Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit



Download 100,65 Kb.
bet13/20
Sana27.06.2022
Hajmi100,65 Kb.
#707949
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
SHARQ ALLOMA

Nazorat uchun savollar:
1. Abu Mansur al Motrudiyning ilmiy faoliyati haqida ma`lumot bering.
2. Motrudiyning bizgacha yetib kelgan asarlari haqida ma`lumot bering.
3. Motrudiyning islom dini oldidagi xizmatlari nimalardan iborat?
4. Mustaqillik yillarida Motrudiy nomining tiklanishi haqida ma`lumot bering.

QAFFOL ASH-SHOSHIYNING HAYOTI ILMIY MEROSI


Toshkent — o’rta asr arab manbalarida esa Shosh — tarix jarayonida ko’plab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat ahllarini yetish-tirgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ash-Shoshiydir. Qaffol ash-Shoshiyning to’la ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy bo’lib, arab manbalarida uning hurmatini bajo keltirish uchun nomiga katga, ulug’ yo muhtaram ma’nosini ifodalaydigan «al-Kabir» so’zini qo’shib yozadilar. Bu bilan o’tmishdoshlarimiz Qaffol ash-Shoshiyga nisbatan buyuk ehtiromni ifoda etganlar.
Qaffol ash-Shoshiy hunarmand oilada dunyoga kelgan ko’rinadi. Shu sababdan «Qaffol» — qulfsoz deb mashhur bo’lgan.
Qaffol ash-Shoshiy asli qulfsoz usta bo’lib, kichik va nozik qulflar yasaydigan, qo’li gul kishi bo’lgan.
Ash-Shoshiy dastlabki ta’limni o’z yurtida, keyinchalik Markaziy Osiyoda mavjud ma’rifat o’choqlarida oladi. Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarni kezadi. Bu yerlarda undan sal oldinroq o’tgan va anchagina meros qoldirgan Imom Ismoil al-Buxoriy (810—870), Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824—892) kabi yirik mutafakkir olimlar merosi bilan tanishadi, ulardan bahramand bo’ladi. U bir-muncha vaqt Samarqandda yashab, u yerda ta’lim oldi. Qaffol ash-Shoshiy qattiq kirishib, fiqhshunoslikni o’rganadi. Zero bu fan musulmon Sharq o’lkalarida juda keng tarqalgan va ijtimoiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu fanni egallagan kishilar hamma joyda qadrlanar, ularga zarurat ham katga, chunki ijtimoiy hayotda qonun-shunoslikka talab katga bo’lib turishi tabiiy edi. Qaffol ash-Shoshiy fiqh ilmini egallash bilan birga fikr doirasi o’ta keng, falsafa, mantiq, adabiyot sohalarini ham puxta egallagan, bu sohalarda eng bilimdonlar bilan munozara qila oladigan qudratga ega bo’lgan bir zot edi.
Qaffol ash-Shoshiy doimo ilm-ma’rifat istagida qo’nim top-may, bir o’lkadan ikkinchisiga — ilm chashmalaridan bahramand bo’lish niyatida Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarini kezadi, Hijoz, Bag’dod, Damashq kabi shaharlarga boradi, u yerlarda zamonasining ko’zga ko’ringan olimlaridan ilm-ma’rifat o’rganadi.
Qaffol ash-Shoshiyning ustozlariga qarab ham uning bilimi, qanday fanlarni o’rganganligini bilish mumkin. Manbalarning ko’rsatishicha, Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslik va tarix sohasidagi ustozi mashhur olim at-Tabariy (839—923) edi. Ma’lum bo’lishicha, Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy musulmon Sharq mamlakatlarining eng yirik tarixchisi bo’lib, ko’p jildlik asarlar muallifi edi.
Qaffol ash-Shoshiyning ikkinchi yirik ustozi Abul-Hasan Ali ibn Abu Muso al-Ash’ariy (873—941) edi. Bu kishi Sharqda kalomchilar oqimining asoschisi bo’lib, bu sohada anchagina asarlar yozgan edi. Ash-Ash’ariy aslida islom falsafasida mashhur bo’lgan ash’ariya oqimi asoschisi sanaladi. Tojiddin Abu Nasr Abdulvahhob as-Subkiyning (tug’ilgan yili 1327) xabar berishicha, «Qaffol ash-Shoshiy olim al-Ash’ariydan kalom ilmini o’rganar va o’z navbatida al-Ash’ariy undan qonunshunoslik sohasini o’rganar ekan».
Arab olimi va bibliografi ibn Xallikon (1211—1282) o’zining «Vafoyot al-a’yon» («Ulug’ kishilar vafoti») degan asarida Qaffol ash-Shoshiy haqida to’xtab shularni yozadi: «Qaffol ash-Shoshiy hadis ilmini bilgan, tilshunos, shoir odam edi. O’sha vaqtda Movarounnahrda u kishiga teng keladigan olim yo’q edi. Bu kishi Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom (Suriya) va boshqa o’lkalarga sayohat qilib, hamma yerda ham nom taratdi... u kishining ko’p asarlari bo’lgan».
Qaffol ash-Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarga oid asar yozgan. Uning «Odob al-qozi» («qozining fe’l-atvori»), «Odob al-bahs» («Bahs odobi») degan ta’lifi bo’lib, arab tilidagi she’rlari ma’lum. Bu xususda yuqorida zikr qilingan arab olimi ibn Xallikon yozadi: «qonunshunoslardan dastlab otilib chiqib «Husni jadal» («Dialektika go’zalligi») degan asar yozgan kishi ham shu Qaffol ash-Shoshiy edi».
Qaffol ash-Shoshiy yaxshi shoir ham bo’lib, o’z she’rlarini arab tilida yozgan. Ammo uning she’riy ijodi davrimizgacha yetib kelmagan, faqatgina as-Subhiyning «Tabaqat ash-Shofiiyya» («Shofiiyya mazhabi darajalari») degan kitobda she’rlaridan parchalar saqlanib qolgan. Usha she’rlarda shunday satrlar ham bor:
«Kimki uyimga mehmon bo’lib keladigan bo’lsa, dasturxonim doimo uning uchun yozilgan bo’ladi. Kimki mening dasturxonimdan biror narsa yesa, (bilsinki) undagi barcha noz-ne’mat peshona terim bilan topilgan, (ya’ni) halol bo’ladi.
Biz bor-budimizni mehmon oldiga qo’yamiz. Bordiyu (qo’yishga) narsa topolmasak, uholda sabzavot bilan sirka qo’yamiz. Shunda beg’araz, ko’ngli ochiq odam bo’lsa, u bunga rozi bo’lib ko’nadi; bordiyu baxil bo’lsa, u holda uni men tuzata olmayman».
Qaffol ash-Shoshiyning qonunshunoslikka doyr asari davr taqozasiga ko’ra islom tarqalgan mamlakatlarda keng ko’lamda yoyildi.
Qaffol ash-Shoshiyning qalamiga mansub bo’lgan she’rlar as-Subhiy asariga kirib qolgan. Bu parchadan ma’lum bo’lishicha, Vizantiya imperatori bilan arab xalifasi o’rtasida janjalli yozishmalar bo’ladi. Bu yozishmalarda Vizantiya imperatori arab xalifaligiga do’q va po’pisa bilan murojaat qilib, bir vaqtlar uning yerlari bo’lgan, hozir esa Bag’dod xalifasi egallab turgan o’lkalarni tinchlik bilan, osonlikcha ularga qaytarib berishni talab qiladi. Vizantiya hukmdorlari maktubni balandparvoz chiqishi uchun uni arab tilida she’r bilan bitadilar. She’r hoshimiylar xonadonidan bo’lmish hukmron xalifaga deb atalgan. Maktubda shunday satrlar ham bor:
«Biz sherdek otilib chiqib, o’z yerlarimizni egalladik. Damashq o’lkasi esa ota-bobolarimiz maskani edi, biz bu diyor mol-mulkiga ega bo’lamiz, Misrni ham qilichimiz tig’i bilan egallaymiz. Hijoz, Bag’dod, Sheroz, Ray, Xuroson, Quddus, Sharqu g’arb hammasini egallaymiz», deb xalifa va uning sarkardalariga dag’dag’a soladi, ularni ayyorlik bilan qo’rqitmoqchi va nihoyat ularni osonlikcha qo’lga kiritmoqchi bo’ladi. Xuddi mana shu voqyealar bo’lgan kezda Qaffol ash-Shoshiy Bag’dod shahrida bo’ladi. U xalifaliqda iqtidori zo’r olim, saroy a’yonlari o’rtasida yaxshigina qonunshunos, zabardast shoir sifatida tanilgan edi. Shu sababdan Vizantiya hukmdorining lashkarboshisi Tag’fur (arab manbalarida Takfur) xatiga javob yozish xalifalik nomidan Qaffol ash-Shoshiyga topshiriladi. Bu ham alloma ash-Shoshiyga nisbatan katta ehtirom edi.
Qaffol ash-Shoshiy maktubni o’qib ko’rib, o’sha maktub yozilgan she’r vaznida va o’sha tarzdagi qofiyada Tag’fur nomiga arab tilida javob she’rini yozadi. Vizantiyaliklarga mana shu ash-Shoshiy yozgan javob xatining yetmish to’rt bayti (148 yo’li) yuqorida zikr qilingan Tojiddin as-Subhiyning «Tabaqat ash-Shofiiyya» asari ichida saqlanib qolgan. As-Subhiyning yozishicha, vizantiyaliklar, xususan, uning lashkarboshisi Tag’fur ash-Shoshiyning bu javob she’rini o’qib, dahshatga tushadi. So’ng lashkarboshilar bundan taajjubga tushib, bir-birlaridan so’rashibdi:
— Bu javobni yozgan kishi kim bo’ldi ekan, u qaysi yurtdan ekan, xalifaliqda biz bunday iste’dodli zot borligini bilmas edik-ku?
Xullas, Vizantiya lashkarboshilarini Qaffol ash-Shoshiyning diplomatiya tarzida yozilgan javob maktubi esankiratib qo’yadi. Voqyeaning nima bilan tugashining bugungi kunda ahamiyati yo’q, lekin bu birgina misol orqali Qaffol ash-Shoshiyning zabradast davlat arbobi, hozirjavob shoir ekanligi ma’lum bo’ladi.
Qaffol ash-Shoshiy shunday ulug’vor va dovyurak shoir, ajoyib bir shaxe bo’lgan. Afsuski, uning adiblik, shoirlik, tilshunoslik, mantiqshunoslik faoliyati bilan deyarli hyech kim shug’ullanmadi, uning jadal dialektikaga oid asari ham o’rganilgan emas.
Manbalarning ko’rsatishicha, bag’dodlik Xo’ja Muhammad Nomiy degan olim Qaffol ash-Shoshiy qo’lida o’qigan, natijada u bilan qalin dust bo’lib qolgan ekan. Shu kishi o’z oilasi bilan birga ash-Shoshiyga ergashib Toshkentga kelgan, umrining oxirigacha shu yerda qolib ketgan. Qaffol ash-Shoshiy 976 yili Toshkentda vafot etgan va shu yerda dafn etilgan. Hozir Toshkentning xalq orasida «Hastimom» deb ataladigan joy shu mo’tabar zotga nisbatan aytiladigan nom «Hazrati imom»ning qisqargani bo’ladi. Aslida bu joyning nomi Hazrati Imom Qaffol ash-Shoshiydir. U kishining qabrlari tegrasida Toshkentda mashhur bo’lgan mo’tabar zotlar dafn etilgan.
Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy hijriy 366 (milodiy 976) yili Toshkentda 75 yoshida vafot etadi. Hozirgi “Hazrati Imom” majmuasi hududidagi Kaykovus arig‘i yoqasidagi qabristonga dafn qilinadi. Uning o‘sha davrlarda qurilgan qabristoni shamollar va vaqt o‘tishi bilan vayron bo‘lib, XVI asrda (1542 yil) Temuriylar avlodi, me’mor G‘ulom Husayn tomonidan qurilgan.
Maqbara XVI asr me’morchiligining nodir asari bo‘lib, to‘rt tarafi moviy gumbazli to‘rtburchak shaklda. Bino pishgan g‘ishtdan qurilgan, me’mor-ustalarning ismi va inshootining qurilgan sana keltirilgan tarixiy yozuv tushirilgan koshinlar bilan bezatilgan. Oynalari Toshkentga xos an’anaviy ganch panjaralara bilan bezalgan.
Qaffol Shoshiy maqbarasi xonaqohi assimetrik rejalashtirilgan, ko‘p hujrali noyob maqbara turiga kiradi. Xonaqohi majmuiy inshoot ko‘rinishida bo‘lib, o‘z ichiga kelyalar, masjid, dahma, oshxona va boshqa xonalarni oladi. Ular ziyoratchilarga yashash hujralarida qulaylik yaratish uchun qilingan.
Qaffol Shoshiy qabrtoshining ikki tomoniga chillaxona qo‘shilgan bo‘lib, maqbaraning bo‘rtgan eshigida joylashgan. Bu yerdan sal pastroqda o‘g‘illari “Buyuk Imom” — Muhammad at-Shoshiy va Nizomiddin Shoshiy maqbaralari joylashgan. Maqbarada, shuningdek, Bog‘doddan Toshkentga kelib, shu yerlarda qolib ketgan Muhammad Nomi va uning otasi Xoja Kalonlar ham dafn etilgan. Bosh binoning janubida kichik hovlida qadimiyroq ko‘mish joyi o‘rin olgan bo‘lib, “sag‘ana” nomini olgan. Maqbaraga kirishda Hofiz Ko‘haqiy va Ulug‘bekning nabirasi, buyuk olimning o‘quvchisi va izdoshi Ali Qushchi dafn etilgan. Kirish qismining chap tarafida taniqli hirotlik shoir, Baraqxonning ustozi Zayniddin Vasifiy dafn etilgan.
Buyuk Imomning maqbarasi juda ommabop va butun musulmonlar olamida yuqori ulug‘lanadi. U imonlilarning ko‘zga ko‘ringan tabarruk qadamjosiga aylanib, shaharning eski shahar qismining butun Sebzor aholisi orasida Hazrati Imom nomi bilan tanilgan. Qaffol ash-Shoshiy maqbarasi Toshkentning qadimiy, ko’zga ko’ringan tabarruk bir qadamjosi sanaladi.

Download 100,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish