Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

Yuqori narxlar strategiyasi. 
Bu strategiya tovar narxini sotib 
oluvchilar idrok qiladigan qiymatiga nisbatan yuqoriroq narx qo‘yishni 
ko‘zda tutadi. Narx aslidagidan yuqori, sotuvchilar loyiq ko‘rgan narx 
qo‘yiladi. Biroq sotuvchi sotib oluvchilarning bu tovarga ega bo‘lib, o‘z 
istaklarini qondirish uchun ana shunday narxga ham rozi bo‘ladigan 
segmentlari mavjudligini bildiradi. 
Yuqori narx strategiyasi yangi, yuqori sifatli, 
patent 
bilan 
himoyalangan, ishlab chiqish uchun yuqori sarf va bozorga olib chiqish 
uchun vaqtga ko‘ra uzoq xarajat talab qiluvchi tovarlarga nisbatan qo‘llanadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan parametrlar, shuningdek, cheklan- gan resurslarni 
nazorat qilish va korxonaning imiji korxonani potensial raqobatchilar 
tomonidan keladigan xavfdan himoya qiladi, unga uzoq vaqt mobaynida 
talab narxi bo‘yicha nisbatan noelastik bo‘lgan xaridorlardan “ishlab olish”ga 
imkon beradi. “Mukofotli”, deb ham ataluvchi bu narx strategiyasi eng 
yuqori sifatli mahsulotlarga tegishli va uzoq vaqt davomida yuqori darajali 
narxlar belgilanishini ko‘zda tutadi. 
Yuqori narxlar strategiyasiga “qaymog‘ini olish” strategiyasi ham 
kiradi. U yangi tovarni bozorga kiritish bosqichida o‘rnatiladi. Bu 
strategiyaning maqsadi, bu tovar katta boylik va daromadga ega bo‘lgan 
xaridorlarning kattaroq qismidan ko‘proq “ishlab qolish”. “Qaymog‘ini 
olish” strategiyasi korxona ushbu tovarni, unga birinchilardan bo‘lib ega 
bo‘lish uchun katta narxda sotib olishga tayyor xaridorlar doirasi 
mavjudligiga ishongandagina qo‘llanishi mumkin. Bozorning bu segmenti 
to‘yingach, korxona xaridorlarning yangi guruhini – talabi avvalgi xaridorlar 
segmentiga nisbatan narx bo‘yicha ancha elastik bo‘lganlarni jalb etish uchun 
narxni asta-sekin pasaytira boradi. Narxni pasaytirish hamma imkoniyatlar 
qo‘llanib bo‘lingan bo‘lsa yoki narxni keyingi pasaytirishlar naf keltirmasligi 
ayon bo‘lgunga qadar amalga oshiriladi. 
Yuqori narxlar strategiyasi, shuningdek, ushbu yangi tovarni ommaviy 
ravishda o‘tkazishdan uzoq muddat istiqbolga ega bo‘la olmaydigan 
korxonalar tomonidan ham (masalan, yetarlicha ishlab chiqarish quvvati 
yo‘qligi sababli) qo‘llaniladi. Bunday korxonalar yuqori narxdan ushbu 
tovarni tadqiq etish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni tezroq 
qoplash va yangi, boshqa ishlanmalar uchun 


250 
mablag‘ olish maqsadidagina foydalanadilar. Ular o‘z tovarlari uchun 
“birinchisini – bozorga” degan obro‘ yaratadilar va bir qancha vaqtdan keyin 
o‘z xaridorlarini katta ishlab chiqarish va sotish quvvatiga ega boshqa 
firmalarga “beradilar”. 
Yuqori narx strategiyasi korxonalar tomonidan ko‘pincha o‘z 
tovarlarini, uning bahosini sinovdan o‘tkazish (tekshiruv, sinovlardan 
o‘tkazib, ma’qullatish), narxini asta-sekin maqbul darajaga keltirish uchun 
qo‘llaniladi. Agar yuqori narxlar savdoning o‘ta past hajmiga, foydaga sabab 
bo‘lsa, korxona tanlov asosida narxni to savdo natijalari uning istagiga javob 
beradigan darajaga yetguncha pasaytiradi. 
Yuqori narxlar davrida firma: bozorning yangi segmentlarini aniqlash 
(dastlab yuqori narx strategiyasi narxga nisbatan sezuvchan bo‘lmagan 
segmentlarda o‘tkaziladi), talab, ishlab chiqarish xarajatlari haqida axborotlar 
olish, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan narxga nisbatan 
javob reaksiyasini kechiktirish, mahsulotni sifatli mukammallashtirish, yangi 
mahsulot tadqiqotlari va ishlanmalari bilan bog‘liq xarajatlarni avval qoplash 
kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Yuqori narx strategiyasi firmaga, agar 
hisob-kitoblarda xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, narxni pasaytirishga imkon 
berishi mumkin. Tovarnarxini pasaytirish uni oshirishdan oson. 
Yuqori narx strategiyasi quyidagi hollarda yuqori natija beradi: 

yuqori narx tovarning yuqori sifat tarzini saqlaydi; 

narxga nisbatan e’tiborsiz bo‘lgan ko‘p sonli xaridorlar tomonidan 
joriy talabga yuqori barqaror daraja kuzatiladi. Bunday hollarda katta 
miqdordagi mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar yo‘qolishi kam sonli 
mahsulotlarni dastlabki yuqori narxlarda sotilganiga nisbatan uncha sezilarli 
bo‘lmaydi; 

yuqori va me’yordagi narxlar orasidagi farq uncha katta emas, chunki 
bunday hollarda bozorga raqobatchilar «yorib kirishi»ga sharoit yaratilmaydi; 

raqobat chegaralangan; 

tovarning uncha katta bo‘lmagan hajmi chiqarilganda mahsulot 
birligiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlari darajasi ishlab chiqarish 
quvvati to‘liq ta’minlanib ishlaganda qilinadigan xarajat darajasidan unchalik 
oshmaydi; 

bozorga kirish uchun anchagina to‘siqlar mavjud (patentlar, tovarlar 
ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarning yuqori darajasi, mahsulotlarni 
bozorga yo‘llash bo‘yicha vaqtiga ko‘ra katta va davomli xarajatlar va 
boshqalar). 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish