12-§. QORAQALPOG`ISTON RESPUBLiKASIDA XALQ TA'LIMI, FAN VA MADANIYAT
Milliy madaniyat va xalq ta'limi
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy madaniyati, jozibali san'ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari udum va an'analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko`p qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo`ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va erk uchun kurashgan Yernazar Olako`z, Ollayor Do`stnazarov singari xalq qahramonlarining — jasoratli, o`t yurakli qoraqalpoq farzandlarining orzu-armonlari amalga oshdi.
Milliy madaniyat va ma'naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy meroslarining to`la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug`lanishiga yo'1 ochib berildi.
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To`lepbergen Qaibergenov, Tilovbergen Jumamuratov kabi Qoraqalpoq yozuvchi va shoirlarining asarlari xalqlarimiz ma'naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamolov, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar O`zbekiston fani rivojiga juda katta hissa qo`shdilar.
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston madaniy hayotida ham jiddiy o`zgarishlar haqida gap ketganda, avvalo xalq ta'limi tizimida yuz bergan o`zgarishlarni ta'kidlash o`rinli. Bugungi kunda respublika xalq ta'limi tizimi milliy uyg`onish, ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol o`ynamoqda.
Respublikada yangi tipdagi o`rta umumta'lim muassasalari — litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlarni chuqurlashtirilgan holda o`qitiladigan maktablar, biznes maktablar, kollejlar va boshqalar tez rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda Respublikada 25 tadan ziyod maktab va maktab internatlarda o`quvchilarning fanlarni o`rganishga bo`lgan qiziqishlari asosida muayyan fanlarni chuqur o`rgatishga yo`naltirilgan. Bundan tashqari qator maktablarda ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etilgan.
2003-yilga kelib Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida uzluksiz talim tizimini tubdan isloh qilishda samarali natijalarga erishildi. Eski turdagi ta'lim muassasalari o`rniga yangi turdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari tashkil etildi. Qoraqalpog`iston Respublikasida 1998—2002yillarda 3 ta akademik litsey va 33 ta kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Hozirgi paytda respublikada 763 ta umumta'lim maktabi, 405 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 91 maktabdan tashqari ta'lim muassasasi (shundan 28 tasi bolalar sport maktabi) faoliyat ko`rsatmoqda.
Bolalarga xorijiy tillarni, xoreografiya, tasviriy va musiqa san'atini, kompyuter savodxonligi asoslarini o`rgatuvcbi guruhlar tashkil etildi.
Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida respublika uchun zarur bo`lgan soha kadrlarini tayyorlashga e'tibor kuchaytirildi. Milliy hunarmandchilikni rivojlantirishga, gilam to`qish, keramika buyumlari tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyorlashga ahamiyat berila boshlandi.
Respublikada o`rta bo`g`indagi kadrlarni tayyoriash tizimida 2003yilga kelib 71 ta o`quv yurti faoliyat ko`rsatdi. Shundan 68 tasi kasbhunar kollejlari, 3 tasi akademik litseylardir. Bugungi kunda mazkur o`quv yurtlarida 51 mingdan ortiq o`quvcbi tahsil olmoqda.
Istiqlol yillarida Respublikada oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashga ham alohida e'tibor qaratildi.
Berdaq nomfdagi Qoraqalpog`iston Davlat Universitetida bugungi kunda 33 ta mutaxassislik bo`yicha bakalavrlar, 15 ta mutaxassislik bo`yicha esa magistrlar tayyorlanmoqda.
O`ziga xos tarixga ega bo`lgan Ajiniyoz nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur o`quv yurtining 15 ta fakultetida 4 ming 402 ta talaba ta'lim olmoqda.
O`lkada sog`liqni saqlash sohasidagi kadrlarni tayyorlash borasida ham muayyan ijobiy o`zgarishlar yuz berdi.
Respublika sog`liqni saqlash muassasalarining tibbiyot xodimlarigc bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 1991-yilda Nukusda Toshken Pediatriya tibbiyot institutining Qoraqalpog`iston filiali tashkil etildi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri qiyinchiliklariga qaramay respublika hukumati xalq ta'limi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko`rmoqda. Keyingi besh yil mobaynida yangidan maktablar qurish va kapital ta'mirlash hisobidan 30 ta maktab avariya holatidan chiqarildi. 2001-yili hashar yo`li bilan 2 ta maktab binosi, 2002-yili 8 ta maktab binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 2003yilning o`zida esa 7 ta maktab va kasb-hunar kolleji yangidan qurilib ishga tushirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |