254
XI
bob. SOTISH SIYOSATI
11.1.
Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning
tuzilishi
Tovar ishlab chiqarilib unga narx belgilangach, tadbirkor uni tarqatish
yoki iste’molchilarga yetkazishga harakat qilishi kerak. Shu bois marketing
kompleksi tizimida savdo siyosati (o‘tkazish, yetkazib berish, sotish) alohida
o‘rinni egallaydi.
Savdo tizimi – tashkilot mahsulotini maqsadli iste’molchilar
xarid
qilishi uchun yengil bo‘ladigan holga keltirishga yo‘naltirilgan faoliyatini
tavsiflovchi marketing kompleksi elementidir.
Savdo–mahsulotning korxonadan chiqqandan keyingi bajariladigan
hamma
tadbirlar
kompleksini:
mahsulotni
ishlab
chiqaruvchidan
iste’molchiga yetkazib berishning optimal tizimini tanlash,
uning
transportirovkasi, omborga joylashtirilishi, saqlanishi, ulgurji va chakana
savdo bo‘g‘inlariga
yuborilishi, sotishdan oldin ishlov berish va tovarning
xususiy sotilishi, shuningdek, sotuvdan keyingi (servis) iste’molchilarga
xizmat ko‘rsatilishini o‘z ichiga oladi. Savdo (o‘tkazish)
va sotish
tushunchalarining qanchalik mosligi ana shunda ko‘rinadi. Savdo (o‘tkazish)
o‘zida jarayonlarning butun bir tizimini aks ettiradi, sotish esa uni
yakunlaydi.
Savdo tizimi o‘z faoliyatini ifodalashi uchun o‘ziga xos bo‘lgan
tushuncha ishlab chiqiladi. Ulardan ayrimlariga to‘xtalamiz.
Mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha bo‘lgan asosiy masalalar- dan
biri savdo kanallarini tanlash hisoblanadi.
Savdo
kanali
orqali
ishlab
chiqarish
tashkilotlaridan
tovar
iste’molchilarga yetkazilib, individual iste’mol
qilish yoki foydalanish
imkoniyati amalga oshiriladi, ya’ni bu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi tomon harakatlanuvchi yo‘li.
Sotuv kanali –bu ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovar yetib
borishini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilot.
Sotuv kanali alohida
olinganda quyidagilar bilan asoslanadi:
mahsulotlarni tarqatishda moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
xarajatlarni
qisqartirish
hisobiga
ishlab
chiqarishni
rivoj-lantirish;
tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish;
sotuv
hajmlarining
oshishi,
maqsadli
bozorlarga
tovarniyetkazish.
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha
tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi
255
Ishlab
chiqaruvchi
Chakana savdo
Ishlab
chiqaruvchi
Iste’molchi
Ishlab
chiqaruvchi
Ulgurji
savdo
Chakana
savdo
Iste’molchi
xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har
qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi.
Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi
bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga
bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni bevosita
iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: