247
1.
Xarajatlarga asoslangan strategiya. Bunda tovar narxini belgilash
uchun ishlab chiqarish xarajatlari, muomala sarflari va qo‘shimcha
xarajatlarga mo‘ljallangan foyda qo‘shiladi.
2.
Talabga asoslangan strategiya. Bunda iste’molchilar xohish va
istaklari tahlil qilinib, unga mos narx belgilanadi.
3.
Raqobatga asoslangan strategiya. Bunda raqibning tovaridan o‘z
tovarining afzallik tomonlari, servis va raqobat muhiti e’tiborga olinib,
tovarga yuqori yoki past narx belgilash mumkin.
Narx belgilash strategiyasini ishlab chiqishning besh bosqichi mavjud:
-
narx belgilash maqsadlarini shakllantirish;
-
narx belgilashning umumiy siyosati;
-
narx belgilash strategiyasining o‘zi;
-
narx belgilash strategiyasini amalga oshirish;
-
narxlarni moslashtirish.
Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx
belgilash strategiyasini
ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni yaxshi
o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra bilish qobiliyati
muhim rol o‘ynaydi.
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab chiqarish va
bozor sharoitlarining o‘ziga xosligiga mos keluvchi va shu tufayli narxga
oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi “Narx” konsepsiyasini
ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan savdo imkoniyatlari
mavjud bo‘ladi.
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning uchun
narx strategiyalari, uning vositasida narx aksiyalari uzoq muddatlinarxga doir
muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan “Maqsad” narxga oid strategik
konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga ega:
narxga oid axloq
(narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala prinsipi), narxni hal
qilishning vaqtinchalik gorizontlari (qisqa yoki uzoq muddatli narxga oid
maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat – qiziqish- larni e’tiborga olish
(masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki aksionerlar qiziqishlari
(manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx qo‘yish qarorlaridagi katta
noaniqliklar riskka chidash ahamiyatiga ega. Masalan, raqobatchilar bilan
narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning o‘sishiga
erishish mumkinligini
prinsipial jihatdan aniqlash kerak.
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt
—
strategik uchburchak: korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar
hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va raqobatchilar bilan
mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu aloqa mahsulot qiymati va
so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi – bir
tomondan, o‘zida takliflar natijaviyligi orasidagi farqni, boshqa tomondan,
to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir. “Iste’molchilar foydasi”
konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng bo‘lmagan “narx-natijaviylik”
248
nisbati haqida ketmoqda. Taklifning natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot
va assortiment (tur)lar natijaviyligi bilan belgilanadi.
Narx natijaviyligi
narxning tiniqligi ochiq-ravshanligi, narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati,
shuningdek, narx hissiyotlari, masalan, narxdan faxrlanish, narx nufuzi, narx
qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob narx
takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular ko‘pincha
ma’lum servis ishlari bilan bog‘liq, masalan, narxga oid yaxshi maslahat,
narxning aniq, tushunarli markirovkasi (ifodalanishi), qulay ta’mirlashga
xizmat ko‘rsatish.
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida muvaffaqiyat
uchun hal qiluvchi iste’molchilarga korxona tomonidan bu foyda haqida
axborot berilganligidir. Konsepsiyaning keyingi muvaffaqiyatlari belgisi
uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda tutuvchi originalligidir.
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi
qanchalik
innovatsion
va
takrorlanmas bo‘lsa, u e’tiborni shunchalik ko‘p
jalb qiladi va pozitiv
imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi konsepsiyasi
hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga ololmaganligi bois u
ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni qamrab oladi (narxga oid
segmentlash).
Raqobatchilar
bilan
raqobat
agar
“narx-natijaviylik” foydasi
raqobatchilar ega bo‘lmagan va korxonani noyob narxga oid taklif bilan
ta’minlaydigan strategik muvaffaqiyatli potensialda to‘xtagan bo‘lsa, uzoq
vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki yuqori narxga
oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni narxga nisbatan
qanchalik tajovuzkor yoki osoyishta bo‘lishiga qarab korxona ham narxlarga
nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning hammasi “Raqobat” strategiyasida
umumlashadi. Bu konsepsiya raqobatchilarga nisbatan o‘ziga xos narxga oid
pozitsiyalanishni, ularning narx o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha
yetakchilik), narxga oid raqobatchilikda
strategik hujum va himoyani
tasvirlaydi.
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning
uchun optimal “Mix”ga qanday qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning
(“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham shunday e’tibor
qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi taktik-
operativ aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat” narxga oid
strategik konsepsiyani, shuningdek, strategik maqsadlar tizimini o‘zida aks
ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy samaralar va ta’sif kuchayadi,
shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni namoyish qilish ham
yaxshilanadi.
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik jihatlarga
ega bo‘luvchi taktik-operativ aksiyalarning prinsipial yo‘nalishlari haqida
ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif qilina-yotgan mahsulotni “narx-
natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial namoyish qilish, narxlarni
differensiyalashda esa – narx defferensiat- siyasining kengligi va chuqurligi,
249
narxlar o‘zgarganda – o‘zgarish variantlari (uzoq
muddatli past narx yoki
narx aksiyasi), narx liniyalari siyosatida – narxning mavjud va potensial
unumdorlik (mahsulot) dasturi haqidagi masalalar hal qilinmog‘i lozim.
Qarorlarning hammasi strategik xarakterga ega.
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga nisbatan
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun takliflar chizig‘i.
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab
chiqarish vaziyatlarida ishlayotgan korxonalar tovar va uning narxi
yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: