234
Agar xaridorlar to‘lash imkoniyatlari yo‘qligini sabab qilib, mahsulotlar
narxining bir qismini to‘lasa, qolgan pulini kelishilgan muddatda to‘lashni
kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi vujudga keladi.
Dispozitsion tavakkalchilik. Ayrim mamlakatlarda chet el ishlab
chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy
–
iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.
Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridor- larda
ham kuzatiladi.
Narx siyosatida maqsadlarsiz qabul qilinadigan strategiya vositalari-dan
katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx menejmentining
asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari maqsadlar tizimini keltirib
chiqaradi. Har bir tashkilot individual ustuvor maqsadlardan kelib chiqqan
holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. Shu sababli ilmiy asoslangan
maqsadlar tizimi mavjud emas. Narx siyosatida maqsadlar tizimi ishni
amalga oshirish nuqtasidir. Agar potensial narxlar maqsadlar piramidasida
iyerarxiya ko‘rinishida ifodalangan bo‘lsa, bu juda yaxshi. Bu o‘z ichiga
hamma maqsadlarni olmaydi, ammo ifodalangan maqsadlar munosabati narx
siyosatini tushunishga yordam beradi. Umuman olganda narx siyosatini
korxona- ning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda
ham qo‘llash lozim. Korxona narx siyosati oldiga qo‘yadigan maqsadlariga:
daromadlarni maksimallashtirish, tizimlarni maksimallashtirish, ma’lum
foyda normalarini olish, kelayotgan daromadlarni saqlash, xarajatlar
kompensatsiyasi, ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish, bozorga kirish,
raqobatchilarni kamaytirish, potensial raqobatchilarni bozorga kiritmaslik,
bozorda mavqeyini saqlash va kengaytirish, o‘z faoliyati uchun turg‘un va
ijobiy muhitni, korxona faoliyatini saqlash kabilarkiradi. U yoki bu maqsadni
amalga oshirish uchun marketing vositalaridan foydalaniladi. Biz o‘z
diqqatimizni marketing maqsad- lariga qaratamiz. Narx siyosatida maqsadlar
tizimi rivojlanishi yuqori- dan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda
maqsadlarning agregatlangan variantlari vositasida kirim yoki o‘rtacha narx
xaridorlarning narxdan qoniqishi yoki narxga ishonch maqsadi yaqinlashadi.
Bu juda muhim, chunki oxir–oqibatda xaridorlarning harakati narx siyosati
muvaffaqiyatiga bog‘liq. Xaridorlar xaridlariga qarab tuzilgan maqsad- lar
tizimi xaridorlarga yo‘naltirilgan va ularni tashkilot mahsulotlariga
ko‘niktirishga asoslangan narx siyosatining zamonaviy talabidir.
10.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: