Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

1
 
– vaziyat. 
Tovar yoki xizmatning yuqori nafliligi va narxning past 
darajadagi tiniqligi. 
2
 
– vaziyat. 
Tovar nafliligining yuqori darajasi va narxning yuqori 
darajasi tiniqligi. Bu holda xaridor tovardan yuqori naf olish bilan uning 
narxiga ishonch hosil qilib undan qoniqadi. 
3
 
– vaziyat. 
Xaridor tovardan, uning nafliligidan qoniqmaydi. Bu 
holda tovarga nima uchun pul to‘layotganidan ham qoniqmaydi. Bundayholat 
raqobatchi firmalar uchun juda qulay bo‘lib, u o‘z mahsulotlari bilan 
xaridorlarni o‘ziga jalb qilib oladi. 
4
 
– vaziyat. 
Tovar nafliligi kam va aniq bozordagi narxga nisbatanpast 
daraja. Bu vaqtda korxona mahsuloti narxini raqobatdagi korxonaganisbatan 
past narx belgilaydi, bunda undan ko‘radigan samara yuqori bo‘lmaydi. 
Narx tiniqligini ko‘pgina chora-tadbirlar orqali ta’minlash mum- kin: 
narxlarni muhokama qilish, xaridorlarni so‘rov qilish, narxlarning 
barqarorligini ko‘rsatish. 
Narx afzalligi. 
Bu tushuncha asosida tovarning «narxi» va uning 
«naflilik» nisbati yotadi. Narx afzalligi mahsulotning naflilik darajasiga 
bevosita bog‘liq. Xaridor tomonidan sotib olinayotgan mahsulotning naflilik 
ko‘rsatkichlarini his etish, ya’ni qabul qilish ikki omilni his etish bilan 


244 
bevosita bog‘liq. Xarid qilinadigan tovarlarning qimmatliligi (nafligi) va narx 
(bahosi). Bozorda turli narxlarda va turli qimmatga ega bo‘lgan tovarlar 
taklifiga duch kelgan xaridor o‘zi uchun eng optimal variantni izlaydi. 
Xaridor har doim o‘zi mo‘ljallagan, kutgan narxda tovar sotib olishni 
xohlaydi. 
Raqobat muhitida korxona raqobatdosh bo‘lib faoliyat ko‘rsatishi uchun 
«Narx – sifat» nisbatini muntazam yaxshilashga urinadi. Bunga erishish 
uchun korxona iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini muntazam o‘rganib 
borishi, tovarga innovatsion yondashishi, uni mukammallashtirishi kerak. 
Raqobatning mavjudligi sifat uchun kurashdan faqat iste’molchilar yutadi. 
Raqobat har bir korxonaning tovarini sifatli, naflilik darajasi yuqori, qadoq 
shakli, vazni turli iste’molchilar segmentlariga mo‘ljallangan bo‘lishi 
korxona savdoaylanmasi va foydasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. 
Korxonalarning «narx–sifat» nisbatini yaxshilashga doimiy urinishida 
avvalo, iste’molchilarning to‘lov qobilyatini ham o‘rgangan holda (ya’ni 
to‘lov qobilyatining maksimal darajasi) mahsulot sifatini eng yuqori darajaga 
ko‘tarish, mahsulot tannarxini qanchaga olib kelishini hisob–kitob qilishlari 
kerak. Bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan narxni Target costing (maqsadli) 
usulini qo‘llab topish mumkin. Bu 
«maqsadli baho» korxonada «yangi mahsulot» ishlab chiqarish uchun 
ketadigan umumiy xarajatlarning shakllanishi uchun bazaviy bo‘lib 
hisoblanadi. Maqsadli bahodan qancha foyda olish mo‘ljallangan bo‘lsa, 
o‘sha miqdor ayriladi, natijada maqsadli xarajatlar miqdori kelib chiqadi. 
Maqsadli xarajatlarni mahsulotga ketadigan barcha ingrediyent- lariga bo‘lib 
chiqib, butun mahsulotning bozor bahosi aniqlanadi. Ya’ni mahsulot 
kalkulyatsiyasi hisoblanib, uning tannarxi va sotilish narxlari (chakana, 
ulgurji) belgilanadi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish