. U arab, hind, lotin, yunon, fors tillarini bilgan.
Xorazmiy bir qancha kitob va risolalarning muallifidir. Bulardan eng mashhuri “Kitob al-jabr va al-muqobala” asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi mustaqil fan – algebraning vujudga kelishiga zamin bo’ldi. U tenglamalarni echishning ikki usulini – al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir hil hadlarni qarama-qarshi qo’yishni kashf qildi.
Xorazmiy “Sind Hind”, “Ziji Xorazmiy”, “Astrolyabiya bo’yicha risola”, “Quyosh soati haqida risola”, “Erning shakli haqida kitob”, “Trigonometrik jadvallar”, “Musiqa bo’yicha risola”, “Tarix haqida” va boshqa asarlarning muallifi. Uning buyuk xizmatlaridan biri Evropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik tizimi bilan tanishtirish bo’ldi. Uni Evropada “Algaritmus” deb yuritganlar.
Sharq falsafiy, ijtimoiy, axloqiy fikri rivojini Abu Nasr Farobiysiz (873-950) tasavvur etish qiyin. U “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” degan unvonga sazovor bo’lgan mutafakkirdir. Sharqda qadim Yunonistonning eng mashhur faylasufi Aristotel “Birinchi muallim” deb yuritilgan.Farobiy ko’p tillarni bilgan qomusiy olimdir. U yaratgan asarlarning umumiy soni 160 ta bo’lib, uni ikki guruhga ajratish mumkin: 1) qadimgi Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarini – Aristotel, Platon, Evklid, Galen va boshqalarning ilmiy merosini tarjima qilish, sharhlash, targ’ib qilish va o’rganishga bag’ishlangan asarlar; 2) o’rta asr fanining tabiiy, ijtimoiy-falsafiy sohalariga oid risolalar. Masalan, “Aristotelning “Metafizika” asariga izoh”, “Aristotelning “Osmon sistemasi” kitobiga izoh”, “Aristotelning “Etika” kitobiga sharh”, “Substanstiya haqida so’z”, “Masalalar manbai”, “Qonunlar haqida kitob”, “Bo’shlik haqida kitob”, “Musiqa haqida so’z”, “Fozil odamlar shahri” va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Farobiyning fikricha insonning va jamoatning g’alabaga erishuvi, yaxshilikni qo’lga kiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka ko’tarilishi inson va jamoaning o’z qo’lidadir. U davlatni fozil va johil davlatlarga bo’ladi. Fazilatli shaharlarda ilm-fan, falsafa, axloq-ma’rifat birinchi o’rinda bo’lmog’i lozim deb biladi. Shunda jamiyat etuklikka erishadi. Fozil shahar boshlig’i bilimli, haqiqatni sevuvchi, yolg’on va yolg’onchilarga nafrat bilan qarashi, adolatni yaxshi ko’ruvchi va adolat uchun kurashuvchi bo’lishi kerak deb aytadi. Farobiy insonni kamoloti uchun xizmat qilgan, hayr-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlarni yaxshilik deb hisoblaydi. Insonning kamolotiga to’sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar, bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo’lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb, kishilarni undan ogohlantiradi.
Farobiy hayotning oliy maqsadi baxt-saodatga erishuvdan iborat, kishilar bunga olamni o’rganish, kasb-hunar va ilmlarni o’zlashtirish – ma’rifatli bo’lish orqali erishadi deb qaraydi.
Xorazmlik buyuk olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) jahon fani tarixida eng mashhur siymolar qatoridan joy olgan, o’z davridagi deyarli hamma fanlarga katta hissa qo’shgan, mashhur qomusiy ilm sohibi, yirik tabiatshunos va faylasufdir. U o’z umri davomida 150 dan ortiq asarlar yaratgan. Shulardan eng mashhurlari “Qadimgi ajdodlardan qolgan yodgorliklar”, “Ma’sud qonuni”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Mineralogiya”, “Saydana” va boshqalardir. Garchi Beruniy falsafiy-axloqiy masalalarga oid asar yozmagan bo’lsada, ammo ko’pgina asarlarida bu masala haqida fikrlar bayon etgan. 

Beruniy xalqlar o’rtasidagi do’stlikni va ilmiy hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Uni eng insoniy-axloqiy sifat deb maqtab, amalda o’zi ko’rsatgan. Bir necha yil Hindistonda yashagan 45 yoshli olim qadimgi hind-sanskrit tilini o’rganib, bu tilgan Evklidning “Elementlar”, Ptolomeyning “Almajistiy” asarlarini tarjima qildi va hind olimlarni yunon ilmi va falsafasi bilan tanishtirdi. O’zi esa hindlarning ilmi, adabiyoti, falsafasi va axloqini o’rgandi.


Bu haqida Beruniyning o’zi shunday deb yozadi: “O’zimni ... ularning munajjimlari huzurida, ustoz huzurida turgan shogirddek ta’zim bilan tutar edim... So’ng hisob ilmining haqiqiy yo’llarini ularga ravshanlashtiradigan bo’ldim... ularning kattalari meni o’z tillari bilan “Daryo” deb maqtar edilar”.
Beruniy fikricha, kishilar uchun dunyoda turli hollar bor. Bu maqtaluvchi – yaxshilik va qoralanuvchi – yomonlikdir. Maqtaluvchi yaxshi hollar bo’lib, ularning tayanchini poklik va tozalik deb ko’rsatdi.
Beruniy o’z davrining eng ko’zga ko’ringan ilm-fan homiysi edi. U mamlakat ravnaqini fan, ma’rifat ravnaqida ko’rgan. Ilm-fan, ma’rifat sahovatli xizmatni o’tashi mumkin deb hisoblaydi. U shunday yozadi: “Mening butun fikru-yodim, qalbim – bilimlarni targ’ib qilishga qaratilgan, chunki men bilim orttirish lazzatidan bahramand bo’ldim. Buni men o’zim uchun katta baxt deb hisoblayman”.
Insonning oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, kambag’allar haqida g’amxo’rlik qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’st, inoq, ittifoq bo’lib yashashi uchun kurashib keldi. U insonga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng tarqalishiga katta e’tibor bergan allomadir.
Jahon madaniyati va ma’rifatiga katta hissa qo’shgan, Sharq va Evropada “Shayx-ur-rais – olimlar boshlig’i” unvoniga ega bo’lgan alloma Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) ilmiy merosi biz uchun bebaho xazinadir. U o’z umri davomida 450 dan ortiq asarlar yaratgan. Uning “Tib qonunlari” nomli 5 jilddan iborat kitobi asrlar davomida Sharq va Evropada medistina bo’yicha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda.
Ibn Sino yoshligida zo’r mehnat, izlanish, g’ayrat bilan ilmlarni o’rganishga kirishgan. U bu haqida shunday yozadi: “Uyquga ketgan vaqtimda ham o’ngimdagi masalalarni ko’rardim. Shu holatda ko’p masalalar tushumda menga ayon bo’lardi... shu zaylda hamma ilmlarni, mustahkam egallay oldim. Insonning imkoniyat darajasida egallaydigan darajada bilimni egallab oldim. Aristotelning “Metafizika”sini “qirq bir marta qayta o’qidim”. U menga hatto yod bo’lib ham qoldi. Lekin shunday bo’lishiga qaramay, men uni va uning maqsadlarini tushuna olmasdim”, - deb yozadi u tarjimai holida. Ibn Sino bu muammoni Farobiyning Aristotel “Metazifika”siga yozgan sharhini o’qib hal qiladi.
XVI-XIX asrlarda O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy-ma’rifiy tafakkur taraqqiyoti ikki yo’nalishda bordi. Birinchisi O’rta Osiyoning o’zida ro’y berdi. Ikkinchisi Hindistonda Boburiylar davridagi O’rta Osiyolik mutafakkirlarning ijodida namoyon bo’ldi (Bobur, Humoyun, Akbar, Shohjahon va boshqalar).
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida O’rta Osiyo ma’naviy-ma’rifiy qarash rivoji Boborahim Mashrab (1653-1711) nomi bilan chambarchas bog’liq. Mashrabdan boy ma’naviy badiiy meros qolgan. Mashrab o’sha vaqtda Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik oqimiga e’tiqod qilib, o’zining isyonkorona she’rlari bilan jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga harakat qilgan. O’z g’azallarida axloqiy, ma’naviy poklikka erishish, hayotdagi illatlarga qarshi kurashni kuylaydi.
U o’zi yashagan davr hokimlaridan adolatni kutadi. Hatto ularga murojaat qilib, xalq to’g’risida g’amxo’rlik qilishni, ularning arz-dodiga quloq solishni so’raydi. Mashrab kishilarni boylikka hirs qo’ymaslikka, o’zgalarga yaxshilik qilishga, sahiylikka, halol bo’lishga, o’z mehnati evaziga yashash, nafsni tiyishga chaqiradi.
Mashrab o’z ijodida xulq-odob masalalariga katta e’tibor berib, odamlarni yaramas hatti-harakatlardan, takabburlik va yolg’on so’zlashdan saqlanishga undaydi. Uning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashida farzandning ota-onani hurmat qilishi, ularni yuksaklikka ko’tarish g’oyasi muhim o’rin tutadi. Xususan, farzanddan otaning rozi bo’lishi lozimligi, aks holda yomon oqibatlarga olib kelishi haqida yozadi. Mashrab ijodidagi bunday g’oyalarning mustaqil O’zbekiston yoshlarini ma’naviy kamolga etkazishda ahamiyati katta.
XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning boshlarida ijod qilgan O’rta Osiyolik mutafakkirlardan biri Mirza Abdulqodir Bedildir (1644-1721). Undan juda boy ma’naviy meros qolgan. Unga Sharq Gegeli degan unvon, tavsif berilganki, bu uning zamonasining hamda Sharqning buyuk va yuksak ma’naviyat-ma’rifat egasi bo’lganligini ko’rsatadi.
Bedil o’z asarlarida avvalo inson haqida, mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va ehtirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy va diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir”. Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchu ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o’z baxtini o’zi yaratadigan zot deb qaraydi. “Odam abadiy yashashi mumkinmi?” – degan savolga mutafakkir ijobiy javob beradi.
Bedil insonga ikki xil abadiylik xosligini aytadi. Birini umumiy abadiylik – hamma narsaga, shu jumladan odam tanasiga ham xos moddiy abadiylik.
Ikkinchis xususiy abadiylik – o’z faoliyati, mehnati, yaxshi ishi bilan insonlarga manfaat etkazgan kishilarga xos. Bedil tiriklining ma’nosini – daraxt o’tkazish, ekin ekish, ularni parvarishlash, bechoralarga xayr-sahovat ko’rsatish, ojizlaroga yo’l ko’rsatish, bemorlarni borib ko’rish va boshqalardan iborat deb qaraydi.
Insonning abadiyligini belgilovchi omillardan biri ilmdir deydi mutafakkir. Inson umrining boqiyligi, adabiyligi haqidagi bunday qarashlar tahsinga sazovor. Zero, tarixda abadiy nomi qolgan ma’naviy tirik siymolar faqat ilm-ma’rifat va o’zlarining yaxshi ishlari bilan o’z nomlarini abadiyatga muhrlab ketganlar. Ular yoqqan ilm-ma’rifat shamlari mnecha asrlar bo’yicha insoniyat yo’lini yoritib kelmoqda va yana necha asarlar yoritgusidir. Bunday siymolar qatoriga dunyoviy va diniy ilmlar sohiblari kiradi.
Shunday qilib, O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O’rta Osiyo xalqlari ma’naviy va ma’rifiy qarashlarida inson va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o’rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi o’ziga xos ravishda o’z ichimini topganligini alohida qayd etishimiz mumkin.
Islom dini. Islom dinining rivojlanishida hadisshunoslik, kalom ilmi va tasavvufning o’rni. O’rta Osiyoda hadisshunoslik va kalom ilmining rivojlanishi.
Hadis ilmining rivojidagi oltin davr. Islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan 6 ta ishonchli xadislar ( As sihoh as-sitta ). «Hadis ilmida Amir al-Mo’miniyn» degan sharafli nomga sazovor bo’lgan Imom al-Buxoriyning ilm izlab sayoxat qilishlari. Imom Buxoriyga saboq bergan ustozlar. Termizlik mashxur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh. Imom al-Buxoriyning Nishopurdagi faoliyati. Imom al-Buxoriyning Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan aloqasining buzilishi.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».
Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo’lmaydi.
IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» (uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa halifa Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda namoyon bo’ladi.
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining taraqqiyoti; 2) yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda (metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun dunyoga taralgan edi.
O’rta Osiyoning qadimiy, qo’hna shaharlaridan Buxoro, Xiva, Samarqand kabi shaharlari, qadimda fan, madaniyat va ma’naviyatning markaxi bo’lib kelganligi bilan ajralib turadi.

Download 100,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish