Suveren Qoraqalpog'iston davlatining paydo bo`lishi
Qoraqalpog`iston milliy davlatchiligi o`z taraqqiyoti tarixida birinchi marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo`ldi. Ayni paytda u suveren davlatning barcha ramzlariga ega.
♦ 1992-yil 14-dekabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi sessiyasida Qoraqalpog`iston Davlat bayrog`i tasdiqlandi.
♦ 1993-yil 9-aprelda Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining o`n ikkinchi sessiyasida Davlat gerbi tasdiqlandi.
♦ 1993-yil 4-dekabrda Qoraqalpog`iston Respublikasi Oliy Kengashining o`n to`rtinchl sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan 1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 75 deputatdan iborat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Respublika parlamenti Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qarg`i Kengesi deb ataldi. Jo`qarg`i Kengesning 1995-yil 11-yanvarda Nukus shahrida bo`lib o`tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo`qorg`i Kenges Raisi, uning o`rinbosarlari, mandat konussiyasi, 8 ta qo`mita raislari va uning a'zolari saylandi. Ayni paytda, deputatlar qo`mitalar raislari rahbarligida Qoraqalpog`iston qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish hamda erkin bozor munosabatlarini shakllantirishga mo`ljallangan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi. Jo`qorg`i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi Kengash tashkil qilindi. Uning tarkibiga Jo`qarg`i Kenges Raisi, Rais o`rinbosarlari, mandat komissiyasi va qo`mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning tarkibiga Rais, ikkita birinchi o`rinbosar va 4 ta tarmoq o`rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarkibiga vazirliklar va qator tarmoq qo`mitalari rahbarlari ham kiritilgan.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o`zining ish olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog`iston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan qator jamoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlarning tobora qaror topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Respublika hududida hukumatga qarashli bo`lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi», «EKOSAN», «Aralsos», «Sog`lom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlarning bo`limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda, shuni ta'kidlash joizki, istiqlol yillarida Qoraqalpog`istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamonaviy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo`yilgan bo`lsa-da, xali bu borada qator muammolar saqlanib qolmoqda,
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo`lgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qarg`i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayotgan kamchiliklarni chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qonun va qarorlarni hayotga to`la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini qaror topdirishda xali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Mazkur sessiyada nutq so`zlagan Prezident I. Karimov «...Har bir boshqaruv tizimi, har bir rahbar organ, awalo o`z tasarrufida belgilangan, topshirilgan ishlar bUan shug`ullanishini ta'minlashi zarur», deb qayd etgan edi.
Sessiyada Qoraqalpog`iston boshqaruv tizimida bir qator kamchiliklar mavjudligi ro`yi-rost ko`rsatib o`tildi. Jumladan, Jo`qarg`i Kenges va Vazirlar Kengashi faoliyatlaridagi bir-birini takrorlash hollari tanqid qilindi. Amaliy faoliyatga xalaqit berayotgan rasmiyatchilik, qog`ozbozik, bo`lar-bo`lmas ma'lumotlar to`plash kabi nuqsonlar tilga olindi.
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo`yishdagi rasmiyatchilik illatlariga barham berish alohida ta'kidlandi. Jo`qarg`i Kenges amalda tarixga aylanib qolgan va o`tmish sarqiti hisoblangan — sho`rolar davridagi «Oliy Sovet Prezidiumi» rolini bajarayotgani ko`rsatib o`tildi.
Jo`qarg`i Kenges qo`mitalari faoliyati o`z maqomiga va o`z oldiga qo`yilgan vazifalarga mos kelmayotgani, ishlab chiqarishga doir masalalar bilan o`ralashib qolayotgani ko`rsatib o`tildi.
Uchala hokimiyat organi kengashi va sud hokimiyatlari o`z maqomi doirasida ish olib bormog`i lozimligi qayd etildi. Ana shunda haqiqiy demokratik jamiyat shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |