Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

10.1 – rasm. 
Narxga oid bilimlar mazmuni 
 
Shunday qilib, narxga qiziqish, narx siyosatini bilish, narxga oid 
axborotlarga ega bo‘lish, narxga bog‘liq ruhiy holatlarning yuzaga kelishi 
ham amaliy jihatdan juda qiziq va tovarni sotilish hajmi korxona foydasiga 
bevosita ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi. 
Narxlarni qabul qilish. Narxlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi 
yuqori darajada subyektiv bo‘lib, u yoki bu darajada real voqelikdir. 
Narx siyosati doirasida, narxlarning qabul qilish sohasida psixologiya 
nazariyalari, moslashish nazariyalari, assimetriya va kontrast nazariyasi, 
istiqbol nazariyalaridan foydalaniladi. 
Narxlarni qabul qilish, deganda individum orqali narx haqidagi 
ma’lumotni sensorli ravishda qabul qilish tushuniladi. Natijada xaridor 
tomonidan ijobiy yoki salbiy, ruhiy holat yuzaga keladi. Narxlarni his qilish 
turli xaridorlarda turlicha namoyon bo‘lib, bir xil mahsulotga bir xaridorda 
uni sotib olish qarori shakllansa, ikkinchi boshqa pastroq narxdagi xuddi 
shunday tovarni qidirishga tushadi. Xaridor xulq–atvori juda ko‘p shaxsiy – 


240 
ichki va tashqi omillarga bog‘liq. 
Xarid qobilyati muhim omil hisoblanadi va narx hissiyotiga bevosita 
ta’sir etadi. Albatta puli ko‘p xaridor uchun xarid qilsh kam ta’minlangan, 
puli cheklangan xaridorga nisbatan juda oson va tez kechadi. U narxlarni 
bozor bo‘yicha o‘rganmasdan eng sifatli va qimmattovarni tezda xarid qiladi 
va aksincha, puli cheklangan va oz pulga ko‘p narsa olishi kerak bo‘lgan 
xaridor arzon narxlarni qidiradi. Axir u barchaiste’mol ehtiyojini cheklangan 
holda bo‘lsada qondirishi kerak. Fiziologik ehtiyojlarni qondirish birinchi 
navbatda turadi. 
Narxni qabul qilishga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
1.
Motivatsion (rag‘batlantiruvchi) omillar: shaxsiy ishtirok, ijtimoiy 
tan olinganlikka intilish sifati, qulaylikka, iqtisodiy jihatdan naflilik 
ko‘rsatkichlari iste’molchida rag‘batni (motivatsiyani) shakllan- tiradi. 
2.
Kognitiv omillar: sifat jihatdan to‘g‘ri baholashga layoqatlilik, 
zehnning o‘tkirligi (axborotlarning ko‘pligi, narxga oid bilimlarga egalik), 
aqliy salohiyat, tajriba, sotuvchiga ishonch, o‘ziga ishonch, markaga sodiqlik 
va boshqalar. 
3.
Vaziyatli omillar: narxni taklif etish usuli (shakli, narx struk- turasi) 
to‘lov shakli, vaqt bosimi, raqobatchi takliflari va narxlari, xaridorning 
kopmleks muammolari, narxlarning o‘zgaruvchangligi, narx etiketkalarining 
mavjudligi, mahsulotni ishlatishdan maqsad, xaridorning xarid qobilyati, 
sotish joyi (Gipermarket yoki oddiy cha- kana savdo do‘koni) ning narx imiji. 
Xaridorlarning xarid qobilyati va tovarga nisbatan ishonchliligi narxdan 
o‘zi uchun kerakli mahsulot yoki xizmatni sotib olishga tayyorligi ta’sir 
etuvchi determinantlar hisoblanadi. Potensial iste’mol- chilarni so‘rovnoma 
qilib ularning narxga nisbatan xaridga tayyorligi aniqlanadi. Shu bilan 
birga narx ostonasi ham aniqlanadi. Agar narx ostonasi yuqori darajadan 
o‘tib ketsa xaridor u tovarni sotib olmaydi. Individual xarid ehtimolligi nolga 
teng bo‘ladi. 
Narxning absolyut quyi chegarasi xaridorda tovar sifatiga shubha 
uyg‘otadi. Natijada xaridorlar past narxdagi mahsulotni boshqa sotib 
olmaydilar. Xaridorlarning bunday xulq-atvori, ma’lum sharoitlar bilan 
bog‘liq bo‘lib, ular juda arzon tovarni olib tavakkal qilishdan qo‘rqish- larini 
ko‘rsatadi. 
Narxlarning uch turi (ostonasi) farqlanadi: silliq narxlar yaxlit raqam 
bilan tugaydi (masalan,75000 so‘m); yaxlitlangan narxlar ya’ni 63 ming 
480 so‘m= 63 ming 500 so‘m; siniq narxlar ko‘pincha 9 raqami bilan tugaydi 
(32,999 so‘m). 
Savdo do‘konlarida chegirmalar vaqtida yaxlit narxlar, juda oz 
kamaytirilib oxirgi raqamlari (5,999) bilan tugaydi. Masalan 6,800 turgan 
tovar (5,999 ga pasaytirilib) 5 raqami xaridor e’tiborini jalb qiladi, narx 
pasayibdi, deb xaridor shu tovarni sotib oladi. 
Amalda har bir xaridor bunday narxlarga duch keladi. Raqamlar bir 


241 
qarashda 1 birlikka kamayganday ko‘rinsada, aslida 0,5 – 0,7 birlikka 
kamaygan bo‘ladi. 
Narx «ostonasi» samarasi quyidagilar bilan izohlanadi. 

iste’molchilar 
narx shkalasini 
diskret kategoriyalarda 
o‘zlariuchun bo‘ladilar (masalan 5000 so‘m o‘rniga 4,899— beshdan 
kam). 

iste’molchilar o‘zlarining subyektiv maksimal narxlarini yaxlit- 
langan raqamlarda belgilaydilar (masalan uchdan (3) past, 5 dan yuqori). 

xaridorlarda 
yaxlit 
narxlardan 
ko‘ra siniq narxlarda 
tovarolganda iqtisod qildim, deb o‘ylaydilar. 

birinchi raqamni iste’molchilar kuchliroq his etadilar. 10 o‘rniga, 
9,95. 
Shunga qaramasdan ba’zi tadqiqotchilar siniq narxlarning mahsulot 
sifatini xaridor tomonidan to‘g‘ri his etilishiga salbiy ta’sirini ko‘rsata- dilar 
(imij - samara). 
Siniq narxlarning shakllanishi bozor iqtisodiyoti amaliyotining mah-suli 
bo‘lib, iste’molchi xulq — atvoriga tez ta’sir ko‘rsatishi va super- 
marketlarda savdo aylanmasining keskin oshishiga olib kelishi amalda o‘zini 
oqlayapti (Korzinka.uz., Megaplanet, Makro va boshqalar). 
Xaridor tomonidan narxning ijobiy qabul qilinishi uchun narx optikasi 
qo‘llaniladi. Narx optikasi, deganda sotuvchi tomonidan Tovar narxi, 
reklamasi, narxni kelishish kabi chora – tadbirlardagi barcha urinishlar 
tushuniladi. Narxning iste’molchi tomonidan qabul qilinishiga turli omillar 
ta’sir etadi. Shu omillar ta’siri ostida xaridorning xarid xulq-atvori 
shakllanadi. 
Iste’molchining xarid xulq-atvoriga quyidagi omillar turlicha ta’sir 
ko‘rsatadi. 

komplekt uchun yagona (umumiy) narxning qo‘yilishi, uning harbir 
alohida qismi uchun qo‘yilgan narxga nisbatan ijobiy qabul qilinadi. 

komplektga qo‘yilgan chegirma, uning har bir alohida qismi uchun 
qo‘yilgan chegirmada narx iste’molchi tomonidan yaxshiroq his etiladi. 

mahsulotning naflilik darajasi ko‘rsatilganda uning har bir 
ingrediyentining foydaliligi ko‘rsatilsa iste’molchini ko‘proq jalb etadi. 

soliq stavkalarining o‘sishi bilan narxlarning keskin o‘sishi, narxni 
o‘z-o‘zdan ko‘p marta oshirilganidan yaxshiroq his etiladi. 

bir necha marta oz-ozdan narxning pasaytirilishi, bir marta ko‘p 
pasaytirilgandan ko‘ra xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

yuqori narxlarda tovarga kichik «sovg‘a» qo‘shib sotish ham 
iste’molchini o‘ziga jalb etadi (avtomat kir yuvish mashinasiga, dazmol yoki 
changyutgich qo‘shib berish, juda ham qiziqarli). 

kreditga maishiy - texnika tovarlarini sotish. 

naqd pul oqimi kamligida pul o‘tkazish yo‘li bilan, plastik 


242 
Narxning qabul qilish 
natija bilan 
solishtirish 
Narxni qabul 
qilish 
kartochkalar orqali to‘lovni oshirish ham iste’molchini yetarli jalb qilish 
hisoblanadi. 
Yuqoridagi narxlarning shakllanishi xususiyatlari bozor sharoitida 
iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etib, uning xarid qilish haqida qaror qabul 
qilishida muhim omil hisoblanadi. 
Xaridorlarning narxdan yuqori darajada qoniqqanligi korxona 
marketingining bosh vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Xaridorlarning yuqori 
darajada qoniqishi korxona ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, foydaning 
ko‘payishiga olib keladi. Iste’molchilarning qoniqqanligini tadqiq qilishda, 
avvalo, tovarning iste’molchiga qanchalik foyda keltirgani, ya’ni naflilik 
darajasi bilan baholanadi. Bunday tadqiqotlarda tovar narxiga ikkinchi 
darajali sifatida qaraladi. 
Iste’molchining narxdan qoniqqanlik darajasi modelini 10.2- 
rasmda ko‘rish mumkin. 
10.2.-rasm. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish